Reja: O’zbekistonda kimyo sanoatini rivojlanishi
O’zbekistonda kimyo fani rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlar
Download 202.82 Kb.
|
2. O’zbekistonda kimyo fani rivojlanishiga hissa qo’shgan olimlar
O’zbekistonda nafaqat anorganik kimyoning, balki kimyoning hamma tarmoqlarini rivojlanishi uchun yirik o’zbek kimyogar olimlaridan Obid Sodiqovich Sodiqov, Sobir Yunusovich Yunusov, Malik Nabievich Nabiev, Hamdam Usmonovich Usmonov, Karim Sodiqovich Axmedov, Zokirjon Salimovich Salimov va boshqalar o’zlarining munosib hissalarini qo’shdilar. Quyida kimyo fanini rivojlanishiga munosib hissa qo’shgan buyuk o’zbek kimyogar olimlari haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan. 1-rasm. Obid Sodiqovich Sodiqov (1913-1987) O’z.FA akademigi. O’z.FA.Prezidenti (1966-1984). Beruniy nomidagi O’z.R.Davlat mukofati laureati. O’z.R va Q.Q.A.R xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi. Dunyoga mashhur bo’lgan 1200 ta kimyogar olimlar orasidagi yagona o’zbek olimi. Sodiqov Obid Sodiqovich organik, bioorganik va tabiiy birikmalar kimyosi sohasidagi yirik olim, ilmiy ishlari O’rta Osiyodagi alkaloidli o’simliklarni tekshirish, yangi alkaloidlar ajratib olish, ularning tuzilishi va konformatsiyasini aniqlashga, paxta tsellyulozasi kimyosi va texnologiyasiga, g’o’za tarkibidagi alkaloidlarni, O’rta Osiyo yovvoyi o’simliklarni tarkibidagi alkaloidlarni muhofaza qilish sohasidagi katta ilmiy muammolarni hal etishga qaratilgandir. G’o’za bargi, chigiti, guli va g’o’zapoyadan turli yuqori molekulali uglevodorodlar, spirtlar, turli vitaminlar ajratib olindi. Limon va olma kislotalari olishning yangi va arzon usuli yaratilib ishlab chiqarishga joriy etilgan. Alkaloidlar bilan bir qatorda turli fiziologik xususiyatli o’simlik moddalarining boshqa turlarini ham chuqur o’rganish asosida ayrim guruh moddalarining o’simliklar hayot faoliyatidagi fiziologik vazifasini aniqlash katta ahamiyat kasb etdi. Natijada o’simliklarda kechadigan ko’pgina kimyoviy jarayonlar mexanizmi o’rganildi. Bu tadqiqotlarda spektroskopiya, kvant kimyosi, stereokimyo kabi eng zamonaviy tahlil usullari qo’llanildi.Bu organik kimyo, bioorganik kimyo va biokimyo kabi fanlarining muhim nazariy masalalarini hal etishga imkon berdi. O.S.Sodiqov rahbarligida respublikamizda birinchilardan bo’lib, turli guruhdagi tabiiy birikmalarning reaktsiyaga kirishish mohiyatini, ularning tuzilishi va molekulalari konformatsiyasi bilan o’zaro aloqadorligi o’rganildi. O.S.Sodiqov O’z.R.FA.Prezidenti sifatida bioorganik kimyo, polimerlar kimyosi, paxta tsellyulozasi, biologiya, geologiya kabi sohalarning yanada rivojlanishiga ulkan hissa qo’shgan buyuk olimdir. O’zbekiston Fanlar Akademiyasining va bir qator chet ellar akademiyalarining akademigi, alkaloidlar kimyosi taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan o’zbek kimyogarlaridan biri Sobir Yunusovich Yunusovdir. 2 -rasm. Sobir Yunusovich Yunusov (1909-1995) O’zFA akademigi, «Leopol’din» nomidagi nemis tabiatshunoslari akademiyasi akademigi. D.I.Mendeleev nomidagi oltin medal sohibi. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi. Beruniy nomidagi O’z.R.Davlat mukofоti laureati” Buyuk xizmatlari uchun”ordenlari bilan mukofatlangan. Ilmiy ishlar io’simliklar tarkibidan alkaloidlarni izlash, ularni ajratib olish, xalq xo’jaligining turli sohalarida qo’llanilishiga bag’ishlangan. Akademik Sobir Yunusovich rahbarligida alkaloidlarning o’simliklarda yig’ilish dinamikasi va hosil bo’lish mexanizmi chuqur o’rganildi. To’rt mingdan ortiq o’simlik o’rganilib, ularning yarmisi tarkibida alkaloid mavjudligi aniqlandi. Bir necha yuz yangi alkaloidlar ajratib olindi. Uch yuzdan ortiq yangi alkaloidlarning tuzilishi aniqlandi. Ko’pgina preparatlarning tibbiyotda qo’llanilishiga Sobir Yunusovichning xizmati katta bo’ldi. Uning rahbarligida yuqori samarali pestitsidlar topildi va qishloq xo’jaligiga joriy etildi. Download 202.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling