3-ma’ruza. O’simlik to’qimalari reja
Download 118.68 Kb. Pdf ko'rish
|
Ksilema (yog’ochlik).Yog’ochlik tarkibiga o’tkazuvchi, mexanik va asosiy
parenxima to’qimalari kirib, uning ixtisoslashgan o’tkazuvchi elementlari traxeid va naylardir. Traxeidlar. Bir necha mm uzunlikdagi prozenxima hujayralardan iborat. Shakllangan traxeidlar qalin hujayra devoriga ega bo’ladi va o’lik hujayralar hisoblanadi. Traxeidlarning hujayra qobig’i qalinlanish xususiyatiga ega. Ular halqasimon, spiralsimon, narvonsimon yoki to’rsimon shakllarda qalinlashadi. Traxeidlar tuzilishi jihatidan naylarga o’xshash, ammo ularga nisbatan oldin kelib chiqqan oddiy suv o’tkazuvchi element desa bo’ladi. Naylar. Naylar uzun (bir necha sm yoki metr), ichi bo’sh hujayralarning tik qatoridan iborat. Ular parenxima hujayralarning tik qatoridan hosil bo’lib, ko’ndalang devorlari erib ketadi. Bir-birlari bilan yonma-yon joylashgan hujayralar nayga aylanadi. har bir hujayra nayning ayrim a'zosi bo’lib qoladi. Hujayralarning ko’ndalang devorlarini erib ketishidan qolgan qismi perforatsion plastinka deb ataladi. Perforatsion plastinkada bir necha teshikchalar bo’lsa, narvonsimon perforatsiyalar hosil bo’ladi. Agarda unda bitta yirik teshik bo’lsa, oddiy perforatsiya deb ataladi. Hujayra devorlarining qalinlashish xarakteriga ko’ra halqasimon, spiralsimon, narvonsimon, to’rsimon va nuqtasimon naylar farq qilinadi. Lubning ikkinchi bir elementi parenximadir. Parenxima hujayralarda almashinuv reaksiyalari faol boradi va odatda zahira moddalardan kraxmal donachalari, moylar har xil organik birikmalar, shuningdek, tannid va smola kabilar to’planadi. Lub tarkibiga mexanik to’qima sklerenxima, ya'ni lub tolalari kiradi. Ular morfologik jihatdan yog’ochlik tolalariga o’xshash, ammo ko’pchilik o’simliklarda uzunroq bo’lishi va ikkilamchi lublar farq qilinadi. Birlamchi lub o’sish konusidagi uchki meristema-prokambiy boylamlaridan kelib chiqadi. Ikkilamchi lub esa kambiy faoliyati natijasida vujudga keladi. O’tkazuvchi nay tolali boylamlar o’simlikda keng tarqalgan umumiy to’qimalardan biri bo’lib, uning barcha organlarida uchraydi. U o’tkazuvchi, mexanik va asosiy to’qimalardan iborat. O’kazuvchi nay tolali boylamlar tarkibiga kiruvchi yog’ochlik va lub har xil shaklda joylashishi mumkin: Download 118.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling