3-ma’ruza. Sanoat portlovchi moddalari tasnifi. Sanoat portlovchi moddalari quyidagi belgilariga ko'ra sinflarga bo'linadi: Atrof muhitga ta'siri bo'yicha
Download 338.8 Kb. Pdf ko'rish
|
3-maruza (5)
3-guruh zaryadlariga 3KП va 3KM turkumiga kiruvchi kumulyativ
zaryadlar kiradi. Ushbu zaryadlar massasi 180 gr dan 4000 gr gacha bo’lib uzunligi 90 dan 250 mm gacha va balandligi 35 dan 115 mm gacha bo’lib, maksimal o’lchami 208 m gacha yoki 7 m 3 gacha hajmdagi nogabaritlarni maydalashga mo’ljallangan. 4-guruh portlovchi moddalariga maxsus patronlar ichiga joylashtirilib tayyorlangan detonatorlar kiradi. Ushbu detonatorlar trotil, tetril pentalit hamda trotil va geksogen aralashmalaridan tayyorlanadi. Ularning massasi 150 gr dan 530 gr gacha bo’lib diametric 50-70 mm gacha balandligi 50-101 mm gacha bo’ladi. Patron ichidagi portlovchi modda zaryadining zichligi ( 𝜌) 5 – 1,68 gr/sm 3 gacha bo’ladi. Gaz va changdan xavfli shaxtalardan tashqari ochiq va yer osti kon ishlarida qo’llaniladigan sanoat portlovchi moddalari. Granulali suvga chidamli portlovchi moddalarga grammonit 79/21B, grammonit АС-4В komulit AC 8B portlivchi moddalari kiradi. Ushbu portlovchi moddalar trotil va ammiakli selitra aralashmasidan tayyorlanadi. Bunda trotil ham granulali ko’rinishda bo’ladi. Granulali suvga chidamsiz portlovchi moddalar. Grammonit 79/21, grammonit 82/18, grammonit AC-4, grammonit AC-8, igdanit portlovchi moddalar kiradi. Ushbu portlovchi moddalar quruq va nam sharoitlarda qo’llaniladi. Igdanit tarkibi ammiakselitra va dizel yoqilg’isi aralashmasidan tarkib topgan. Mazkur guruhga emulsiyali portlovchi moddalar ham kiradi (Nobellan, granulit, emulgit, manfo portlovchi moddalar). Manfoga ammiakli selitra, alyuminiy pudrasi, dizel yoqilg’isi qo’shiladi. (Ammonit) zichlashtirilgan, yuqori quvvatli, suvga chidamli portlovchi moddalarga- ammonit skalniy №1 portlovchi moddasi kiradi. Ushbu portlovchi moddaning portlash issiqligi 1292 kilokolloriya/kg, portlash harorati T=3520 0 C, detonat tezligi 4,8-5,3 km/s. Suvga chidamli kukunsimon portlovchi moddalar. Ushbu portlovchi moddalar yuqori quvvatli bo’lib, patronlar ichiga joylashtirib tayyorlanadi. Ularga ammonit skalniy №3 va ammonol portlovchi moddalar kiradi. Ushbu portlovchi moddalarning portlash issiqligi 1360 kilokolloriya/kg, portlash harorati T=3640 0 C , detonat tezligi v=4-4,5 km/sek ga teng. O’rtacha quvvatli, kukunsimon, suvga chidamli portlovchi moddalar. Ushbu portlovchi moddalarga ammonit 6 ЖВ va dinaftalit portlovchi moddalar kiradi. Portlash issiqligi 1030-945 kilokolloriya/kg, portlash harorati T=2960-2780 0 C, v=3,6-4,8 km/s, v d =3,5-4,6 km/sek. Yuqori quvvatli kukunsimon, nitroglitserinli portlovchi moddalar. Ushbu portlovchi moddalarga detanit portlovchi moddasi kiradi. Uning portlash issiqligi 1200 kilokolloriya/kg, , portlash harorati T=3280 0 C , detonat tezligi v=6-8 km/sek. Suvga to’yintirilgan plastic portlovchi moddalar. Ushbu portlovchi moddalarga akvanit va akvonal portlovchi moddalar kiradi. Portlash issiqligi 1590 x 1600 J/mol. Muzlash harorati T=-15 0 C, detonatsiya tezligi v 1 =4,5-5,5 km/sek v 2 =4,7-5 km/sek. Akvanit portlovchi moddasini initsiyalash uchun 10-20 gr massali trotildan tayyorlangan zaryad talab etiladi. Akvonal portlovchi moddasi initsiyalash uchun kapsul detonator qo’llaniladi. Download 338.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling