3-mavzu: bolalarni maktabga tayyorlashga qo‘yiladigan davlat talablarining soha, kichik soha va indikatirlari


Download 402.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/22
Sana17.06.2023
Hajmi402.42 Kb.
#1532770
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
3 MAVZU AMALIY

Kichik soha: Sensomotorika.
Talab. Bola sezgi organlari yordamida o’z harakatlarini boshqarishga 
qodir:  
- pastdan, boshi uzra koptokni irg’itadi;
- koptokni yer bo’ylab ilonizi qilib irg’itadi;
- chanada, rolikda, ikki oyoqli velosipedda uchadi;
- koptok bilan nishonni urib tushiradi (bouling);
- gardishni qo’lida, oyog’ida, belida aylantiradi; - halqalarni halqa 
ustuniga otib tushiradi.
Kichik soha: Sog’lom turmush tarzi va xavfsizlik  
Talab. Bola sog’liqni saqlash malakalarini namoyon qiladi. Bola xavfsiz 
sog’lom taom va hayot xavfsizligi qoidalari haqida tushunchaga ega.  
- o’zining tashqi ko’rinishiga etibor beradi;
- jismoniy mashqlarni mustaqil bajaradi;
- tabiat burchagidagi o’simliklar va jonzotlarni parvarishlaydi;
- salomatlikka zararli bo’lgan xulq shakllarini anglaydi (chekish, 
ichkilikbozlik, olov bilan o’ynash va hokazo) ;
- bog’chada, ko’chada, transportda yurish qoidalariga rioya qiladi;
- piyodalar va velosipedchilar uchun yo’l qoidalarini biladi;
- yong’in xavfsizligi -101; milliy gvardiya- 102; tez yordam -103; gaz 
xizmati -104 telefon raqamlarini biladi;
- xavfli vaziyatlarda qanday yo’l tutishni biladi va tushuntiradi
- supermarketda, shaharda, qishloqda, dalada yo’qolib qolsa, o’zini 
qanday tutish kerakligini biladi.
 IJTIMOIY-HISSIY RIVOJLANISH  
Kichik soha: «Men» kontseptsiyasi  
Talab. Bola o’zini o’ziga xos xususiyatlari bilan, ijobiy shaxs sifatida qabul 
qiladi, mustaqil va o’z xatti-harakatiga javob beradi: mustaqillikka intiladi;
- o’zining oilaviy, gender mansubligiga ijobiy his tuyg’ularni anglaydi va 
farqlay oladi;
- o’zining millati, tili va o’z madaniyatining muhim elementlarini biladi;
- o’ziga yuklatigan majburiyatlar asosida faoliyatni tashkil qiladi;
- shaxsiy qarorlarini qabul qilishga qodir;
- boshqalarga namuna bo’lishga harakat qiladi.

Download 402.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling