3-ma’ruza. O’simlik to’qimalari reja
Kollaterial yoki yonma-yon jolashgan boylamlar
Download 118.68 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Kontsentrik yoki halqali boylamlar.
- 4. Radial yoki shulasimon boylamlar.
- Nazorat savollari: 1.
1. Kollaterial yoki yonma-yon jolashgan boylamlar. Yog’ochlik va lub bir
radiusda biri ikkinchisi bilan bevosita yonma-yon joylashadi. Bunday turdagi boylamlar ko’pchilik bir va ikki pallali o’simliklar poyasi uchun xarakterlidir. 2. Bikollaterial yoki ikki yonli boylamlar. Bunday turda lubning ikki bo’lagi, ya'ni ichki va tashqi lublar ksilema bilan chegaralanadi. Bikollaterial boylamlar gulli o’simliklar poyasida kollaterial turga nisbatan kam uchraydi. Ularni qovoqdoshlar, ituzumdoshlar, qo’ng’roqguldoshlar va qoqio’tdoshlar kabi oila vakillarida uchratiladi. 3. Kontsentrik yoki halqali boylamlar. Bunda yog’ochlik halqa tarzida lub yoki aksincha, lub yog’ochlik o’rab oladi. Shunga ko’ra, amfibazal boylamlar va amfkiribral boylamlar farq qilinadi. halqali boylamlar bir pallali o’simliklarning yer ostki organlarida va bir pallali daraxtsimon o’simliklarning ikkilamchi o’sishida kuzatiladi. 4. Radial yoki shulasimon boylamlar. Lub va yog’ochliklar har xil radiusda joylashib, ular bir-birlari bilan bevosita chegaralanib turmaydi. Ularni parenxima to’qimasi ajratib turadi. Radial boylamlar bir pallali o’simliklarning ildizlarida va ikki pallalilarning birlamchi tuzilishida hosil bo’ladi. O’tkazuvchi naylar to’plamini mikroskopsiz ham ko’rish mumkin. Ayniqsa, barglardagi tomirlar-o’tkazuvchi naylar to’plami ko’zga yaqqol ko’rinadi. Shuningdek, o’tkazuvchi naylar to’plamini ayrim o’simliklarning poyalarida ham (yumshoq asosiy to’qimalar orasida) aniq ko’rish mumkin, masalan, ular makkajo’xori poyasining ko’ndalang kesimida, bargizub bargida va boshqa o’simliklarda aniq ko’rinadi. Nazorat savollari: 1. To’qima deb nimaga aytiladi? 2. To’qimalarning hozirgi davrdagi tasnifi. 3. Hosil qiluvchi va qoplovchi to‘qimalar kelib chiqishiga ko‘ra necha xil bo‘ladi? 3. Кollenxima mexanik to‘qimasi qaysi o‘simliklarda uchraydi? 4. Birlamchi meristemalarning faoliyati. 5. Ikkilamchi meristemalarning faoliyati. 6. O‘tkazuvchi to‘qima qanday vazifani bajaradi? 7. O‘tkazuvchi bog‘lam deganda nimani tushunasiz va ular floema va ksilemani joylashishiga ko‘ra necha xil bo‘ladi? Download 118.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling