Bolalar va o`smirlar jismoniy rivojlanishini aniqlash va baholash.
Bolalar va o`smirlar jismoniy rivojlanishi ular sog`lig`ining muhim ko`rsatgichi hisoblanadi.
Jismoniy rivojlanish ko`rsatgichlari antropometrik usul yordamida aniqlanadi. Bu o`z navbatida 3 guruh tekshiruv usullaridan iborat:
1.Samotometrik tekshiruv usuli – bo`y uzunligi (tik turgan va o`tirgan vaziyatlarda), ko`krak qafasi aylanasi, tana vaznini aniqlash;
2.Fiziometrik tekshiruv usuli – o`pkaning tiriklik sig`imi, qo`l va bel muskullarining kuchini aniqlash;
3.Samotoskopik tekshiruv usuli - umurtqa pog`onasining shakli, ko`krak qafasi, shakli, oyoqlar shakli, tana muskullarining rivojlanish darajasi, shuningdek, o`smirlarda balog`atga yetish belgilarining rivojlanish darajasi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |