3-mavzu: bolalarni maktabga tayyorlashga qo‘yiladigan davlat talablarining soha, kichik soha va indikatirlari


Kichik soha: Badiiy-ijodiy qobiliyatlar


Download 402.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/22
Sana17.06.2023
Hajmi402.42 Kb.
#1532770
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
3 MAVZU AMALIY

Kichik soha: Badiiy-ijodiy qobiliyatlar  
Talab. Bola atrofdagi borliqni ijodiy o’zgartirish malakasiga ega:  
- murakkab predmetlar chizadi va ularni dekorativ naqshlar bilan yasatadi 
(choynak, gilam, ro’mol, lagan);
- xotira yoki tasavvuriga ko’ra syujet yaratadi;
- qog’ozdan va tabiat materiallardan applikatsiya-hajmli oranjirovkalar
yaratadi (siluetlar, otkritkalar, kitob yorliqlari);
- muhit yoki shaxsiy loyihalarini yasatadi;
- qog’oz buklash, yirtish, qirqish yo’li bilan shakllarni harakati va 
proportsiyalarini yoritgan holda kichik syujetli kompozitsiyalar yaratadi;
- tengdoshlari bilan ijodiy o’yinlar yaratishi mumkin; - shaxsiy ishlarida 
turli ifoda vositalarini qo’llaydi; - jamoaviy loyihalarda g’oyalar taklif etadi.
6-7 yoshli bolalar rivojlanishiga qo’yilayotgan talablar  
Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzini shakllanishi  
Kichik soha: Yirik motorika  
Talab. 6-7 yoshli bola o’z tana a’zolarini boshqaradi, maqsadli to’g’ri 
harakatlanadi:  
- bir, ikki, to’rtta bo’lib saflanadi, doira bo’lib, qator bo’lib yuradi;
- yurishda turli topshiriqlarni bajaradi;
- engil yuguradi (shiddat bilan, to’siqlarni yengib o’tib, yo’nalish va 
muvozanatni saqlagan holda);
- bir joyda aylanib sakraydi, oyoqlarini o’ngga va chapga almashtirib 
sakraydi;
- arqonda turli usullarda sakraydi;
- arqonli narvon, yo’g’on arqonda yuqoriga ko’tariladi; - ikki oyoqli 
velosipedda uchadi.
Kichik soha: Mayda motorika  
Talab. Bola qo’li va barmoqlarini turli maqsadlarda ishlatadi:
- tasavvurdagi predmetlarni qo’llari bilan (gul, qush, kapalak, qasr) 
ko’rsatadi;
- arqonlardan turli tugunlarni tugadi;
- o’yin faoliyati mobaynida mayda o’yinchoqlar bilan o’ynaydi;


- belgilangan chiziqlar bo’ylab qog’ozni batartib yirta oladi; mayda 
qismli mozaika va pazllarni yig’adi.

Download 402.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling