3-mavzu. Bozor muvozanati modellari. Talab va taklif elastikligi
Talabning narx elastikligini hisoblash
Download 157.42 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’rta nuqta metodi: elastiklik va foiz o’zgarishlarini hisoblashning yaxshiroq yo’li
Talabning narx elastikligini hisoblash
Biz talabning narx elastikligini umumiy nuqtayi nazardan ko’rib chiqdik, endi uni qanday hisoblashni ko’rib chiqamiz. Iqtisodchilar talab miqdorining foizdagi o’zgarishini narxning foizdagi o’zgarishiga nisbati shaklida talabning narx elastikligini hisoblashadi. Ya’ni: Masalan, faraz qiling muzqaymoq narxidagi 10 % o’sish muzqaymoqqa bo’lgan talab miqdorini 20 % ga kamaytirdi. Talabning narx elastikligini quyidagicha hisoblaymiz: . Bu misolda, talabning narx elastikligi 2 ga teng. Miqdordagi o’zgarish narxdagi o’zgarishga nisbatan 2 barobar ko’p. Chunki talab miqdori narxga nisbatan teskari munosabatda, miqdorning foizdagi o’zgarishi narxning foizdagi o’zgarishiga nisbatan har doim qaramaqarshi bo’ladi. Bu misolda narxning o’zgarishi 10 % ga oshgan, talab miqdori o’zgarishi esa 20 % ga kamaygan. O’rta nuqta metodi: elastiklik va foiz o’zgarishlarini hisoblashning yaxshiroq yo’li Elastiklik va foiz o’zgarishini hisoblashning yaxshiroq yo’li bu talab egri chizig’idagi 2 nuqta orasidagi talabning narx elastikligini hisoblasangiz, muammoni tezda sezasiz: A dan B nuqtagacha bo’lgan elastiklik, B dan A gacha bo’lgan elastiklikdan farqlidek tuyuladi. A nuqta: Narx=4$, miqdor=120 B nuqta: narx=6$, miqdor=80. A dan B gacha yurilsa, narx 50%ga ko’tarilgan,miqdori 33%ga pasaygan talabning narx elastikligi =33/50 yoki 0.66. Bunga zid holda B nuqtadan A ga yurilsa narx 33% ga pasaygan miqdor 50% ga ko’tarilgan talabning narx elastikligi 50/33 yoki 1.5. Bu farqlar yuzaga keladi, chunki foizlar o’zgarishi turli xil asosda hisoblanadi. Bu muammoni yechishning 1 yo’li elastiklikni hisoblash uchun o’rta nuqta metodidan foydalanishdir. Foizning o’zgarishini hisoblash uchun standart jarayon boshlang’ich bosqich orqali o’zgarishlar bo’lishi mumkin. Bunga zid holda, o’rta nuqta metodi boshlang’ich va so’nggi bosqichlari orqali o’zgaruvchilarni bo’lish orqali foizda hisoblaydi. Misol uchun 5$ 4$ va 6$ o’rtasida o’rta nuqta. Shuning uchun , o’rta nuqta metodiga ko’ra 4dan 6 ga o’zgarish 40% li o’sish deb hisoblanadi. (6-4)/5*100=40 %; shunga ko’ra, 6 dan 4 ga o’zgarish 40% pastlashni anglatadi. O’rta nuqta metodi o’zgarish yo’nalishidan qat’iy nazr bir xil javobni bergani uchun u tez-tez 2 nuqta orasida talabning narx egri chizig’ini hisoblashda foydalaniladi. Bizning namunada, A va B o’rtasida o’rta nuqta: narx=5$ miqdor=100 o’rta qiymat metodiga ko’ra, A dan B ga borganda narx 40% ga oshadi va miqdor 40% ga tushadi. Shu kabi, B dan A ga borganda narx 40% ga tushadi va miqdor 40% ko’tariladi. 2 yo’nalishda ham talabning narx elastikligi 1 ga teng. Quyidagi formula 2 nuqta orasida talabning narx elastikligi hisoblash uchun o’rta nuqta metodi bo’lib unda (Q 1 , P1) va (Q2, P2)lar belgilab olingan. [ ] [ ] . Surat o’rta nuqta metodi orqali hisoblangan miqdordagi foiz o’zgarish. Mahraj o’rta nuqta orqali hisoblangan narxda foiz o’zgarishi. Agar sizga elastiklikni hisoblash shart bo’lsa, bu formuladan foydalanishingiz kerak. Bu kitobda, biz kamdan – kam bu kabi hisoblashlarni ko’rsatamiz. Bizning maqsadimizning asosiysi uchun, elastiklik qanday ifodalanishidan ko’ra nimani ifodalanishi muhimroq. Download 157.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling