3 ma’ruza. Tabiiy ipak ishlab chiqarish texnоlоgiyasi. To’quvchilik sanоati. Iplarni qayta o’rash jarayonining maqsadi va mоhiyati. Tandani oxorlash
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
3-маъруза. Пилла олиш. Тўқимачилик саноати
IPAKNI QAYTA O’RASH
Tabiiy ipak pishituv korxonalariga kalava shaklida keltirilali. Bunday ipakni pishituv mashinalariga o’rnatib ishlash ancha o’ng’aysizligi sababli, kalava ipak g’altaklarga bir yoki ikki pog’onali o’rash mashinalarida qayta o’raladi. 6.4-rasm. Ikki pog’onali o’rash mashinalari. 1 - kalava ipak, 2 – charxag, 3 - bo’shalib chiqayotgan ipak, 4 – chiviq, 5 - taxlagich 6 - g’altak, 7 - rolikli urchuq, 8 - friksion g’ildirak, 9 - val.dvigat. harakat oldi IPAKNI QO’SHIB PISHITISH VA O’RASH YAkka xom ipaklardan pishitilgan ipak olishdan oldin yakka xom ipaklar qo’shib o’rash mashinasida g’altaklarga o’raladi. Qo’shib o’rashdan maqsad bir necha yakka ipaklarni bir xil taranglikda qo’shib, katga pakovkaga o’rashdir. Ipak gazlama ishlab chiqarish sanoatida, olatda, qo’shib o’rash jarayoni qo’shib o’rash mashinasida bajarmasdan, ipak pishitish mashinalarida bajariladi, natijada mashinalarning o’tish soni kamayadi va pishitilgan ipak ipning tannarxi past bo’ladi. Ipak gazlama sanoatida ipakni pishitish uchun ikki tipdagi: qo’shib o’rab pishituvchi na ikki yoki to’rt pog’onali ipak pishituvchi mashinalar qabul qilinadi. QO’SHIB PISHITIB O’RASH MASHINALARI Ipak halqali ipak pishituvchi mashinalarda pishitiladi, bu mashinada ipaklarni qo’shib, o’rash jarayoni ham bajariladi. 6.5-rasm. Ipaklarni qo’shib o’rash jarayoni. 1 — ramkadagi shpilka, 2 — g’altak, 3-5 — chiviqlar, 4 — o’z-o’zidan to’xtatadigan mexanizm ilmog’i, 6-8 - umumiy ilmoq, 7 - ipaklar chiqaruvchi valikda 3-4 marta aylanadi q 75m/mii tezligi, 9 - yugurdak (begunok), 10 - xalqa (kolso) , 11 - flanesli raltak, 12 - urchuq (vereteno) Urchuqning aylana tezligi — 8000min- 1 gacha, urchuqlar soni— 100 gacha. Ip harakatining chiziqli tezligi - — 75m/min 1 m dagi buramlar soni - 50 dan 650 gacha. Chiqaruvchi valiklarning tezligini o’zgartirib, pishitilish miqdori rostlab turiladi, buning uchun almashtirib turiladigan bir qancha zapas tishli shesternelar bo’ladi. Agar qo’shib pishitilayotgan ipakdan birontasi uzilib qolsa, chiqaruvchi valiklar va urchuq o’z-o’zidan to’xtatadigan mexanizm yordamida avtomatik ravishda to’xtaydi. Bitta g’altakka 80 dan 200 g.gacha pishitilgan ipak ketadi. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling