Beshinchi sog`liq guruhiga - qandaydir surunkali kasalligi bo`lib, ayni paytda u og‘ir xuruj qilgan (dekompensatsiya) davrida bo`ladi. Bola va o`smirning ish bajarish imkoni yo`qoladi, uning shifoxonada yoki uyida shifokor nazoratida ko`rpa-to`shakda yotib davolanishi shart bo`ladi.
Izoh: Uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi sog`liq guruhiga kirgan bolalar va o`smirlar 15 yoshgacha bolalar poliklinikasining mahalliy pediatr-shifokori, 16-18 yoshdagi o`smirlar-kattalar poliklinikasining o`smirlar xonasi shifokori nazoratida bo`ladilar va vaqti-vaqti bilan ularga sog`lomlashtirish tadbirlari o`tkazib turiladi. Maktab va boshqa o`quv muassasalarida jismoniy mehnat bilan bog`liq bo`lgan tadbirlarda ularga yengillik beriladi.
Bular mahalliy pediatr va o`smirlar xonasi shifokori nazoratida bo`lish bilan birga surunkali kechayotgan kasallikning turiga ko`ra, tor mutaxassis shifokorlarning nazoratida ham bo`lib, ularning tavsiyasiga muvofiq vaqti-vaqti bilan davolanib turadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |