3-Mavzu: Bolaning o`sishi va rivojlanishi. Qad-qomat va uning buzilishlari. Sog`liq guruhlari. Reja
Bolalar va o`smirlar davrlarining xususiyatlari
Download 25.39 Kb.
|
jismoniy rivojlanish
Bolalar va o`smirlar davrlarining xususiyatlari.
Yuqorida ko`rsatilgan bolalik va o`smirlik davrlarining har biri o`ziga xos anatomik-fiziologik va tibbiy-ijtimoiy xususiyatlarga ega. Chaqaloqlik davri. Bola tug`ilishi bilanoq, uning kindigi kesilib, ona organizmidan ajratiladi. Shu vaqtdan u ona tanasidan alohida, mustaqil yashay boshlaydi. Bola bir oylik bo`lguncha chaqaloq hisoblanadi.Bu davr bola uchun eng murakkab davr bo`lib, u tashqi muhitga moslasha boshlaydi.Ma`lumki, bolaning yuragi va katta qon aylanish doirasi, buyraklari, ichki sekretsiya bezlari, qon ishlab chiqarish a`zolari, nerv sistemasi va boshqalar u tug`ilgunigacha ishlab turadi, ba`zi a`zolari esa (nafas, ovqat hazm qilish, kichik qon aylanish doirasi) tug`ilgandan keyin ishlay boshlaydi. Chaqaloqlik davrida bolaning organizmi nihoyatda nozik bo`lib, u har xil kasalliklarga tez chalinadi.Shuning uchun uni parvarish qilish muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan xalqimiz urf-odatiga ko`ra, chaqaloq 40 kunlik bo`lguncha chilla davri deb ataladi.Bu davrda ona va bola juda avaylab ehtiyot qilinadi. Buning natijasida ular har xil kasalliklardan muhofaza etiladi.Bolaning kindigi kesilgandan keyin uning o`rni bitgunicha (8-12 kun) jarohatni toza saqlash, unga mikrob tushishidan ehtiyot bo`lish zarur.Kindik yarasiga brilliant yashili surtib turiladi. Bolaning terisi juda yupqa, nozik bo`lganligi uchun uni nihoyatda toza saqlash kerak.Yo`rgaklari toza, dazmollangan bo`lishi, parvarish qiluvchi kishi qo`lini sovunlab yuvib turishi va og`iz-burniga to`rt qavatli doka niqob tutishi kerak. Chaqaloqning hazm qilish a`zolari juda nozik bo`lganligi sababli uni ovqatlantirish qoidalariga alohida e`tibor berish kerak. U onasini emib o`sa boshlaydi. Ona suti bo`lmasa yoki yetishmasa, sun`iy sut aralashmalari beriladi. Bolani har 3 soatda (bir kecha-kunduzda 7 marta, kechasi 6 soat tanaffus) emizish kerak. Agar chaqaloq yaxshi parvarish qilinsa, ovqatlantirish qoidalariga amal qilinsa, u normal rivojlanadi, bezovta bo`lmaydi, bir kecha-kunduzda 22 soat uxlaydi, ya`ni faqat ovqatlanish vaqtida uyg`onadi. Chaqaloq parvarishi va uning kasalliklari haqida oldingi mavzuda batafsil ma`lumot berilgan.
Download 25.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling