3-mavzu: Badiiy uslub. Badiiy uslubga xos matnlar tahlili reja


Badiiy uslubning grammatik xususiyatlariga


Download 17.29 Kb.
bet3/3
Sana11.02.2023
Hajmi17.29 Kb.
#1189403
1   2   3
Bog'liq
3-MAVZU USLUBIYAT.

Badiiy uslubning grammatik xususiyatlariga nazar tashlasak, badiiy matnda ta'sirchanlikni oshirishda morfologik vositalar alohida o‘rin tutadi. Morfologik vositalar ichida konnotativ ma'noni hosil qiluvchi maxsus so‘z shakllari, mustaqil va yordamchi so‘zlar, maxsus affikslar muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, grammatik shaklning barcha ko‘rinishlari – sheva va tarixiy variantlari ham asarning mavzu talabi bilan qo‘llanaveradi. Masalan:
Dunyo bo‘ldi chamanim manim,
O‘zbekiston vatanim manim. (A.Oripov)
Badiiy nutq uslubida so‘z turkumlarini qo‘llashda ham o‘ziga xosliklar mavjud. Masalan, sifatlarning ishlatilishi badiiy nutqda ot va olmosh kabi faoldir. Olmoshlardan kishilik va ko‘rsatish olmoshlarining qo‘llanishi mahsuldordir. Sonlar odatda aniq ma'nolarni anglatishi bilan birga ma'nosi kengaygan holda ham qo‘llanadi. Undov va taqlid so‘zlar ham badiiy uslubda uchrashi xarakterlidir.
Badiiy uslub sintaktik xususiyatlari bilan ham boshqa uslublardan farqlanadi. Shu sohada maxsus tadqiqot ishini olib borgan A.Abdullayev sintaktik vositalardan sintaktik gradatsiya, sintaktik sinonimiya, bog‘lovchilarning maxsus qo‘llanishi, antiteza, monolog, sukut, inversiya, takroriy gaplar, ritorik so‘roq kabilarning matn ta'chirchan­ligini ifodalashga xizmat qilishini qayd etadi.
M.Yo‘ldoshev esa o‘zbek tilida badiiy matnda aktuallashadigan sintaktik vositalarning quyidagi turlarini farqlashni tavsiya etadi: sintaktik parallelizm, emotsional gap, ritorik so‘roq gap, inversiya, ellipsis (antiellipsis), parsellyatsiya, atov gaplar (segmentatsiya), gradatsiya, oksyumoron, (g‘ayriodatiy birikmalar), antiteza (sintaktik konstruksiyalarda), farqlash, o‘xshatish, sukut, ulab ketish, korreksiya.
Badiiy nutq uslubida darak, so‘roq, buyruq gaplar matn sintaksisining ajralmas qismini tashkil qiladi. Undov gaplar ham badiiy nutq uslubi uchun xarakterlidir. Ular kitobxonga estetik ta'sir o‘tkazishda yozuvchi qo‘lida kuchli qurol hisoblanadi.
Badiiy nutq uslubida qo‘shma gapning barcha turlari aralash ishlatiladi.
Bulardan tashqari badiiy asarlarda metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik, jonlantirish (tashhis), apastrofa (jonsiz narsalarga jonlidek murojaat qilish), mubolag‘a (bo‘rttirish), litota (kichraytirib bo‘rttirish), o‘xshatish (tashbeh), tarse' (ustma-ust qofiyalanish), tazod (qarshilantirish), talmeh (o‘tganlarni yodga olish), sifatlash (epitet) kabilardan unumli foydalaniladi.
Download 17.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling