3-mavzu. Audit standartlari reja


Auditorlik tashkilotlari tomonidan mijozlarni tanlab olish


Download 155 Kb.
bet5/8
Sana17.02.2023
Hajmi155 Kb.
#1205075
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-Mavzu. Audit standartlari — копия

3.Auditorlik tashkilotlari tomonidan mijozlarni tanlab olish.


Auditorlik tekshiruvining muvaffaqiyatsizlik tavakkalchiligini kamaytirish maqsadida auditorlar va auditorlik tashkilotlar bo‘lajak mijozlarni baholash uchun ishonchli mezonlarga ega bo‘lishlari lozim. Mijozni atroflicha o‘ylamagan holda muvaffaqiyatsiz tanlash yirik moliyaviy va ma‘naviy xarajatlarga olib kelishi, tashkilot va auditor obro‘siga putur yetkazishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasida bozorni shakllantirish davrida ko‘pchilik savdo-sotiq bilan shug‘ullanuvchi tizimlar buxgalteriya hisobi va hisobotni tuzishga buyurtma berishi munosabati bilan, auditorlik tashkilotlar tomonidan mijozlarni puxta o‘ylab tanlab olish tizimiga ega bo‘lishi ayniqsa muhimdir.


Auditorlik tashkilotlar tomonidan mijozlarni tanlab olish bo‘yicha asosiy muolajalar quyidagilardan iborat:
tarmoq tavsifini baholash;
auditorlik tekshiruvi va mazkur mijozning maqsadlari va kelajakda uning natijalaridan foydalanish imkoniyatini aniqlash;
rahbarlarning o‘ziga xos bo‘lgan tomonlarini aniqlash;
audit o‘tkazish uchun sarflanishi mumkin bo‘lgan mehnat hajmi va murakkabligi hamda auditorlik tavakkalchiligiga oldindan baho berish;
auditorlarning almashtirilishi yoki bir necha marotaba almashtirilishi sabablariga baho berish;
audit natijalari bo‘yicha avvalgi auditorlik xulosalaridagi sharhlar bilan tanishish; bo‘lajak mijozning soliq idoralari, banklar, hamkorlar, aktsiyadorlar va moliyaviy
hisobotning boshqa foydalanuvchilar bilan o‘zaro aloqalaridagi tavsiflari va muammolarini aniqlash;
taqdimnomalar olish (masalan, turli tashkilotlar, mutaxassislar va boshqalardan); hisobotni tahliliy tekshirish;
buxgalteriya hisobi va hisobot holati hamda bo‘lajak mijozning joriy va vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolari bilan oldindan tanishish;
tegishli xodimlar mavjudligi, mijoz tarmog‘ini bilishlik va hokazolar nuqtai nazaridan kelib chiqib, auditorlik firmasi yoki auditor ushbu ishni bajara olish imkoniyatini baholash.
Agar yuqorida qayd etilgan yoki boshqa muolajalar natijalari audit tavakkalchiligi yuqori daraja deb ko‘rsatsa, qo‘yilgan masala auditor uchun juda ham murakkab va mehnat sarfining hajmi ko‘p bo‘lsa, mijoz xizmat ko‘rsatish uchun qabul qilinmaydi.
Auditorlik firmalari mijozlarini bir nechta turlarga ajratish mumkin, masalan, auditorlik tekshiruvi jarayonida "mijoz-auditor" o‘zaro aloqalaridan kelib chiqqan holda.
Yuzaki-rasmiy: ushbu turdagi mijozlar auditor bilan yaqin aloqa bog‘lashni istamaydilar va auditorlik tekshiruvini tezkorlik bilan yakunlashni talab qiladilar. Bu holda, auditordan mijoz uchun eng kam sarflangan vaqt va xarajatlar bilan, faqat auditorlik xulosasini tayyorlash va taqdim etish talab qilinadi.
Norasmiy: bu turga auditor bilan yaqin aloqa o‘rnatadigan va uning yordamiga ishonadigan mijozlar kiradi. Bunda o‘z mustaqilligini saqlagan holda, asosiy ish bilan bir qatorda, tashqi auditor ichki auditorning ayrim vazifalarini bajaradi, shuningdek, odatda, bir qator qo‘shimcha xizmatlar ham ko‘rsatadi (maslahat berish, tahlil, amaliy yordam ko‘rsatish va boshqalar).
Auditor audit o‘tkazish to‘g‘risida shartnoma tuzishdan oldin mijoz qaysi turga mansub ekanligini aniqlashi lozim.
Agar mijoz norasmiy turga mansub bo‘lsa, auditor kelajakdagi qo‘shimcha ravishda maslahatlar mohiyatini, auditorlik tekshiruvi natijalari bo‘yicha kutilayotgan qo‘shimcha ma‘lumotlar mazmunini aniqlashi kerak. Auditorlik tekshiruvi to‘g‘risidagi shartnomada ushbu barcha masalalarni aks etilishi maqsadga muvofiqdir.
Moliyaviy hisobot auditini o‘tkazishda auditor auditorning fikri bo‘yicha moliyaviy hisobotga, tekshiruvga yoki auditorlik hisobotga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hodisalar, muomalalar va qabul qilingan amaliyotni aniqlash va tushunish uchun yetarli hajmda biznesni bilishi yoki unga oid bilim olishi lozim. Masalan, auditor bunday bilimlarni nazorat tavakkalchiligiga baho berishda hamda auditorlik muolajalarining tavsifi, muddati va hajmini aniqlashda qo‘llaydi.
Kelishuv qabul qilingunga qadar auditor audit qilinadigan sub‘ektning tarmog‘i, mulkchilik huquqi, rahbariyati va faoliyatiga oid dastlabki bilimlarni olishi va audit o‘tkazish uchun kerakli bo‘lgan bilim darajasiga erishish imkonini ko‘rib chiqishi lozim.
Kelishuv qabul qilingandan so‘ng qo‘shimcha va batafsilroq ma‘lumotlar to‘planadi. Imkoni boricha kerakli bo‘lgan bilimlar hajmini auditor kelishuv bajarilishining boshida olishi
ozim. Auditni o‘tkazish jarayonida oldin olingan ma‘lumot baholanadi, yangilanadi va to‘ldiriladi.
Mijoz biznesi to‘g‘risida bilimlar olish ma‘lumotni yig‘ish va baho berishning uzluksiz va kumulyativ jarayoni hamda auditning barcha bosqichlarida olingan bilimlarni auditorlik dalillar va ma‘lumot bilan bog‘lanishini aniqlash hisoblanadi. Masalan, ma‘lumot rejalashtirish bosqichida yig‘ilishiga qaramasdan, auditor va uning yordamchilari biznes to‘g‘risida yanada ham to‘liqroq tasavvur olishlariga qarab, keyingi bosqichlarda unga aniqlik kiritiladi va to‘ldiriladi.
Keyingi kelishuvlarda auditor oldin yig‘ilgan ma‘lumotni, jumladan oldingi yil bo‘yicha ishchi hujjatlaridagi ko‘rsatkichlarni yangilaydi va baho beradi. Auditor, shunigdek, oxirgi audit o‘tkazilgandan so‘ng sodir etilgan ahamiyatli o‘zgarishlarni solishtirishga qaratilgan muolajalarni bajaradi.
Auditor mijozning tarmoq va sub‘ekti to‘g‘risida bilimlarni bir necha manbalarda olishi mumkin. Masalan:
ushbu sub‘ekt va u qaraydigan tarmoq bilan oldingi ish tajribasidan;
sub‘ekt xodimlari bilan suxbatlar o‘tkazishdan (masalan, direktor va yetakchi mutaxassislar bilan);
ichki audit xodimlari bilan suhbatlar o‘tkazish va ichki audit hisobotlarini sharhlashdan; ushbu sub‘ektga yoki ushbu tarmoqning boshqa korxonalariga xizmat ko‘rsatgan
auditorlar, huquqshunoslar va boshqa maslahatchilar bilan suhbat o‘tkazishdan;
ushbu tarmoqda ishlamaydigan kasbiy xabardor bo‘lgan boshqa shaxslar bilan suhbat o‘tkazishdan (masalan, ushbu tarmoqda ixtisoslashgan iqtisodchilar, ushbu tarmoqni tartibga soluvchi idoralar vakillari hamda buyurtmachi, mol yetkazib beruvchi va raqobatchilar bilan); tarmoqqa taalluqli bo‘lgan nashrlardan (masalan, Davlat soliq inspektsiyalari, statistik
va sharhlovchi materiallar, maqolalar, tijorat jurnallar, banklar va qimmatli qog‘ozlarga oid operatsiyalar bo‘yicha vositachilar tomonidan tayyorlangan hisobotlar, moliyaviy gazetalar);
sub‘ekt faoliyatiga ahamiyatli darajada ta‘sir etuvchi qonunchilikka oid hamda me‘yoriy hujjatlardan;
sub‘ektning ishlab chiqarishga va ma‘muriy xonalari joylashgan joylarga borishdan; sub‘ekt tomonidan tayorlangan hujjatlardan (masalan, majlislar bayonnomalari,
aktsiyadorlarga yuboriladigan yoki tartibga soluvchi idoralarga taqdim etiladigan materiallar, reklamaga oid materiallar, oldingi yillar bo‘yicha yillik va moliyaviy hisobotlar, byudjetlar, sub‘ekt rahbariyatining ichki hisobotlari, oraliq moliyaviy hisobotlar, boshqaruv siyosati bo‘yicha rahbariyat, buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimlarini yuritish bo‘yicha qo‘llanmalar).
Biznes to‘g‘risida bilish auditorga malakaviy fikr-mulohaza bildirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Mijoz biznesini bilish va ma‘lumotni tegishli ravishda qo‘llash auditorga quyidagilarni bajarishga yordam beradi:
tavakkalchiliklarga baho berish va muammolarni aniqlashga;
auditni yanada ham samaradorlik va oqilona rejalashtirish va bajarishga; auditorlik dalillarga baho berishga;
mijozga yanada ham yaxshiroq xizmat ko‘rsatishga.
Auditning barcha bosqichlarida auditor mijoz biznesini bilish muhim kasb etadigan ko‘p jabhalar bo‘yicha fikr-mulohaza shakllantiradi. Masalan:
nazorat tavakkalchiligiga baho berish;
ishga oid tavakkalchiliklar sub‘ekt rahbariyatining ushbu tavakkalchiliklar yuzasidan harakatlarini ko‘rib chiqish;
auditning umumiy rejasi va audit dasturini ishlab chiqish;
ahamiyatlilik darajasi va aniqlash hamda tanlangan ahamiyatlilik darajasi tegishli bo‘lib qolishligiga baho berish;
muvofiqligini aniqlash uchun auditorlik dalillarga baho berish hamda moliyaviy hisobotning tegishli tasdiqlar amalda to‘g‘riligiga baho berish;
audit paytida alohida ko‘rib chiqishni va maxsus ko‘nikmalar qo‘llashni talab qiladigan sohalarni aniqlash;
o‘zaro bog‘liq tomonlar va ular o‘rtasidagi operatsiyalarni solishtirish;
so‘rovlarni o‘tkazish va javoblarning asoslanganligiga baho berish;
hisob siyosati va moliyaviy hisobotda ma‘lumot yoritilishi mosligini ko‘rib chiqish.
Auditor, audit uchun tayinlangan auditor yordamchilari mijoz biznesi to‘g‘risida topshirilgan ishni bajarishga imkon beradigan yetarli hajmda bilim olganliklariga ishonch hosil qilishi lozim. Auditor, shuningdek, auditor yordamchilar qo‘shimcha ma‘lumotni hisobga olish va ushbu ma‘lumotni auditor va boshqa auditor yordamchilariga yetkazish lozimligini tushunayotganliklariga ishonch hosil qilishi kerak.
Mijoz biznesini bilishlikdan samaradorlik bilan foydalanish maqsadida auditor ushbu bilim umuman moliyaviy hisobotga qanday ta‘sir ko‘rsatayotganini va moliyaviy hisobotdagi tasdiqlar auditor tomonidan mijoz biznesi to‘g‘risida olgan bilimlariga muvofiqligini ko‘rib chiqishi lozim.



Download 155 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling