3-ma’ruza. Sanoat portlovchi moddalari tasnifi. Sanoat portlovchi moddalari quyidagi belgilariga ko'ra sinflarga bo'linadi: Atrof muhitga ta'siri bo'yicha


Download 338.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana19.04.2023
Hajmi338.8 Kb.
#1367387
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-maruza (5)

Qo'llanish sharoiti bo'yicha 


Sanoat portlovchi moddalar qo'llanish sharoiti bo'yicha saqlagichli va 
saqlagichsiz portlovchi moddalarga bo'linadi . Ular o' z navbatida 8 ta sinfga 
bo'linadi. 
1-sinf: faqat ochiq kon ishlariga mo'ljallangan saqlagichsiz sanoat PM lari,
ushbu portlovchi moddalar belgisi tashqi qadog'ida oq rangli chiziq tortilgan 
bo'ladi . Bu sinf 4 ta guruhga bo'linadi:
1 guruh: mustahkam va o'ta mustahkam suvli tog ' jinslarida portlatish 
ishlarini olib borishga mo'ljallangan suvga chidamli granulali portlovchi 
modddalar. Ushbu portlovchi moddalarga alyumatol, granulatol, grammonit 
50/50B, grammanit 30/70B misol bo’ladi. 
2 guruh: quruq va suvli sharoitlarda joylashgan mustahkam va o' ta 
mustahkam tog' jinslarida portlatish ishlarini olib borishga mo'ljallangan, suvga 
to'yintirilgan PMlar. Ularga akvatol, ifzanit, karbatol, emulsiali por tlovchi 
moddalar misol bo'ladi . 
3 guruh: kar'yerlarda negabaritlarni ikkilamchi maydalash uchun 
qo'llaniladigan kumulyativ tashqi zaryadlar .Ularga ЗКН ЗКП turkumiga kiruvchi 
tashqi kumulyativ zaryadlar misol bo’ladi. 
4 guruh: sezgirligi past bo`lgan portlovchi modda zaryadlarini initsiyalash
uchun qo`llaniladigan oraliq detanatorlar. (Initsiyalash bu portlovchi moddaning 
zaryadiida detanatsiyani qo`zg`atish). 
2- sinf: gaz va chang portlash havfi mavjud bo`lgan shaxtalardan
tashqari ochiq va yer osti kon ishlarida qo`llaniladigan saqlagichsiz portlovhi
moddalar, ularning alohida belgisi tashqi qadog’ida qizil rangli chizig’i bo’ladi. 
Ushbu sinf quyidagi 3 ta guruhga bo’linadi. 
1 guruh: granulali portlovchi moddalar bo’lib o’z navbatida quyidagi kichik 
guruhlarga bo’linadi: 
a) 
Suvli sharoitda joylashgan o’rtacha mustahkam va mustahkam tog’ 
jinslarini portlatishga mo’ljallangan portlovchi moddalar. Ularga Granulit AC4B, 
AC8B lar misol bo’ladi. 
b) 
Nam sharoitda joylashgan o’rtacha mustahkam va mustahkam tog’ 
jinslarini portlatish ishlarini olib borishga mo’ljallangan suvga chidamsiz 
portlovchi moddalar. Ularga: granulit AC4, granulit AC8, grammonit 79-21, 
grammonit 80-20, grammonit 82-18 portlovchi moddalari kiradi. 

Download 338.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling