o‘zgartirish mumkin.O‘zgaruvchi nomi do‘stona bo‘lishi lozim. Masalan, agar ikkita
sonning yig’indisini hisoblash kerak bo‘lsa, o‘zgaruvchini 'sum'
deb nomlash
maqsadga muvofiq, qandaydir 'Zangura' yoki boshqa topishmoq (tushunish
qiyin
bo‘lgan) so‘z bilan emas.
O‘zgaruvchiga o‘zlashtirilgan yoki kiritilgan qiymat
xotirada ajratilgan joyda
saqlanadi.
Biz o‘zgaruvchilarni
char, int va
float so‘zlaridan
foydalanib hosil qilishimiz
mumkin.
O‘zgaruvchilar nom va ma’lumot turi yordamida aniqlanadi.
Masalan,
char ch; // ch – belgili o‘zgaruvchi
int sum; // sum – butun o‘zgaruvchi
float salary; // salary – suzuvchi nuqtali o‘zgaruvchi
O‘zlashtirish ifodasi
O‘zlashtirish ifodasi o‘zgaruvchiga yoki o‘zgarmasga qiymat o‘zlashtirish
uchun foydalaniladi.
Masalan,
int x = 50;
float a = 30.6;
16
const float PI = 3.141 59;
const char ch = 'A';
Tenglik (=) belgisi o‘ng tomondagi o‘zgaruvchi yoki o‘zgarmas
qiymatining
chap tomondagi o‘zgaruvchi yoki o‘zgarmasga o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.
O‘zlashtirish ifodasining umumiy ko‘rinishi quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: