3-mavzu: Badiiy uslub. Badiiy uslubga xos matnlar tahlili reja
Badiiy uslubning leksik xususiyatlari
Download 17.29 Kb.
|
3-MAVZU USLUBIYAT.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aynu Chashmu Ko‘z
- O‘likning yog‘ini, tirikning tirnog‘ini yeydi bu.
Badiiy uslubning leksik xususiyatlari.
Ma'lumki, badiiy matnning ta'sirchanligini ta'minlashda ijodkorning leksik vositalardan foydalanish (so‘z qo‘llash) mahoratini belgilash muhim o‘rin tutadi. M.Yo‘ldoshevning qayd etishicha, badiiy matndagi poetik aktuallashgan leksik vositalarning lingvopoetik qimmatini belgilashda sinonim, omonim, antonim, polisemantik, tarixiy va arxaik so‘zlar, yangi yasalmalar shevaga oid so‘zlar, chet va vulgar so‘zlarga alohida diqqatni qaratish lozim. Masalan, Nutqda omonimlardan foydalangan holda turli so‘z o‘yinlari hosil qilinadi: Qo‘lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot, Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot, Nasihatim yod qilib ol, farzandim, Yolg‘iz yursa chang chiqarmas yaxshi ot. Bu o‘rinda ot omonim so‘zlari turlicha ma'nolarni ifodalamoqda. Omonim so‘zlardan foydalangan holda so‘z o‘yinlarini yaratish tajnis (jinos) san'ati deyiladi. Badiiy adabiyotda ushbu badiiy san'at qo‘llanib yaratilgan to‘rt qator she'r esa tuyuq deb ataladi. Sinonim so‘zlar, garchi bir ma'noni ifodalasa-da, ma'no nozikliklari orqali darajalanish xususiyatiga ega. Ana shu darajalanish, ya'ni emotsional-ekspressivlikning kuchayib borishi konnotativ ma'noni hosil qilgan. Shoir Erkin Vohidov «Uch so‘zda bir ma'no» nomli she'rida sinonimik qatorni keltiradi. Shoir she'rning har bir misrasida sinonimik qatorni shunday beradiki, bunda so‘zlarning ma'nosi kuchayib boradi. Seni ko‘rmishdi Aynu Chashmu Ko‘z. Tush, Xob, Makominda Labing, La'ling, Dudog‘ing. Bu na daryo deb savol bermish. Qo‘ling, Dasting, Yadinda. May, Sharob, Sog‘ar tutib masrur Lisoning, Til, Zaboningkim . Asal, Shahd ila bol bermish. Antiteza badiiy matnning ta'sir kuchini oshirishga xizmat qiluvchi vositadir. Quyida E.Vohidovning antitezadan foydalanish mahorati xususida fikr yuritamiz. E.Vohidov she'rlarida antitezaning quyidagi turlari uchraydi: Ushbu she'riy parchaning birinchi va ikkinchi hamda ikkinchi va uchinchi misralari o‘zaro antiteza asosiga quriladi. Masalan: Barcha shodlik senga bo‘lsin. Bor sitam, zorlik menga. Barcha dildorlik senga-yu, Barcha xushtorlik menga. (E.Vohidov) Bu she'riy parchada shoir birinchi misradagi shodlik so‘ziga ikkinchi misradagi sitam, zorlik so‘zlarini zidlagan. Ikkinchi misradagi dildorlik so‘ziga uchinchi misradagi xushtorlik so‘zini qarama-qarshi qo‘yib antitezani hosil qilgan. Birinchi holatda oldingi misradagi shodlik so‘ziga ikkinchi misrada ikkita so‘zni zid qo‘yadi (sitam va zorlik). Bu bilan ham she'rning ohangdorligi ortadi, ham ta'sir kuchi o‘zgaradi, ham she'rdagi o‘ynoqilik ta'minlanadi. Shuningdek, shoir birinchi misradagi senga so‘ziga ikkinchi misradagi menga so‘zini zid qo‘yadi hamda she'rning badiiyligi, ta'sir kuchini oshirish uchun keyingi misrada senga so‘ziga yuklama qo‘shib, senga-yu tarzida beradiki, shoirning bor hayajonini ana shu yuklama ifodalagandek bo‘ladi. Bu tarzda qo‘llash orqali adib o‘quvchini o‘ziga jalb qiladi, o‘quvchi hayajonini kuchaytiradi. Paronimlarni to‘g‘ri qo‘llamaslik natijasida ham xatoliklar kelib chiqadi: Shahrimizning nufuzi ikki milliondan oshdi. Bu gapda nufuz so‘zi noto‘g‘ri qo‘llangan, o‘rniga nufus paronimi qo‘llanish kerak edi. (nufuz - obro‘, nufus - aholi). Turli sabablarga ko‘ra qo‘llanishi chegaralangan so‘zlarga eskirgan va yangi so‘zlar, sheva, kasb-hunarga oid so‘zlar, atamalar, jargonlar kiradi. Nutqda bu kabi so‘zlar ham muhim uslubiy vazifalar bajaradi. Arxaizmlardan badiiy yoki ommabop asarlarda nutqqa kinoya, hajv ruhini kiritish uchun foydalanilsa, tarixiy so‘zlardan o‘tmish voqyeligini ifodalash maqsadida foydalaniladi. Sheva so‘zlari mahalliy ruhni ifodalashda ishlatilsa, atamalar ilmiy va badiiy asarlarda fan-texnikaga oid tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi, jargonlar esa ma'lum toifaga mansub kishilar nutqini berish uchun zarurdir. Nutqda ibora, tasviriy ifoda va maqollar ham ma'lum uslubiy vazifa bajaradi. Bir yoqadan bosh chiqarmoq iborasi badiiy nutqqa mansub bo‘lsa, bir jon, bir tan bo‘lmoq iborasi umumnutqqa xosdir. Yozuvchi va shoirlarimiz ham ibora va maqollar ijod qilishadi: O‘likning yog‘ini, tirikning tirnog‘ini yeydi bu. (Abdulla Qahhor) O‘qsiz soldat - qilichsiz qin. (Oybek) Download 17.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling