Reja: O’zbekistonda kimyo sanoatini rivojlanishi
Download 202.82 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Kimyoning stexiometrik qonunlari
O’zbekistonda kimyo fanining rivojlanishi va qishloq xo’jaligidagi ahamiyati. Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari Reja:
1. O’zbekistonda kimyo sanoatini rivojlanishi 2. O’zbekistonda kimyo fani rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlar 3. Atom molekulyar ta’limot. Kimyo fanining asosiy tushunchalari 4. Kimyoning stexiometrik qonunlariKimyo –moddalar, ularning tarkibi, tuzilishi, xossalari va ular orasida boradigan o’zgarishlarni o’rganadigan fan. Kimyo moddalarning tarkibini, tuzilishini, xossalarini va bir-birlariga o’zgarshishlariga olib keladigan reaktsiyalarni o’rganadi. Moddalar asosan molekulalardan va boshqa (atom, ion) zarrachalardan tashkil topgan. Hozirgi kunda 18 mln.dan ortiq modda o’rganilgan. Masalan: suv, neft, oltin, temir, havo. Moddaning xossasi – moddalarning bir-biriga o’xshaydigan va birbiridan farq qiladigan belgilari. Moddalarning xossalari kimyo nuqtai nazaridan ikkita sinfga bo’linadi: Moddaning fizik xossalari: zichlik, ta’m, rang, agregat holat (gaz, suyuq, qattiq va plazma), qaynash, erish, suyuqlanish, muzlash haroratlari, issiqlik va elektr o’tkazuvchanlik, qovushqoqlik, elastiklik va h. Moddaning kimyoviy xossalari: metall, metallmas, kislota, asos va amfoterlik, yonish va h. Masalan: Suv (H2O) – 1) zichligi birga teng bo’lgan ta’msiz, rangsiz suyuqlik, 1000С da qaynaydi, 00С da muzlaydi, issiqlik va elektr tokini yomon o’tkazadi. 2) yonmaydigan, neytral modda. Molekula – moddaning xossalarini o’zida mujassamlashtirgan eng mayda zarrachasi. Masalan: Shakar suvda eritilganda molekulyarga ajralib ketadi va shu bilan birga barcha xossalari saqlanib qoladi. Molekulalar atomlardan tashkil topgan. Atom – musbat zaryadlangan yadro va manfiy zaryadlangan elektronlardan iborat elektroneytral zarracha. Hozirgi kunda 2000 dan ortiq atom fanga ma’lum. Atom – grekchadan olingan bo’lib, “bo’linmas” degan ma’noni anglatadi. Moddalarni o’rganish bilan har hil tabiiy fanlar shug’ullanadi, ular orasida kimyo eng muhim o’ringa va ahamiyatga ega. Download 202.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling