3 ma’ruza. Tabiiy ipak ishlab chiqarish texnоlоgiyasi. To’quvchilik sanоati. Iplarni qayta o’rash jarayonining maqsadi va mоhiyati. Tandani oxorlash


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/33
Sana15.06.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1481241
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
Bog'liq
3-маъруза. Пилла олиш. Тўқимачилик саноати

Jundan to’qiladigan to’qimalar. Bu to’qimalar ishlatilish vazifa- lariga 
qarab: kostyumlik to’qimalar (boston, krep ranglangan); paltolik; oyoq kiyimlik
mebel-bezaklar; paytavalik; choyshablik; ro’mollik; dasturxonlik to’qimalarga 
bo’linadi. 
Xomashyo turiga qarab jun to’qimalari toza junli, aralash junli to’qimalarga 
bo’linadi. 
Ishlab chiqarish va ishlov berish ranglanishiga qarab: 
- bir xilda ranglangan, ranglanmagan, tuki chiqarilgan to’qimalar; 
- melanj chipor to’qimalar; 
- har xil rangli, dekorativ to’qimalarga bo’linadi. 
O’rilish turiga qarab — bosh o’rilishli, mayda naqshli, murakkab to’qimalar 
o’rilishli, yirik naqshli to’qimalarga bo’linadi. 
Shoyidan to’qiladigan to’qimalar. Ishlatilish vazifalariga ko’ra: ichki 
kiyimlik (xalat, nimcha va hokazo); ko’ylaklik (erkaklar ko’ylagi va boshqalar); 
ko’ylaklik — kostyumlik; plashlik; ustki kiyimlik: palto, sport kiyimlari; astarlik; 
mebel — bezaklik; to’qimachilik-attorlik: zontik, sharf, dastro’mol, galstuk. 
Xomashyo turiga qarab: toza ipakdan bo’lgan to’qimalar; sun'iy ipakdan 
bo’lgan to’qimalar; sintetik iplardan to’qilgan to’qimalarga bo’linadi. 
To’qima tuzilishining nazariy asoslari.To’qimadagi iplarning geometrik 
tavsifi.To’qimaning tashqi ko’rinishi va ichki tuzilishi uning qaysi tuzilish fazasida 


to’qilganligiga bog’liq. Shartli ravishda to’qimada tanda va arqoq iplarining o’zaro 
joylashishini N. G. Novikov to’qqizta fazalarga bo’lishni tavsiya etdi. Bu nazariya 
hozirgi kungacha to’qimalar tuzlishini aniqlashda qo’llanilib kelinmoqda. Тo’qima 
tuzilishini fazalar bo’yicha aniqlashning mohiyati shundan iboratki, uning fazasiga 
qarab iplarning qanchalik yechilganini, to’qima sirti yoki pastki qismida qaysi iplar 
ko’proq to’lqinsimon bo’rtib chiqib turishi to’g’risida ma’lumot olinadi. 
Iplar to’quv dastgohida to’qilish jarayonida tanda iplari bilan arqoq iplari bir-
biriga nisbatan o’zaro ma'lum kuch ta'sirida bo’ladi, bir-biriga nisbatan bosim kuchi 
natijasida iplar o’z shaklini o’zgartiradi. 
Iplar o’zaro ta'sir natijasida xomashyo turiga qarab turlicha shak- lni oladi. N. 
G. Novikov o’z nazariyasida iplarni silindrik shaklida deb qabul qilgan. 
To’lqinsimon ko’tarilib egilish balandligi bu balandlik iplarning teksiga, zichligiga, 
har birining tarangligiga hamda xususi- yatlariga bog’liq bo’ladi. K.G. Alekseev o’z 
tadqiqotlarida to’qima tuzilish fazalarini iplarni o’rilishda tanda yoki arqoq bo’yicha 
qisqarishiga bog’liq holda aniqlaydi. 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling