3-mavzu. Audit standartlari reja


Download 155 Kb.
bet3/8
Sana17.02.2023
Hajmi155 Kb.
#1205075
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-Mavzu. Audit standartlari — копия

To’rtiiichi bosqich - auditorlik faoliyati va auditning maxsus turlarining o’ziga xos bo’lgan masalalarini tartibga soluvchi auditorlikfaoliyatining maxsus andozalari va vazirlik hamda idoralaming me‘yoriy huijatlari;
Beshinchi bosqich - auditorlik firinasining o’zi tomonidan qabul qilingan ichki standartlar, yo’riqnomalar majmuyi hisoblanadi. Bu standartlarni tuzishdan maqsad, firma tomonidan o’tkazilayotgan tekshiruv sifatini yanada oshirish, mavjud qonunchilik doirasida faoliyat yuritilishini ta‘minlashdan iborat.
Hozirgi kiinda respublikamizda auditorlik faoliyatini xizmat ko'rsatish sohasining bir turi sifatida yanada rivojlanishiga katta shart-sharoitlar yaratib berilmoqda


2.Auditning xalqaro standartlari


Sifatli va muvaifaqiyatli audit tekshiruvini o’tkazish uchun tekshiruv jarayonida auditorlik faoliyatiga doir yagona um um qabul qilingan standartlarni qo'llash zarurati yuzaga keladi.


Auditorlik faoliyati standartlari - auditorlik faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari va asoslarini tartibga soluvchi, shuningdek, auditorlar uchun tekshiruv o'tkazish borasidagi o’z majburiyatlarini amalga oshirishlariga yordam berish maqsadida qabul qilingan umumiy qonun-qoidalar tizimidir. Tekshiniv davomida auditorlik standartlariga amal qilish teksliiruvning yuqori sifath o'tishi va ishonchli bo’lishini ta‘minlaydi. Standartlar asosida auditorlar faoliyati sifat nuqtayi nazaridan baholanadi. Standartlar audit tekshiruviga umumiy yondashuvni, tekshiruv ko'lam ini, xulosa turini, tekshiruv uslubiyatini va bu sohavakillari amal qilishlari lozim bo’lgan qonuniyatlami belgilab beradi.
Iqtisodiy muhitning o’zgarishi asosida umumiy standartlaiga tuzatishlar, qo’shimchalar kiritilishi mumkin. Agar auditor tekshiruv davomida bu standartlardan chetlashsa, buniug sabablarini asoslab bera olishinishi kerak.
Shuni ta‘kidlash lozimki, auditorlik standartlari auditor faoliyati to’g’riligini umumiy belgilab bersa-da, auditor tomonidan qo’llanilgan barcha uslubiyatlar, amaliyotlaming to’g’riligini anglatmaydi. Standartlarining ahamiyati quyidagilarda o’z ifodasini topadi:

  • audit tekshiiuvining yuqori sifatini ta‘minlaydi;

  • tekshiruv jarayonida fan yangihklarining tatbiq etilishiga asos yaratadi;

  • foydalanuvchilarga audit tekshiruvi jarayonini tushunish imkonini beradi;

  • davlat organlari tomonidan tekshiruv ustidan nazorat olib borish zaruriyatini bartaraf

etadi;

olib borishga imkon yaratadi;

  • audit tekshiruvi jarayonida alohida elementlar o’rtasida aloqa o'rnatish imkonini beradi;

  • auditorning o’z bilim va malakasini doimiy ravishda oshirib borishini ta‘minlaydi;

  • turli auditorlik firmalari ishini sifat nuqtayi nazaridan taqqoslash imkonini beradi;

  • audit tekshiruvini soddalashtiradi va boshqalar.

Ammo audit standartlari butun tekshiruv jarayonining barcha jabhalarini qamrab ohnaydi. Bu standartlarda audit nazariyasi va amaliyoti qisqa va lo’nda ko’rinishda umumlashgan. Ular auditorlik faohyatining uzoq yillar davomidagi amahyoti jarayonida auditorlik iaoliyatiga nisbatan talablarga javob berishini isbotlash asosida um um qabul qilingan standartlaiga aylandi.
Auditorlik standartlari huquqiy organlar uchun audit tekshiruvini sifat jihatidan tekshirish va baholash jarayonida umumiy yo'riqnoma vazifasini bajaradi.
Amaliyotda auditorlik standartlari (1) xalqaro; (2) milliy auditorlik standartlariga bo’linadi. Auditorlik faohyatining xalqaro standartlari to’rt o’zaro bog’langan qism lardan tashkil topgan:

  • asosiy postulatlar - auditorlik faoliyati umumiy standartlarining asosini belgilab beruvchi asosiy qonuniyatlar, uslubiyatlar, shart-sharoitlarini ifodalaydi. Bu standartlar auditorlar uchun moliyaviy hisobotlar yuzasidan umumiy tasavvur hosil qilish va shunga mos keladigan xulosa tayyorlashda asos bo'lib xizmat qiladi;

  • umumiy standartlar - auditor o’z oldida turgan vazifalami samarali bajarishi uchun ega boclishi talab etiladigan sifat va malakaviy talablami ifoda etadi (tayyorgarlik, malaka, mustaqillik, xolislik, tekshiruv jarayonida e‘tiborlilik);

  • ishchi standartlar - audit tekshiruvi jarayonida auditor amal qilishi lozim bo'lgan qonun-qoidalari aks ettiradi (rejalashtirish, nazorat, yetarli miqdordagi dalillami to’plash va ichki nazorat tizimini baholash);

  • auditorlik hisoboti bo'yicha standartlar – audit tekshiruvi yakunida tayyorlanishi lozim bo’lgan auditorlik hisoboti shakli, mohiyati, ma‘lumotlami aks ettirish tartibi borasidagi talablarni belgilab beradi. Mustaqillik yillarida yurtimizda auditorlik faoliyati asoslari qaror topishi bilan audit standartlarini ishlab chiqish zarurati ham yuzaga keldi. Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi Moliya vazirligi bilan hamkorlikda

«Auditorlik faoliyatining milliy standartlarini (AFMS) ishlab chiqdi. Bu borada Respublikamizdagi mavjud iqtisodiy shart-sharoitlar, milliy xususiyatlami inobatga olish va xalqaro tajribadan keng foydalanish standartlaming zamon talablariga yanada mos kelishini ta‘minlaydi.
Turli mamlakatlar iqtisodiyotida bozor munosabatiaxining rivojlanishi, integratsiya jarayonining kengayishi, bir qator auditorlik firmalarining xalqaro miqyosda faoliyat yurituvchi firmalarga aylanishi kabi jarayonlarning ro’y berishi auditorlik faoliyatini xalqaro miqyosda birxillashtirish zaruriyatini yuzaga keltirdi. Bu zaruriyat asosida 1977-yilda tashkil etilgan Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi qoshida Xalqaro auditamaliyoti qo’mitasi (International auditing practices committee) tashkil etildi.
Bu qo’mita tomonidan tayyorlangan standartlar audit amaliyotini xalqaro miqyosda birxillashtirishga qaratilgan. Ammo bu standartlar turli davlatlarda turli darajada qo’llaniladi. Shunga ko‘ra ularni to'rt asosiy guruhga ajratish mumkin: birinchi guruh davlatlar xalqaro standartlami to’lig’icha, dastlabki ko‘rinishda qabul qiladilar; ikkinchi guruh davlatlar xalqaro standartlami faqatgina kichik o‘zgartirishlar kiritish orqaligina qabul qilishlari mumkin; uchinchi guruh davlatiar xalqaro standart larga o'zgartirishlar kiritishdan tashqari, bu standartlami qo’llash uchun ma‘lum iqtisodiy, siyosiy shart-sharoitlarni yaratish yoki mavjud shart-sharoitlarga o’zgartirish kiritishlari talab etiladi; to’rtinchi guruh davlatlarda xalqaro standartlarini qo’llash shu mamlakatning milliy mentaliteti, psixologiyasiga bo’gliq.
Shu sababli, ko'pgina davlatiar milliy standartlami ishlab chiqish va xalqaro standartlari qo’llash jarayoniga ehtiyotkorlik bilan yondashadilar. Misol uchun, Kanada, Buyuk Britaniya, AQSH kabi davlatlarda milliy auditorlik standartlarini ishlab
chiqish jarayonida xalqaro standartlarning faqatgina ba‘zi elementlariga murojaat etiladi. Avstraliya, Braziliya, Niderlandiya kabi davlatlarda esa milliy auditorlik standartlari to’lig’icha xalqaro standartlarga asoslangan holda tuziladi. Respublikamizda auditorlik faoliyatining milliy standartlarini ishlab chiqish jarayonida ham xalqaro standartlarga amal qilinadi. Malayziya, Singapur, Nigeriya kabi davlatlarda esa milliy standartlar tuzilmagan va ularda auditorlik
faoliyatining xalqaro standartlari milliy standart sifatida qabul qilinadi. Xalqaro auditorlik amaliyoti qo'mitasi tomonidan qabul qilingan standartlarining asosiylari 2.1-jadvalda keltirilgan:



Download 155 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling