3-Mavzu: Bolaning o`sishi va rivojlanishi. Qad-qomat va uning buzilishlari. Sog`liq guruhlari. Reja


Download 25.39 Kb.
bet5/20
Sana08.01.2022
Hajmi25.39 Kb.
#244694
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
jismoniy rivojlanish

Maktab yoshi davri. Ma`lumki, har bir odam umrining o`n bir yilini maktabda yoki kollej (litsey)da o`tkazadi.Bu davr o`ziga xos xususiyatlarga ega.Bu davrda bola va o`smir organizmi uzluksiz o`sadi va rivojlanadi.Shu bilan birga u tashqi muhitning turli ta`sirlariga juda beriluvchan bo`ladi.Boshqacha qilib aytganda, yoshlarning yashash, o`qish va tarbiyalanish sharoiti ularning normal o`sishi va rivojlanishiga, sog`lig`iga salmoqli ta`sir ko`rsatadi.Binobarin, bu sharoitning qulay yoki noqulay tashkil qilinishiga ko`ra, bolalar va o`smirlarning o`sishi va rivojlanishi normal yoki nonormal bo`lishi mumkin. 

O`quvchilar jismonan va aqlan barkamol bo`lib yetishishi uchun maktabda va oilada gigiyena talabalariga rioya qilinishi zarur. Jumladan, aqliy va jismoniy mehnatni hamda dam olishni bir-biri bilan almashtirib turish, ovqatlanish tartibi va sifati, o`quv xonalarida va uyda dars tayyorlaydigan joyda yorug`lik yetarli bo`lishi, stol-stullar bo`yiga mos bo`lishi, o`quv va yozuv, mehnat darsi hamda boshqa ishlarni bajarganda gavdani to`g`ri tutish kabilarga amal qilish muhim ahamiyatga ega. 





Download 25.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling