3-mavzu: Basketbol o‘yinida tayyorgarlik turlarining o`rni va ahamiyati


Download 76 Kb.
bet4/7
Sana18.06.2023
Hajmi76 Kb.
#1564801
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
SMO 3- MA`RUZA

Himoya taktikasi Keskin raqobat ostida kechayotgan zamonaviy basketbol musobaqalarida raqib hujumiga qarshi qo'llaniladigan himoya harakatlari taktik jihatdan qanchalik serqirrali va mukammal boTsa, shunchalik raqibni hujum rejasini “puchga” chiqarish, to‘pni olib qo\vish va qayta hujum uyushtirish imkoni keng bo‘ladi. Himoya taktikasi ham hujum taktikasi kabi individual, guruhli va jamoa harakatlari asosida amalga oshiriladi. Lekin himoya taktikasini samarali ijro etish va uni foydali natija bilan yakunlash ustuvor jihatdan о‘yin texnikasini mukammal o‘zlashtirilganlik, jismoniy va psixofunksional imkoniyatlar salohiyatiga bog‘liqdir. Bundan tashqari raqibni individual, guruhli va jamoaviy hujum taktikasini hamda ularning sirli xatti-harakatlarini, rejalarini oldindan bashorat qila olish (bilish), vaziyatni tezda payqash va unga asosan qarshi himoya usullarini qo‘llay olish himoya taktikasini foydali koeffisient bilan ado etishga yo‘l ochib beradi. Yakka guruhli va jamoa himoya taktikasi. Yakka himoya taktikasi ikki yo‘nalishda ijro etiladi: - to‘psiz hujum qilayotgan raqibga qarshi himoya usullarini qo‘llash; - to‘p bilan hujum qilayotgan raqibga qarshi himoya usullarini qo‘llash.
Taktik tayyorgarlik Taktik tayyorgarlik - o‘ziga poydevor bo`lishi jismoniy. psixofunksional, texnik tayyorgarlik bilan uzviy bog`liq bo`lib, musobaqa o‘yinida qo‘yilgan maqsad va vazifalar, ko‘rsatmalarni amalga oshirish hamda shu orqali ushbu o‘yinda g‘aiabani ta’minlovchi jarayormi anglatadi. Taktik tayyorgarlik uzoq rnuddatli pedagogik jarayon bo‘lib, u ko‘p-yillik sport trenirovkasining barcha bosqichlarida o’tkaziiadigan nazariy, uslubiy (maketlar, videofilmlar va h) va modellashtirilgan mashg‘ulotlar asosida shakllantiriladi. Taktik tayyorgarlikning maqsadi - o‘yin vaziyatlari, raqib jamoa o‘yinchilaring imkoniyatlari va kamchiliklarini e’tiborga olgan holda o‘yinda g‘alabaga erishisb san’atini shakllantirishdan iborat. Taktik tayyorgarlik kamida bir-biri biian bog‘liq bo‘lgan 5 ta vazifani hal qilishga qaratiladi: O‘yinchilarda vaziyatni kuzatish, payqash, farqlash, tahlil qilish va foydali qror qabul qilish bilan bog‘liq murakkab reaksiyani shakllantirish. 2. Hujum va himoyada qoMlaniladigan individual harakatlar, texnik-taktik usullarni tanlash va qo‘llash mahoratiga o‘rgatish. 3. O`zini va raqib imkoniyatlarim solishtirgan holda eng maqbul usul (usullarni) ni tanlash va qoMlash mahoratini shakllantirish. 4. Raqib o‘yinchilari va raqib jamoaning o‘yin taktikasiga qarab bir taktik harakat tizimidan boshqa taktik tizimiga o‘yin mahoratini shakllantirish. 5. Hujum yoki himoyada raqibini chalgMtish uchun o‘yin shiddati goh tushirish, goh kuchaytirish taktikasini shakllantirish. Ushbu vazifalar amalga oshirishda qoMlaniladigan mashqlar quyidagi yo‘r.aiishlarda murakkablashtirilib boriladi: - o‘yinchiiar u yoki bu harakatlarni o'zlashtirishi, sekinlashtirish yoki tezlashtirishini boshqarish uchun shartli tovush va imo-ishora signallaridan foydalanish; - o‘yinchilar sonini kamaytirish va shartli raqiblar ko‘paytirish, to‘plar sonini ko‘paytirish, harakatlanmaydigan a harakatlanadigan nishonlarni qoMlash; - maydon chegarasini qisqartirish; - taktik mashqlarni boshqarish jarayoniga o‘ng va chap tomonlarga burilish-aylanish mashqlarini kiritish; - mashqlarni yonlama, orqalama va keskin o‘zgaruvchan yo‘nalishlarda ijro etish; - shartli raqib qarshiligini faoilashtirish va susaytirish; - zich qarshishilik (pressing) ko'rsatadigan raqiblar sonini ko‘paytirish. Individual, guruh va jamoa harakatlari quyidagi tartibda shakllantirishi tavsiya etiladi: Individual harakatlar: 1. Himoyachini zich qarshiligidan qochish va qulay - bo'sh joy chiqish (ochilish). 2. To‘p ilish va uzatish usullarini hilma-hil variantlarda qo‘llash. 3. Turli oraliq, turli nuqta va turli holatlardan (joydan, sakrab, sakrab o‘ng va chap tomonlardan burilib-aylanib) savatga to'p tashlash (pastdan, ko‘krak oldidan, yuqoridan bir yoki ikki qo‘llab). 4. Chap va o‘ng yonlam a- o‘ng va chap qo‘l bilan to‘pni o‘zgaruvchan yo‘nalishlarda qarshiliksiz hamda zich qarshilikda urib yugurish (dribling). 5. To‘psiz va to'pni urib o‘ng-chap tomonlarga chalg‘ituvchi harakatlarni ( fintlarni) o'zlashtirish.

Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling