3-ma’ruza. O’simlik to’qimalari reja
Download 118.68 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sklerenxima.
Mexanik to’qima. Mexanik to’qima o’simlik organlarini tik tutib turishda,
shamol, yomg’ir, qor kabi tabiatning kuchli hodisalariga bardosh berishida asosiy rol o’ynaydi. Mexanik to’qima hujayralari mustahkam bo’lishiga sabab, hujayrasi po’sti qalin bo’ladi. O’simlikning bo’yiga o’sadigan a'zolarida (poya, ildizlarda) mexanik to’qima hujayrasi odatda prozenximali, bo’yiga va eniga bir tekisda o’sadigan organlarda hujayra ko’pincha parenximali bo’ladi. Mexanik to’qimalarning 3 xil tipi mavjud bo’lib, kollenxima, sklerenxima va sklereid- toshsimon hujayralardan iborat. Kollenxima. Tirik hujayralardan iborat bo’lib, hujayra po’sti sellyulozali bo’ladi. Kollenxima asosan epiderma ostida joylashgan birlamchi po’stloqning parenxima hujayralaridan vujudga keladi. Hujayralar bo’yiga cho’zilib, faqat burchakli qalinlashgan bo’lsa burchakli kollenxima deyiladi. Hujayralarning oldingi va keyingi devorlari qalinlashgan bo’lsa, plastinkasimon kollenxima deyiladi. Kollenxima hujayralarining kattaligi 2 mm gacha boradi. Yalpizdoshlar, ziradoshlar, qovoqdoshlar oilalarining poya qirralari kollenxima hujayralari bilan to’la bo’ladi. Kollenxima po’stiga xlorruxyod eritmasi ta'sir ettirilsa moviy tusga kiradi. Bu esa hujayra po’sti sellyulozadan iboratligidan dalolat beradi. Sklerenxima. Sklerenxima muhim mexanik to’qima hisoblanib, o’simlikning ildiz, poya kabi o’q organlari va o’tkazuvchi nay tolali boylamlar tarkibiga kiradi. Ko’pchilik o’simliklarda uni birlamchi po’stloqda va peritsiklda mexanik halqa sifatida yoki mexanik to’qima boylamlari sifatida uchratish mumkin. Sklerenxima hujayralari uzun prozenxima va bir-birlari bilan juda zich joylashib, uchi o’tkirlashgan tolalar shaklini oladi. Hujayra qobig’i bir tekis qalinlashadi va unda qavat-qavat tuzilish ifodalanadi. Hujayra qobig’ining yog’ochlanishi nihoyatda mastahkamlik va elastlikni vujudga keltiradi. Sklerenxima hujayralarida qalinlashish bilan birgalikda yaxshi ifodalangan teshik kanallari ham hosil bo’ladi. Sklerenxima hujayralari qobig’i shakllanib bo’lgandan so’ng hujayralarning tiriklik qismi nobud bo’ladi. Shuning uchun o’lik mexanik to’qima hisoblanadi. U kelib chiqishga ko’ra birlamchi va ikkilamchi bo’ladi. O’simlik organlarida joylashshishiga qarab lub tolalari va yog’ochlik tolalarga bo’linadi. Lub tolalari o’simlik organlarining po’stloq qismida uchrab, ular birmuncha uzunligi bilan ajralib turadi. Masalan, lub tolalari uzunligi zig’irda 40-120 mm, gazandada-80 mm ga boradi. Lub tolalarining hujayra qobig’i zig’ir, kendir o’simligida odatda, tezda yog’ochlanadi. Ulardan dag’al matolar to’qish va arqonlar tayyorlashda foydalaniladi. Sklereidlar. Ular o’simlikning ildiz, barg va mevalarida yakka-yakka yoki to’da-to’da bo’lib joylashadi. Sklereidlar yumaloq ovalsimon, cho’ziq va shoxlangan shakllardagi, hujayra qobig’i yog’ochlangan jonsiz mexanik to’qimadir. Hujayra qobig’ida va teshik kanallar yaxshi ifodalanadi. Tosh hujayralar nok, behi kabi o’simlik mevalarining et qismida, yong’oq po’chog’i va olcha, olxo’ri kabi o’simlik mevalarining danaklarida keng tarqalgan. Shoxlangan sklereidlar choy, kameliya va zaytun o’simliklari barglarida tayanch hujayralar nomi bilan uchraydi Download 118.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling