Reja: O’zbekistonda kimyo sanoatini rivojlanishi
Tarkibning doimiylik qonuni
Download 202.82 Kb.
|
Tarkibning doimiylik qonuni. Lomonosovning moddalar tuzilishi haqidagi fikrlarini o’sha zamon olimlari tushunmadilar. Bu fikrlarni o’sha davrda tajriba yo’li bilan tekshirish imkoniyati yo’q edi. Shu sababli atom-molekulyar ta’limot rivojlanmadi. Chunki o’zaro ta’sir etuvchi moddalar bilan ta’sirlashuv natijasida hosil bo’ladigan moddalar orasidagi nisbatni tushuntirib beruvchi qonunlar hali kashf qilinmagan edi. Bu qonunlar faqat XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida kashf etildi.
Lavuazye 1787 yilda karbonat angidrid gazini 10 hil usul bilan hosil qildi va bu usullarning barchasida olingan gaz tarkibidagi uglerod bilan kislorod massalari orasidagi nisbat bir hil (3:8) ekanligini aniqladi. Shundan keyin har qanday kimyoviy toza birikmalarni tashkil etuvchi elementlarning massalari o’zgarmas nisbatda bo’ladi, degan xulosaga kelindi. 1803 yilda fransuz olimi Bertole qaytar reaksiyalarga oid tajribalari asosida kimyoviy reaksiyalar natijasida hosil bo’ladigan birikmalarning miqdoriy tarkiblari reaksiya uchun olingan dastlabki moddalarning massa nisbatlariga bog’liqdir, degan xulosaga keldi. Fransuz olimi Prust Bertolening yuqoridagi xulosasiga qarshi chiqdi. U kimyoviy toza moddalarni puxta tahlil qildi: toza birikmalarning miqdoriy tarkibi bir hil bo’lishini juda ko’p tahlillar bilan isbotladi. Prust bilan Bertole orasidagi munozara 7 yil davom etdi. Ko’pchilik olimlar Prust xulosalarini yoqladilar va natijada 1808 yilda kimyoning asosiy qonunlaridan biri tarkibining doimiylik qonuni kashf etildi. U quyidagicha ta’riflanadi. Har qanday kimyoviy toza birikma olinish usulidan qat’iy nazar o’zgarmas miqdoriy tarkibga ega. Masalan, toza suv – H2O tarkibida 11,11% vodorod va 88,99% kislorod bo’ladi. Karbonat angidrid – CO2 tarkibida 27,29% uglerod va 72,71% kislorod bo’ladi. Tarkibning doimiylik qonunini hamma moddalar uchun qo’llash mumkin emas. Masalan, izotoplarda ayni modda tarkibiga kiruvchi elementlarning massalari orasidagi nisbat faqat bu elementlarning izotop tarkibi doimiy bo’lgandagina o’zgarmas bo’lishi mumkin. Elementlarni izotop tarkibi o’zgarganda birikmalarning miqdoriy tarkiblari ham o’zgaradi. Masalan, og’ir suv tarkibida 20% ga yaqin vodorod bo’lsa, oddiy suv tarkibida faqat 11% vodorod bo’ladi. Tarkibning doimiylik qonuniga faqat molekula holidagi gaz, suyuqlik va oson suyuqlanadigan qattiq moddalar bo’ysunadi. Atom tuzilishiga ega bo’lgan moddalar va yuqori molekulyar birikmalar bu qonunga bo’ysunmasligi mumkin. Bertolening o’zgaruvchan tarkibli birikmalar mavjudligi haqidagi ta’limotini XX asrning boshlarida akademik N.S. Kurnakov rivojlantirdi. U qotishma va eritmalar haqiqatan ham o’zgaruvchan tarkibli birikmalar deb atadi. Masalan, vismutni talliy bilan hosil qiladigan birikmalarida talliyning bir og’irlik massasiga vismutning 1,24 dan 1,82 gacha bo’lgan og’irlik massasi to’g’ri kelishi mumkin. O’zgarmas tarkibli birikmalar bo’lgani singari, o’zgaruvchan tarkibli birikmalar ham bo’lar ekan. N.S. Kurnakov taklifiga ko’ra, o’zgarmas tarkibli birikmalar daltоnidlar(ingiliz fizik kimyogari Daltonning xotirasiga bag’ishlab) deb nomlandi. XX asrning 30-yillarida bertolidlar faqat metallarning bir-biri bilan hosil qiladigan birikmalaridagina kuzatilmasdan, ularning tabiiy birikmalar orasida ham uchrashi aniqlandi. Masalan, oksidlar, metallarning oltingugurt, azot, uglerod, vodorod bilan hosil qiladigan birikmalari orasida bertolidlar uchrashi mumkin. Download 202.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling