3-ma’ruza. O’simlik to’qimalari reja
Download 118.68 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Assimilyatsion to‘qima.
- So’ruvchi to’qima.
Asosiy to’qima. Asosiy to‘qimalarning vazifasi o‘zida ozuqa to‘plash va
o‘simliklarni oziqlantirishdan iborat. Asosiy to‘qimalar o‘simliklarda joylashgan o‘rniga va bajaradigan vazifasiga ko‘ra quyidagicha bo‘ladi: Assimilyatsion - (xlorenxima), so‘ruvchi, g‘amlovchi, suv g‘amlovchi va aerenxima. Assimilyatsion to‘qima. Yupqa qobiqli, sitoplazmasida xloroplastlar saqlovchi tirik parenxima hujayralaridan tashkil topgan. Bu to‘qima xlorenxima ham deyiladi. Hujayrada xloroplastlar hujayra qobig‘i tagida bir qator bo‘lib joylashadi. Assimilyatsion to‘qima organlarda tiniq epiderma tagida joylashadi. Bu esa og‘izchalar orqali gaz almashinuvini yengillashtiradi. Assimilyatsion to‘qima barglarning, yosh novdalarning va pishmagan mevalarning asosiy to‘qimalari bo‘lib, siyrak hujayralari orasida yirik gazlarni to‘plovchi hujayra oraliqlariga ega. Bu to’qima hujayralarida fotosintez bo’ladi. So’ruvchi to’qima. Ildizning uchida uchratamiz. Ildizdagi so’ruvchi to’qima tuproqdan suv va undagi erigan moddalarni shimib, ildizga yetkazib beradi. Unib chiqayotgan bug’doy donidagi so’ruvchi to’qimaning shimib olgan suvi endospermdagi zahira moddalarni o’zlashtira oladigan holga keltirib murtakka yetkazib beradi. Suvda, botqoqlikda o’sadigan o’simliklarda havo to’plovchi, quruqlik yerlarda esa suv to’plovchi to’qimalar ham bo’ladi. Masalan, sholi ildizida aerinxima, kaktusda esa suv to’plovchi to’qima bor. Bular o’simliklar turiga ko’ra suv yoki havo to’plovchi rezervuar hisoblanadi. Aerenxima hujayralarning turli tomonlari bilan birikishidan hosil bo’ladi. Aerenxima gaz almashinuvi qiyin bo’lgan suvda va botqoqlikda yashaydigan o’simliklarda juda yaxshi rivojlangan bo’lib,o’simlikl organlarini kislorod bilan ta’minlaydi. O‘tkazuvchi to‘qimaning vazifasi o‘zidan suv va ozuqani o‘tkazishdan iborat. Ya’ni ildiz orqali shimib olgan suv va unda yerigan mineral moddalarni barggacha (ko‘tariluvchi oqim), bargda hosil bo‘lgan fotosintez mahsulotalrini ildizgacha (tushuvchi oqim) o‘tkazib boradi. O’simliklarda moddalar harakatini amalga oshiruvchi bir-biriga qarama-qarshi yo’nalishdagi o’tkazuvchi to’qima hosil bo’lgan. Ularni shartli ravishda pastdan-yuqoriga ko’tariluvchi oqim va yuqoridan pastga tushuvchi oqim deb qabul qilingan. Pastdan yuqoriga harakatlanuvchi oqim ksilema yoki yog’ochlik deb atalgan umumiy to’qima orqali, pastga tushuvchi oqim esa floema yoki lub orqali amalga oshiriladi. Download 118.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling