3 ma’ruza. Tabiiy ipak ishlab chiqarish texnоlоgiyasi. To’quvchilik sanоati. Iplarni qayta o’rash jarayonining maqsadi va mоhiyati. Tandani oxorlash
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
3-маъруза. Пилла олиш. Тўқимачилик саноати
- Bu sahifa navigatsiya:
- TO‘QUVCHILIK TEXNOLOGIYASI
- Tayanch so’zlar ADRAS
Nazorat savollari:
1. Pillaning tuzilishi vaxossalari 2. Pillalarni chuvishga tayyorlov jarayonlarining ketma-ketligi vazifasi 3. Pillakashlik avtomata va dastgohini vazifasi va ish unumi 4. Pog’onali ipak pishitish mashinalari 5. Ipakni qo’shib pishitish va o’rash TO‘QUVCHILIK TEXNOLOGIYASI To‘qimachilik va engil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish. O‘zbekiston va jahon to‘qimachilik sanoatini rivojlanishi, O‘zbekistonda to‘qima ishlab chiqarish texnologiyalarning asosiy yo‘nalishlari. Rеja: 1.To’qimachilik mahsulotlari, xom ashyolari, mahsulot sifati va sifat ko’rsatkichlari. 2.To’qimachilik mahsulotlarining umumiy tasnifi, ularning tеxnologik ko’rsatkichlari va gеomеtrik xossalari Tayanch so’zlar ADRAS- tanda iplari ipak va arqoq ipi pishitilgan paxtadan tashkil topgan, ishlov berilib qo‘shimcha chiyan guli (mauer)” naqshi hosil qilingan milliy to‘qima. ATLAS - tanda iplari gazlamaning sirtida yugori zichlikda joylashgan yaltiroq ko‘rinishidagi atlas o‘rilishli to‘gima. ASTAR To’qimaning ichki tomoni yoki kiyim, ko’rpa, ko’rpacha kabi buyumlarning ichki tomoniga tikilgan mato. To’qimachilik matolarining sifat ko’rsatkichlari. Mahsulot sifatini o’lchash va baholashning nazariy va amaliy jihatdan bog’lanish masalalari hozirgi kunda mustaqil ilmiy yo’nalish sifatida shakllanib bormoqda. To’qimachilik matolarining sifat ko’rsatkichlarini standanlashtirishda «sifat» tushunchasi va uni baholash usullarini ko’rib chiqish lozim. Mahsulot sifati -mahsulotning jami xossalaridan iborat bo’lib, ishlatilish davrida iste'molchilar talabini to’liq qondirish demakdir. Mahsulot sifatini ishlatilish davrida aniqlash talab darajasiga qarab o’zgarib boradi. Shu sababli, bir yoki boshqa turdagi mahsulotlar uchun, ayniqsa, ko’p maqsadlarda ishlatiladigan mahsulotlarning sifatini baholash doimiy o’lchamda bo’lmaydi. Masalan,; zig’ir gazlamasidan engil yoping’ich va maxsus kiyim-kechak tayyorlanadi, lekin ularning sifat ko’rsatkichlari turlicha bo’ladi. Ko’pgina ilmiy ishlar va adabiyotlarda «sifat » tushunchasi kengroq ishlatiladi va unga berilayotgan ta'riflar ham turlichadir. Prof. A.N.Solovyov «sifat» tushunchasini quyidagicha baholaydi: Material sifati —bu talab xossalariga bog’liq bo’lib, materialning qayta ishlanishi va ishlatilishi uchun yaroqliligi demakdir. Mahsulotning sifat ko’rsatkichi —GOST 15467-70 standartiga binoan mahsulot xossasining miqdoriy xususiyati bo’lib, sifat tarkibiga kiradi, ya'ni uni yaratish va ishlatish hamda iste'molchilarga yetkazishdagi talabini qondirish. To’qimachilik matolarining sifat ko’rsatkichlari bo’yicha talab shartlari standartlar, texnik shartlar yoki qandaydir bir me'yoriy-texnik hujjatlarda keltiriladi. Barcha mahsulotlarning sifat ko’rsatkichlari ifodalanishi bo’yicha o’lchamli va o’lchamsiz (nisbiy yoki balli)ga bo’linadi. Sifatni baholash darajasi —bu jarayonlarning jami bo’lib, sifat ko’rsatkichlarining nomenklaturasini o’z ichiga oladi va mahsulot sifatiniboshqarishda ularning sonli qiymatini, shuningdek, bazali va nisbiy ko’rsatkichlarini aniqlaydi. Mahsulotxossasi—mahsulotning yaratilishi, ishlatilishi yoki iste'molida yuzaga keluvchi obyektiv imkoniyatlar. Hozirgi paytda me'yoriy-texnik hujjatlarning talablarini hisobga olgan holda, to’qimachilik materiallarining sifat ko’rsatkichlarini baholashda mahsulotning navi aniqlanadi, attestatsiyalash davrida esa uning sifat bosqichi belgilanadi. Mahsulot sifatini nazorat qilish tekshirishga bog’liq bo’lgan mahsulot sifat ko’rsatkichlari talablarida belgilanadi. Sinov —ob'ektni miqdoriy yoki sifat xossalari bo’yicha eksperimental aniqlash demakdir. Sinov usuli —sinov ishlarini o’tkazish uchun belgilangan tamoyil- larning qo’llanilishidagi jamiqoidalar. — Mahsulot sifati boshlang’ich qiymatga ega. Shu sababli, mahsulot sifatini baholash yoki o’lchashda quyidagilarni aniqlash va asoslash lozim: — to’la-to’kis ishonchli baholash usullari material xossalarining me'yoriy shartlariga bog’liqligi bo’lib, bu xossalarni aniqlashda xatoliklar hisobga olinadi; — sifat ko’rsatkichlarini tanlash materialning ishlatilishga to’la-to’kis yaroqliligini ko’rsatadi; — ta'minlovchi, imkoniyatlarini hisobga olgan holda me'yoriy shartlarning ratsional darajasi. Mahsulot sifat ko’rsatkichini ifoda etgan birligiga ko’ra quyidagilarga ajratish mumkin: — miqdoriy birliklarda aks etgan; — miqdoriy bo’lmagan birliklarda aks etgan; — asosga binoan sinash yo’li bilan olingan; — birgina xossasini ifoda etuvchi; — barcha xossasini ifoda etuvchi. Mahsulot sifatini baholashda natijaning qanchalik to’g’ri va haqiqatga yaqin bo’lishi ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, bir to’p matoning sifat ko’rsatkichini aniqlashda, odatda, oddiy standart sinash usulidan fiydalaniladi. O’lchash xatoligi 5%dan oshmaydigan maxsus asbob-uskunalar yordamida bajariladi. Sinov ishlarini olib borishdan oldin namuna belgilangan sharoitda saqlanishi lozim. Bunda boshlang’ich ko’rsatkichlari belgilash katta ahamiyatga ega. Boshlang’ich ko’rsatkichlar o’z navbatida to’g’ri yoki noto’g’ri, ahamiyat)i ydki ahamiyatsiz bo’lishi mumkin. Tekshirish orqali aniqlangan o’lchashlar mahsulot sifat darajasini mujassamlashtirgan negizli ko’rsatkichlarbilan taqqoslanadi. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling