3-mavzu. Audit standartlari reja
Auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risida shartnoma. Dastlabki kelishuvlar
Download 155 Kb.
|
3-Mavzu. Audit standartlari — копия
4.Auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risida shartnoma. Dastlabki kelishuvlar.Auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnoma "mijoz-auditor" o‘zaro munosabatlarini chegaralab beruvchi rasmiy hujjat hisoblanadi va umumiy jihatlari bilan tadbirkorlik faoliyatida qo‘llaniladigan shartnomalardan farq qilmaydi. Bu hujjat, boshqa shartnomalar kabi, tomonlarning, ya‘ni shartnoma ishtirokchilarining, bu yerda buyurtmachi- mijoz va ijrochi-auditor, o‘zaro kelishilgan manfaatlarini huquqiy tomondan tartibga soladi. SHuning bilan bir qatorda, auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnoma tadbirkorlikda qo‘llaniladigan boshqa shartnomalardan muhim farqlari ham mavjud - bu, birinchi navbatda, shartnoma tuzish vaqtida oshkorasiz holda uchinchi tomon (moliyaviy hisobot ma‘lumotlaridan foydalanuvchilar) manfaatlarini hisobga olishdir. Zero, amalda, agar tekshiruv sifatsiz o‘tkazilganligi natijasida zarar yetkazilsa, auditor nafaqat mijoz oldida, balki ushbu foydalanuvchilar oldida ham mas‘uldir. SHartnoma imzolanishidan oldin, auditor o‘zi uchun nafaqat imkoniyati boricha mijoz istaklarini aniqroq bilib olishi, balki unga o‘z buyurtmasini to‘g‘ri shakllantirishda yordam berishi lozim. O‘tkaziladigan auditorlik tekshiruvi sifati hamda auditor va mijoz o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ko‘p jihatdan auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnoma aniq tuzilganligiga bog‘liqdir. Ko‘pchilik auditorlik tashkilotlar shartnoma tuzishning namunaviy shakllaridan foydalanadilar, lekin, shunga qaramasdan, shartnomada aniq bir korxonani audit qilish xususiyatlarini inobatga olish maqsadga muvofiqdir, zero mijozlar, ko‘p hollarda, uning ma‘nosi va mohiyatini yetarli darajada tushunmasliklari mumkin. Auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada auditor tomonidan auditorlik xulosasini taqdim etishdan voz kechish imkoniyatini aks etish maqsadga muvofiqdir. SHuningdek, tekshiruv o‘tkazish uchun kerakli bo‘lgan hujjatlarni mijoz tomonidan taqdim etish muddatlarini belgilash lozim, chunki ko‘p holatlarda, buxgalteriya hisoboti hali tayyor bo‘lmasdan turib mijozlar auditorni taklif qiladilar, bu, o‘z navbatida, ishni juda ham murakkablashtiradi. SHartnomada mijoz tomonidan auditorlik tashkilotiga oldindan pul to‘lashni ko‘zda tutish maqsadga muvofiqdir, zero oldindan pul to‘lanishi auditorni moliyaviy mustaqilligini ta‘minlaydi, tekshiruv o‘tkazish jarayonida mijoz tomonidan o‘tkazilgan audit uchun tegishli haqini to‘lamaslik yo‘li bilan qo‘rqitib "tazyiq" o‘tkazishni oldini oladi. Odatda, auditorlik firmalari tomonidan oldindan pul o‘tkazish miqdori to‘g‘risidagi talablari 50 foizdan 100 foizgachani tashkil etadi. SHartnomada tekshiruv jarayonida mijoz tomonidan auditorga yordam ko‘rsatishi lozimligi to‘g‘risida majbur ekanligini ko‘zda tutilishi maqsadga muvofiqdir (inventarizatsiya o‘tkazishda yordam berish uchun o‘z xodimlarini jalb qilish, xizmat safariga chiqish zaruriyati bo‘lganda auditorii transport vositasi bilan ta‘minlash va boshqalar). Auditor va mijoz shartnoma shartlari bo‘yicha kelishib olishlari lozim. Kelishilgan shartlar audit bo‘yicha xat-kelishuv yoki har qanday boshqa tegishli shaklda rasmiylashtirilishi lozim. Auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomani tuzishda auditorlik xizmatlarining qiymatini baholash muhim o‘rin tutadi. Xizmatlar qiymatini pasaytirmaslikka ham va ko‘tarmaslikka ham intilish lozim, zero unisi ham bunisi ham, ko‘pchilik holatlarda, ayniqsa u ushbu auditorlik firmasiga birinchi bor murojaat qilgan taqdirda mijozni "cho‘chitib" yuboradi. O‘zbekistonda auditorlik xizmatlari bozori tobora shakllanib borishi natijasida auditorlik xizmatlariga oid narx-navolar tartibga solinmoqda. O‘zbekiston Respublikasida hozirgi paytda auditorlik xizmatlari qiymatini baholash mavjud bo‘lgan turlarini shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: akkord to‘lovi; vaqtbay to‘lovi; ishbay to‘lovi; «Haq to‘lashning akkord tizimi ishning butun hajmi uchun ish haqi miqdorini belgilaydi va akkord topshiriqlarining qisqa muddatda bajarilganligi uchun mukofotlashni o‘z ichiga oladi. Ishlarning umumiy qiymati bunda vaqt (bajarilgan ish) va narxlar me‘yori asosida aniqlanadi. Brigadaga asosiy va yordamchi ishlarning barchasini nazarda tutuvchi akkord topshirig‘i beriladi»30. Akkord to‘lovida auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomada to‘lov summasi tekshiruv boshlanmasdan oldin belgilanadi va qayd etiladi. Ayrim auditorlik tashkilotlar ushbu summani mijozning moliyaviy imkoniyatlari yoki boshqa bir qancha mezonlardan kelib chiqib erkin belgilaydilar. Lekin, ko‘pchilik auditorlik tashkilotlari shartnoma tuzishdan oldin mijoz faoliyati xususiyatlari bilan tanishish, taxminiy auditorlik tavakkalchiligini baholash va bajariladigan ishlarga sarflanadigan mehnat hajmini aniqlash maqsadida, auditorga muayyan haq to‘lab, uni mijoz bilan tanishib chiqish uchun yuboradilar. SHundan keyin, auditorlik tashkiloti bajariladigan ishlarning umumiy qiymatini belgilaydi va mijoz bilan shartnoma tuzadi. «Vaqtbay ish haqi odatda, xodim mehnatini me‘yorga solib bo‘lmaydigan yoki bajarilayotgan ishlarni hisobga olib bo‘lmagan hollarda qo‘llanadi. Mehnatga vaqtbay haq to‘lashda ishchi yoki xizmatchining ish haqi uning malakasi va ishlagan ish vaqtiga qarab belgilanadi»31. Vaqtbay to‘lovi - barcha davlatlarda auditorlik xizmatlari bozorida eng ko‘p tarqalgan to‘lov turidir. Agar ko‘zda tutilmagan vaziyatlar natijasida mehnat sarfi hajmi ko‘paysa, ishlar qiymati ham mutanosib ravishda oshib boradi. Vaqtbay to‘lovi auditorning bir soat (kun) ish vaqtini baholashga asoslanadi va uning malakasiga ham bog‘liqdir. Ishbay to‘lovi - odatda buxgalteriya hisobini tiklashda qo‘llaniladi. Hisob-kitob hisobdagi har bir operatsiya, har bir ko‘rsatkich qiymatini aniqlashdan kelib chiqadi. «Mehnatga ishbay haq to‘lashda vaqt birligi uchun amaldagi baholar asosida haqiqatda bajarilgan ish (tayyorlangan mahsulot) uchun haq to‘lanadi»32. Ayrim korxonalar, jumladan auditorlik tashkilotlari darajasida ishga haq to‘lash va ish beruvchi bilan xodim o‘rtasidagi ijtimoiy-mehnat munosabatlarini tartibga solish unda qabul qilingan ichki me‘yoriy hujjatlar-mehnat shartnomalari asosida amalga oshiriladi, ular korxona rahbariyati tomonidan mehnat jamoasi vakillari ishtirokida ishlab chiqiladi. Auditor va mijoz kelishuv shartlari bo‘yicha kelishib olishlari lozim. Kelishilgan shartlar audit bo‘yicha xat-kelishuv yoki har qanday boshqa tegishli shaklda rasmiylashtirilishi lozim. Audit bo‘yicha dastlabki kelishuvlarda auditor quyidagilar yuzasidan yetarli bo‘lgan tegishli auditorlik dalillarni olishi lozim: boshlang‘ich qoldiqlarda joriy davrning moliyaviy hisobotiga muhim ta‘sir ko‘rsatadigan noto‘g‘riliklar mavjud emas; oldingi davrning yakuniy qoldiqlari joriy davrga to‘g‘ri o‘tkazilgan yoki lozim bo‘lganda tuzatilgan; tegishli hisob siyosati izchillik bilan qo‘llaniladi yoki hisob siyosatidagi o‘zgarishlar tegishli ravishda hisobga olingan va mos yoritilgan. 30 N. Xasanov va boshq. Korxonalarda ish haqi. SBX gazetasi kutubxonasi. T.: 2004y., 41 b. 31 N. Xasanov va boshq. Korxonalarda ish haqi. SBX gazetasi kutubxonasi. T.: 2004y., 35 b 32 SHu yerda, 37-b. ―Boshlang‘ich qoldiqlar‖ - bu davr boshiga mavjud bo‘lgan schetlar bo‘yicha qoldiqlar. Boshlang‘ich qoldiqlar oldingi davrning yakuniy qoldiqlariga asoslanadi va quyidagilar ta‘sirini aks etadi: oldingi davr operatsiyalari; oldingi davrda qo‘llanilgan hisob siyosati. Audit bo‘yicha dastlabki kelishuvda auditor bunday boshlang‘ich qoldiqlarni tasdiqlovchi avval olingan auditorlik dalillarga ega bo‘lmaydi. Boshlang‘ich qoldiq yuzasidan auditor olishi lozim bo‘lgan auditorlik dalillarning yetarliligi va tegishliligi quyidagilarga bog‘liq: sub‘ekt rioya qilayotgan hisob siyosatiga; oldingi davrda moliyaviy hisobot yuzasidan audit o‘tkazilganligiga; joriy davrning schetlar tavsifi va moliyaviy hisobot noto‘g‘ri aks etilishining tavakkalchiligiga; joriy davr moliyaviy hisoboti bo‘yicha boshlang‘ich qoldiqlarning muhimligiga. Auditor boshlang‘ich qoldiqlar hisob siyosati qo‘llanishini aks etishligi va ushbu siyosat joriy yilning moliyaviy hisobotiga nisbatan to‘g‘ri qo‘llanishini ko‘rib chiqishi lozim. Hisob siyosatida va uni qo‘llashda qandaydir o‘zgarishlar sodir etilgan taqdirda, auditor ular tegishli ravishda va lozim bo‘lganda hisobga olinganligi va mos yoritilganligini ko‘rib chiqishi lozim. Oldingi davrning moliyaviy hisoboti boshqa auditor tomonidan o‘tkazilgan taqdirda, amalda harakat qilayotgan auditor oldingi auditorning ishchi hujjatlarini sharhlash yo‘li bilan schetlarning boshlang‘ich qoldig‘i yuzasidan yetarli bo‘lgan tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunday vaziyatlarda amalda harakatda bo‘lgan auditor, shuningdek, oldingi auditorning kasbiy xabardorligi va mustaqilligini ko‘rib chiqishi lozim. Agar oldingi davr bo‘yicha auditorlik hisoboti modifikatsiyalashtirilgan bo‘lgan taqdirda, auditor joriy davrda modifikatsiyalashtirishga sabab bo‘lgan masalaga o‘z e‘tiborini qaratishi lozim. Joriy aktivlar va majburiyatlar yuzasidan ayrim auditorlik dalillar odatda joriy davr auditorlik muolajalarining bir qismi tariqasida olinishi mumkin. Masalan, joriy davr mobaynida davr boshiga taalluqli debitorlik qarzini (kreditorlik qarzini) qoplanishi (to‘lanishi) davr boshiga ularning mavjudligi, huquqlar va majburiyatlar, to‘liqlik va baholash bo‘yicha ayrim auditorlik isbotlarni taqdim etadi. Biroq tovar-moddiy zahiralar bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarda auditorga tovar-moddiy zahiralarning davr boshiga mavjudligini aniqlashda qiyinroq. SHuning uchun, odatda, tovar-moddiy zahiralarning joriy inventarizatsiyani o‘tkazish yuzasidan kuzatish, davr boshiga tovar-moddiy zahiralar birligiga berilgan bahoni testlash hamda yalpi daromad va davr bo‘yicha taqsimotini testlash kabi qo‘shimcha muolajalar lozim bo‘ladi. Ushbu muolajalarning quramasi yetarli bo‘lgan tegishli auditorlik dalillarni taqdim etishi mumkin. Asosiy vositalar, investitsiyalar, uzoq muddatli qarzlar, uzoq muddatli aktivlar va majburiyatlar uchun auditor odatda, boshlang‘ich qoldiqlar asosida hisob yozuvlarini tekshiradi. Muayyan holatlarda auditor qoldiqlar bo‘yicha, masalan uzoq muddatli qarzlar va investitsiyalar bo‘yicha, tasdiqlarni uchinchi tomondan olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Boshqa holatlarda esa auditorga qo‘shimcha auditorlik muolajalarini amalga oshirish lozim bo‘lishi mumkin. Download 155 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling