3-mavzu. Bozor muvozanati modellari. Talab va taklif elastikligi
Talab egri chiziqlarining o’zgarishi
Download 157.42 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.1-rasm. Talabning narx elastikligi holalarit
- Umumiy daromad va talabning narx elastikligi
Talab egri chiziqlarining o’zgarishi
Iqtisodchilar talab egri chizig’larini ularning elastikligiga qarab guruhlarga ajratishgan. Elastiklik 1 dan katta bo’lsa, talab elastik hisoblanadi, ya’ni talab miqdori narxga nisbatan ko’proq suriladi. 3.1-rasm. Talabning narx elastikligi holalarit Talabning narx elastikligi talab egri chizig’ining tik yoki yotiq bo’lishini belgilab beradi. E’tibor berish kerakki, barcha foiz o’zgarishlari o’rta nuqta usulidan foydalanilgan holda hisoblaniladi Elastiklik 1 dan kichik bo’lganda, talab noelastik bo’ladi, ya’ni talab miqdori narxga nisbatan kamroq suriladi. Agar elastikli aniq 1 ga teng bo’lsa, narx va miqdor bir nisbatda suriladi va talab birga teng elastik deyiladi. 3.1-rasmda beshta holat ko’rsatilgan. 0 elastikka ega bo’lgan ekstremal holatda ((a) panelda), talab batamom noelastik va talab egri chizig’i vertikal. Bu holatda, narxdan qat’i nazar, talab bir xil bo’ladi. Elastiklik oshgan sayin, talab egri chizig’i yassi bo’lib boraveradi ( (b), (c) va (d) qism). Natijada, talab butunlay elastik bo’ladi ((e) panel). Bu talabning narx elastikligi cheksizlikka intilgan sayin sodir bo’ladi va talab egri chizig’i gorizontal holatga keladi, narxdagi kichik o’zgarish talab miqdorining keskin o’zgarishiga olib keladi. Umumiy daromad va talabning narx elastikligi Bozordagi talab va taklif o’zgarishlarini o’rganayotganda, biz o’rganishni xohlaydigan bir o’zgaruvchi bu umumiy daromaddir, tovar uchun haridor to’lagan va sotuvchi olgan miqdor. Ixtiyoriy bozorda umimiy daromad P x Q shaklida, ya’ni tovarning narxi (P) ko’paygan sotilgan tovar miqdori(Q). Buni biz grafikda ko’rishimiz mumkin. Talab egri chizig’i ostidagi to’rtburchakning balandligi P, eni esa Q. To’rtburchakning yuzi P x Q ushbu bozordagi umumiy daromadga teng. 3.2-rasmda P=4$, Q=100, umumiy daromad 4$ x 100 yoki 400$. Talab egri chizig’i bo’ylab narx yoki miqdor ko’chsa, umumiy daromad qanday o’zgaradi? Javob talabning narx elastikligiga bog’liq. Agar talab noelastik bo’lsa (3.3- rasm, (a) qism), narxning oshishi umumiy daromadning oshishiga sabab bo’ladi. Bu yerda narxning 1$ dan 3$ga ko’tarilishi talab miqdorini 100 dan 80 ga tushushiga sabab bo’ladi, demak umumiy daromad 100$dan 240$ ga oshgan. Narxning oshishi P x Q ni ham oshiradi, chunki Q talab miqdoridagi pasayish P narxdagi o’sishga nisbatan kichikroq bo’ladi. Agar talab elastik bo’lsa biz qarama-qarshi natijaga erishamiz: narxning ko’tarilishi umumiy daromadning kamayishiga sabab bo’ladi. Masalan, 4.3-rasmdagi (b) panelda, narx 4$ dan 5$ ga oshganda, talab miqdori 50 dan 20 ga tushgan, demak umumiy daromad 200$ dan 100$ ga tushgan. Chunki talab elastik, talab miqdori narxga nisbatan ko’proq o’zgargan. Bu rasmdagi misollar ekstremal bo’lishiga qaramasda, ular bir necha umumiy qoidalarni ifodalydi: Talab noelastik bo’lganda(narx elastikligi 1 dan kichik), narx va umumiy daromad bir xil yo’nalishda harakatlanadi. Talab elastik bo’lganda(narx elastikligi 1 dan katta), narx va daromad qarama- qarshi yo’nalishda harakatlanadi. Agar narx elastikligi aniq 1 ga teng bo’lsa, narx o’zgarganda umumiy daromad o’zgarishsiz qoladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling