Bolalar va o`smirlarning bo`y uzunligi ko`rsatgichlari.
Chaqaloqning bo`y uzunligi normada 45-54 sm.gacha bo`lsa, u to`liq tug`ilgan hisoblanadi.O`rtacha 50 sm bo`ladi.Bo`y uzunligi 45 sm.dan kam bo`lsa, chaqaloq chala tug`ilgan hisoblanadi.
Bola bir yoshga kirgunicha har oyda o`rtacha 2 sm o`sadi.Bir yoshga to`lgan bolaning bo`yi 75 sm bo`ladi.
2 yoshdan 15 yoshgacha bola va o`smirning bo`yi har yili 5 sm.ga ko`payadi. Shu yoshdagi bolalarning bo`y uzunligi qancha bo`lishi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Bo`y uzunligi = 75 + (5 x n)
75 sm – bir yoshlik bolaning bo`y uzunligi
5 sm – bir yilda bo`y o`sish
n – bola yoshining soni
Masalan, 5 yoshli bolaning bo`yi 100 sm bo`ladi (Formuladagi “n” o`rniga 5 quyiladi).
O`gil va qiz bola bo`yi 10 yoshgacha bir xil o`sadi.11-12 yoshda qizlarning o`sishi biroz tezlashadi.13-14 yoshda o`gil bolalarning o`sishi tezlashadi.15 yoshda ularning bo`yi tenglashadi.16 yoshdan boshlab yigit o`smirlar bo`yini o`sishi tezlashadi. Qizlarni o`sishi 18 yoshda yigitlarning o`sishi 20 yoshda deyarli to`xtaydi. Ayrim hollarda qizlar bo`yini o`sishi 21-23 yoshgacha, yigitlar bo`yini o`sishi 23-25 yoshgacha, juda sekin bo`lsada davom etishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |