Reja: O’zbekistonda kimyo sanoatini rivojlanishi
Download 202.82 Kb.
|
E= mc2(Bu tenglamadagi c - vakuumdagi yorug’lik tezligi 2,997925·108 m/s yoki taxminan 300000 km/s ga teng). Eynshteynning bu tenglamasi mikro zarrachalar (masalan, elektronlar, protonlar) uchun ham taalluqlidir. Kimyoviy reaksiyalar natijasida doimo ma’lum miqdorda energiya ajralib chiqadi yoki yutiladi. Ammo kimyoviy reaksiyalarda ajraladigan yoki yutiladigan energiya miqdorlariga to’g’ri keladigan massa miqdori nihoyatda kam bo’lganligidan uni o’lchash qiyin. Shu sababli kimyoviy reaksiyalarda energiyaga aylanib ketadigan massa hisobga olinmaydi. Kimyoviy reaksiya tenglamasi uning miqdoriy tavsifi hisoblanadi. Kimyoviy reaksiya uchun elementlarning qancha atomi olingan bo’lsa, reaksiya natijasida hosil bo’lgan moddalar molekulasida o’shancha atom saqlanadi.Reaksiyaga kirishgan moddalarning massalari reaksiya natijasida hosil bo’lgan moddalarning massalariga teng. Masalan, temir bilan oltingugurt atomlari orasida reaksiyani olib ko’raylik. M.V.Lomonosov 1748 yilda moddalar massasini saqlanish qonunini kashf etdi. Kimyoviy reaksiya vaqtida atomlar yo’qolmaydi va yo’qdan paydo ham bo’lmaydi, balki ular qayta guruhlanadi. Atomlar soni reaksiyadan oldin ham, keyin ham o’zgarmaganligi sababli ularning umumiy massasi ham o’zgarmaydi. Massa tushunchasi bilan energiya tushunchasi orasida o’zaro bog’lanish mavjud. Harakatdagi zarrachaning massasi harakat tezligiga bog’liq ravishda ifodalanadi: mo m= 2 2 1-v ÷c bu erda: mo - v = 0 bo’lgandagi zarrachaning tinch massasi; m- harakatdagi zarrachaning massasi; c - yorug’lik tezligi 3·1010 sm/sek2. Bu tenglamadan agar zarracha tezligi V = C bo’lsa zarrachaning massasi cheksiz katta bo’ladi; agar zarracha tezligi kichik bo’lsa m = m0 bo’ladi degan xulosa kelib chiqadi. Massa bilan energiya orasidagi miqdoriy bog’lanish borligini dastlab M.V.Lomonosov ko’rsatgan edi. M.V.Lomonosov tomonidan taklif qilingan massa va energiyaning saqlanish qonuni tabiatning fundamental qonuni hisoblanadi. Materiya massasi xuddi energiyadek vaqt o’zgarishi bilan doimiy bo’lib qoladi. ∑M = const ∑E = const Massa va energiyaning bog’liqligi A.Eynshteyn tenglamasi bilan ifodalanadi. E = mc2 yoki ΔE = Δmc2 Bu tenglama energiya o’zgarganda massa o’zgarishini va aksincha massa o’zgarganda energiya ham o’zgarishini ko’rsatadi. Download 202.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling