Normal qad-qomat. Normal qad-qomatli odam tik turganda tanasini tik va to`g`ri tutadi, boshi ko'tarilgan, yelkalari yozilgan, ikkala yelkasi va ikkala kuraklari bir tekislikda, qorni bir oz ichiga tortilgan, oyoqlari tik va to'g'ri bo'ladi.Sonlarining tizza bo`g`imining va oyoq oshiqlarining ichki yuzalari bir-biriga tegib turadi.
Egilgan qad-qomat. Tik turganda boshi oldinga egilgan, yelkalari osilgan, ko'krak qafasi botiq bo'ladi. Bunday qad-qomat umurtqa pog'onasining bo'yin qismidagi oldinga egilishining normaga nisbatan ko'payishi, bel qismidagi egilishining esa kamayishi hamda qorin devori muskullarining yaxshi rivojlanmasligi tufayli yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |