3-mavzu. Audit standartlari reja


Auditorning mijoz oldidagi majburiyat xati


Download 155 Kb.
bet7/8
Sana17.02.2023
Hajmi155 Kb.
#1205075
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-Mavzu. Audit standartlari — копия

5.Auditorning mijoz oldidagi majburiyat xati


Mijoz va auditor o‘rtasidagi o‘zaro kelishuvini belgilovchi qo‘shimcha hujjat bo‘lib audit o‘tkazishga rozilik berish to‘g‘risidagi va auditor tomonidan o‘z mijoziga yo‘llangan xati hisoblanadi (ushbu hujjatdan oldin mijozning tegishli rasmiy taklifi mavjud ekanligi nazarda tutiladi).


Auditor va mijoz o‘rtasidagi bir marotaba bo‘ladigan kelishuvlarda auditorlik tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi rozilik xati tomonlar o‘rtasida tuziladigan shartnoma o‘rnini bosishi mumkin.
Bunda auditor tomonidan taklif etilgan tekshiruv shartlariga mijoz yozma ravishda rozilik bildirishi lozim.
Mijozga yo‘llangan auditor (auditorlik firmasi) ning majburiyat-xati audit o‘tkazishga
roziligini yoki ayrim korxonalar va tashkilotlar (banklar, jamg‘armalar, sug‘urta kompaniyalari, ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlar va boshqalar) uchun qonunchilikda ko‘zda tutilgan rasmiy auditorlarni taklif etilishini tan olganligini tasdiqlaydi.
Auditorlik tekshiruvi boshlanishdan oldin mijozga xat yo‘llanishi mijozni ham auditorni ham manfaatlariga mos keladi, chunki bu auditorlik tekshiruvi yakunlangandan keyin ikki tarafning majburiyatlariga oid ko‘plab anglashilmovchiliklarni oldini olish imkoniyatini yaratadi.
Auditorlik tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risidagi xatda quyidagilar ko‘rsatiladi: audit o‘tkazilishining zaruriyati;
korxonada buxgalteriya hisobi ishonchliligi va nazorat samaradorliligini aniqlash uchun test tekshiruvlarini o‘tkazish hamda buxgalteriya hisobi ma‘lumotlari asoslanganliligi, aniqliligi va ishonchliligi, qabul qilingan hisob tartibi amaldagi qonunchilikka muvofiqliligini aniqlash maqsadida ma‘lum muolajalarni amalga oshirish zarurligi.
Xatning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:
audit ob‘ektlarini yoritish (buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot) va uning miq‘yoslarini aniqlash (tekshiruv mazmuni va muddatlari);
taqdim etilgan ma‘lumotlar uchun mijozning mas‘ulligini belgilash;
amaldagi me‘yoriy hujjatlar, qonunchilik yoki malakali auditorlik birlashmalar tavsiyalari, auditor rioya qiladigan qoidalar doirasida audit chegaralarini belgilash;
auditorlik faoliyati natijalari bo‘yicha jamlovchi xulosa, hisobot yoki boshqa turlarini aniqlash;
ichki nazorat tizimi nomukammalligi sababli muhim aniqsizliklar yoki xatoliklar aniqlanmay qolinishi tavakkalchiligini belgilash;
audit paytida o‘rganiladigan barcha muntazam va tahliliy hisob, hujjatlar va boshqa turdagi kerakli ma‘lumotlardan bemalol foydalanish imkonini yaratish;
tadbirkorlik bilan bog‘liq bo‘lgan sirni saqlash to‘g‘risida auditorning majburiyati.
Audit o‘tkazish to‘g‘risida rozilik berilgan xatda auditor va mijoz javobgarligi belgilanadi. Auditor javobgarligi deb amaldagi qonunchilikka va tomonlar kelishuviga muvofiq auditorning ma‘naviy va moddiy javobgarligi tushuniladi. Auditor moliyaviy hisobotga oid o‘z xulosasi bo‘yicha javobgardir.
Mijoz javobgarligi deb auditorlik tekshiruvi uchun moliyaviy hisobni tashkil etuvchi, amaldagi qonunchilikka va me‘yoriy hujjatlarga muvofiq mavjud bo‘lgan ma‘lumotni to‘liq taqdim etishi va auditorlik xulosasidan maqsadga muvofiq foydalanishi tushuniladi.
Ayrim mamlakatlarda auditning maqsadi va ko‘lami, shuningdek, auditorning majburiyatlari qonunchilik bilan belgilanadi. Biroq bunday vaziyatlarda ham auditor audit bo‘ycha xatlar-kelishuvlar mijoz uchun foydali ma‘lumotga ega deb hisoblashi mumkin.
Auditor, o‘z manfaati bilan bir qatorda, mijoz manfaatini ko‘zlagan holda, xat- kelishuvni mijozga kelishuvni amalga oshirishdan oldin jo‘natgani maqsadga muvofiqdir, bunda taqdim etiladigan xizmatlar yuzasidan tushunmovchiliklarni oldi olinadi. Xat-kelishuv auditor qabul qilingani, auditning maqsadi va ko‘lami, auditorning mijoz oldidagi javobgarlik darajasi va taqdim etiladigan har qanday hisobot shaklini hujjatlashtiradi va tasdiqlaydi.
Audit bo‘yicha xat-kelishuvlarning shakli va mazmuni har bir mijoz bo‘yicha farqlanishi mumkin, lekin, asosan ular quyidagilarni aks ettirishi zarur:
moliyaviy hisobot auditining maqsadi;
sub‘ekt rahbariyatining taqdim etilayotgan moliyaviy hisobot bo‘yicha mas‘uliyati; auditor o‘z ish faoliyatida rioya qiladigan amaldagi qonunchilikka, me‘yoriy hujjatlarga
yoki kasbiy idoralarining maxsus hujjatlariga asoslangan auditning qo‘lami;
qandaydir hisobotlar shakli yoki auditor ish natijalarini taqdim etishning boshqa bir
usuli;
audit jarayoniga xos bo‘lgan xolis cheklovlar, jumladan ko‘rsatkichlarni tanlab olib
tekshirish tavsifga ega bo‘lganligi, shuningdek, buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimining har qaday o‘ziga xos bo‘lgan cheklovlar oqibatida ayrim, jumladan, ahamiyatli yanglishlar ham aniqlanmay qolishlik tavakkalchiligining mavjudligi.
Audit o‘tkazish munosabati bilan rasmiy talab etiladigan barcha hisob yozuvlari, hujjatlar va boshqa ma‘lumotlar bilan cheklovsiz tanishish.
SHuningdek, auditor xatga quyidagilarni kiritishi mumkin:
auditni rejalashtirish bo‘yicha tadbirlar.
Audit o‘tkazilishi munosabati bilan sub‘ekt rahbariyati tomonidan qilingan taqdimotlar bo‘yicha yozma tasdiqlashlar taqdim etilishini kutish.
xat-kelishuv mijoz tomonidan olinganligi tan olinib u kelishuv shartlari tasdiqlanganligini so‘rash.
auditor mijozga taqdim etish uchun mo‘ljallagan boshqa qandaydir xatlar yoki hisobotlarning yoritilishi.
Xizmat haqi hisoblanishining asoslari va schetlar taqdim etish bo‘yicha har qanday kelishuvlar.
Lozim bo‘lgan taqdirda, xatda quyidagi masalalar ham yoritilishi mumkin:
auditning ayrim tomonlari bo‘yicha boshqa auditorlar va ekspertlarni jalb qilish yuzasidan tadbirlar;
mijozning ichki auditorlari va boshqa xodimlarini jalb qilish yuzasidan tadbirlar;
auditor ushbu mijoz bilan birinchi marotaba ish olib borayotgan taqdirda, oldingi auditor bilan ish olib borish yuzasidan tadbirlar;
imkoniyat bo‘lgan taqdirda, auditor mas‘uliyatini cheklash.
Auditor va mijoz o‘rtasida kelgusidagi har qanday kelishuvlarni izohlash.
Bosh kompaniya auditori, shuningdek, uning sho‘‘ba korxonalari, filiallari yoki bo‘linmalari (tarkibiy qismlari) ning auditori bo‘lib hisoblangan taqdirda, auditorning tarkibiy qismiga alohida xat-kelishuv jo‘natish yoki jo‘natmaslik to‘g‘risidagi qaroriga quyidagi omillar ta‘sir ko‘rsatadi:
sub‘ektning tarkibiy qismiga auditor kim tomondan tayinlanganligi;
sub‘ektning tarkibiy qismi bo‘yicha alohida auditorlik hisoboti tayyorlanadimi yoki yo‘qmi;
huquqiy talablar;
boshqa auditorlar tomonidan bajarilgan har qanday ish hajmi; bosh kompaniyaga tegishli bo‘lgan mulkchilikning ulushi.
Tarkibiy qism rahbariyatining mustaqillik darajasi.
Keyingi auditlarni o‘tkazish holatlarida auditor vaziyat kelishuv shartlarini qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo etishligi va mijozga amaldagi kelishuv shartlari to‘g‘risida eslatma berish lozimligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Audit yakunlangunga qadar auditordan ishonchlilikning pastroq darajasini ta‘minlash maqsadida kelishuv shartlarini o‘zgartirish to‘g‘risida iltimos qilingan taqdirda, auditor bunday o‘zgartirishning o‘rinliligini ko‘rib chiqishi lozim.
Mijoz auditordan kelishuvga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi iltimosi ko‘rsatilayotgan xizmatlarga ta‘sir etuvchi vaziyatlar o‘zgarishi, oldin so‘ralgan audit tavsifi va kasbga doir xizmatlarga noto‘g‘ri tushunish, sub‘ekt rahbariyati tomonidan yoki vaziyatdan kelib chiqib kelishuv ko‘lamining cheklanishidan kelib chiqishi mumkin. Auditor bunday iltimos asosida yotgan sabablarni, ayniqsa kelishuv qo‘lamini cheklashdan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni diqqat bilan o‘rganib chiqishi kerak.
Sub‘ekt talablariga ta‘sir etuvchi vaziyatlarning o‘zgarishi yoki dastavval so‘rab talab etilgan xizmat tavsifining noto‘g‘ri tushunish, odatda, kelishuvdagi shartlar o‘zgartirilishi uchun oqilona sabab deb ko‘riladi. Va, bunga zid holda, garchi o‘zgartirishlar noaniq, to‘liq bo‘lmagan yoki boshqacha qoniqarsiz ma‘lumot bilan bog‘liq bo‘lsa, bunday o‘zgartirishlar oqilona deb hisoblanmaydi.
Kelishuv shartlarini o‘zgartirish uchun oqilona asoslar bo‘lmagan taqdirda, auditor bunday o‘zgartirishlarga rozilik berishi kerak emas. Misol tariqasida auditor debitorlik qarzlar yuzasidan yetarli tegishli auditorlik dalillarni to‘play olmaganligi oqibatida mijoz izohlar bilan auditorlik xulosasini olmaslik yoki fikr bildirishlikdan voz kechishni oldini olish uchun kelishuv shartlarini sharhlar berish bilan o‘zgartirilishini iltimos qilishini ta‘kidlash mumkin.
Auditor kelishuv shartlarini o‘zgartirilishiga rozi bo‘la olmagan va u ishni dastlabki shartlarga muvofiq davom ettirish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, auditor kelishuvni bekor qilishi va shartnomaviy yoki har qanday boshqa majburiyatlar mavjudligi to‘g‘risida savolni ko‘rib chiqishi lozim. Auditor kelishuv bekor qilinishi sabablari to‘g‘risida boshqa
tomonlarga, masalan, direktorlar yoki kuzatuv Kengashiga tegishli ma‘lumot berishi kerak.



Download 155 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling