3-Mavzu. Dorixona gigiyenasining umumiy asoslari. Kimyo-farmatsevtika korxonalarida yoritilganlik Ma’ruzaning maqsadi
Dorixona xonalarining ichini loyihalash va obodonlashtirishga gigiyenik talablar
Download 489.69 Kb.
|
Dorixona xonalarining ichini loyihalash va obodonlashtirishga gigiyenik talablar.
Xo‘jalik hisobidagi dorixonalarning xonalari to‘rtta guruhga bo‘linadi: ishlab chiqarish, qo‘shimcha, ma’muriyat va sanitar maishiy. Ishlab chiqarish xonasi o‘z navbatida steril bo‘lmagan dorilarni tayyorlash uchun xona (assistentlar, qadoqlash analitik-provizor xonasi, yuvish, distillangan suv olish va sterilizatsiya xonalari) va aseptik sharoitda dori tayyorlash xonasi (shlyuzli defektal xonasi va shlyuzli aseptik xona, distillyasion-sterilizatsiya xonasi) xonalariga bo‘linadi. Xo‘jalik hisobidagi dorixonalarda xona maydoni va to‘plami SanQ va M (SanPiN) № 0337-16 asosida talab qilinadi. Gigiyenik jihatidan dorixonalarda sanitariya va epidemiyaga qarshi rejimga rioya qilishda xonalarning o‘zaro joylanishi katta ahamiyatga ega. Shuning uchun dorixonaning barcha xonalari koridor orqali o‘zaro ichki aloqaga ega bo‘lishi, bundan tashqari dorixona mudirining xonasi sotuv zali bilan chambarchas bog‘liqlikka ega bo‘lishi kerak. Faqat retseptura bilan assistentlar xonasi, assistent xonasi bilan provizor-analitik xonasi, omborxona bilan sotuv zalida bo‘lgan mos bo‘limlar (tayyorlangan dorilarni, tayyor dori shakllarini sotadigan bo‘lim) o‘zaro bog‘liq bo‘lishlari mumkin. Dori preparatlarini saqlaydigan omborxonasi o‘tish yo‘lakchasida bo‘lishi mumkin emas va ularni bo‘laklarga ajratish ruxsat etilmaydi. O‘simliklardan tayyorlanadigan dorilarni quritish va zararsizlantirish uchun xona alohida binoda joylashtirilishi lozim. Katta shaharlardagi zamonaviy dorixonalar aseptik bloklari tarkibida shlyuzli deffektal xona, shlyuzli aseptik, sterilizatsiya, distillangan suvni tayyorlaydigan xonalari mavjud. Aseptik blokda o‘zaro bog‘liqlikka ega barcha xonalar orqali o‘tadigan umumiy shlyuzlari mavjud, 4, 5, 6 toifadagi dorixonalarda defektar xonasining bo‘lmasligi, aseptik xonasiga sterilizatsion-distillyasion xonalari orqali kirish ruxsat etiladi. Aseptika xonasini dorixonadagi boshqa xonalar va yo‘lakcha bilan bevosita bog‘liqlikda bo‘lishi ruxsat etilmaydi. Dorilarni tayyorlash sanitar-gigienik sharoitni maksimal darajada yaxshilashni talab qiladi. Ko‘chadan kiradigan chang, mikroorganizmlar, sovuq havo oqimi, shovqin kabi omillar dori mahsulotlarining sifatiga va dorixona ishchi xodimlarining salomatligiga ta’sir ko‘rsatadi. Dorixonada ikkita kirish yo‘li bor: birinchi va ikkinchi toifadagi dorixonalarda ikkita eshigi bo‘lishi; uchinchi va to‘rtinchi toifadagi dorixonalarda eni 0,9 m bo‘lgan bir tabaqali bitta eshigi bo‘lishi kerak. Xodimlar kiradigan va dori mahsulotlarini qabul qiladigan eshikning eni 1,2 m bo‘lishi kerak. 1- 3 iqlimli maydonlarda bu eshiklar ikki qavatli va isitilgan bo‘lishi kerak. Dori oluvchilar uchun kirish yo‘li himoya to‘siqlari o‘rnini bajaruvchi tamburlar bilan jihozlanadi. Tambur uzunligi 1,2 m dan kam bo‘lmasligi, kengligi kirish eshigidan 1,5 marotaba kengroq bo‘lishi kerak. Tamburdagi eshiklar bir-biriga burchak ostida joylashgan bo‘lishi kerak, chunki sotuv zaliga sovuq havo kirguncha isib ulgurishi lozim. Tamburdagi issiq havo pardasini bir-biriga qarama - qarshi joylashgan oddiy eshiklar ham bajarishi mumkin. Kirayotgan havoning harorati 30-350 S orasida bo‘lishi kerak. 1- 3 iqlimli bo‘limlarni isitish uchun ikkita tambur o‘rnatiladi. 1-2 toifali dorixonalarda kiruvchi va chiquvchilar uchun tambur alohida ajratilgan (ikki tabaqali) bo‘lishi kerak. Tamburda oyoq kiyimlarni tozalash uchun panjarali qutichaning bo‘lishini e’tiborga olish lozim. Dorixonalarda omborxona bilan bog‘lanadigan ichki xizmat zinalari va yuk ko‘taruvchi moslama (kengligi 1m va qiyaligi 1:1,5 ko‘p bo‘lmasligi) bo‘lishi kerak. 1-2 toifali dorixonalar xonasining balandligi 3,3 m dan kam bo‘lmasligi lozim. 3-5 toifali dorixonalarning qurilish balandligi aholi yashaydigan uyning balandligiga to‘g‘ri kelishi ruxsat etiladi. Erto‘lalarning, xonalarning balandligi 2,2 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Erto‘la yorug‘likka sezgir, yong‘inga xavfli, kuchli oksidlovchi, dezinfeksiyalovchi moddalarni saqlash uchun xizmat qiladi. Erto‘ladan dorixona ichiga olib boruvchi kirish va tashqariga chiqish uchun yo‘l bo‘lishi kerak. Dorixona xonalarining ichki sathi bajarilayotgan funksional ko‘rsatkichlarga mos ravishda jihozlanishi kerak. Bunda dorixona xonalarining jihozlanishi faqat gigienik emas, balki psixologik ahamiyatga ega ekanligini e’tiborga olish lozim. Xonalardagi devorlarning yuzasi bajariladigan texnologik jarayonlarga bog‘liq, ya’ni devorlari silliq, namli va dezinfeksiyalovchi moddalar bilan tozalashga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Namli rejimda ishlanadigan xonalarda (yuvish, distillangan suv olinadigan, sterilizatsiya, dush xonasi, hojatxona) devorlari 1,8 m balandlikkacha yog‘li bo‘yoqlar, silliq kafellar yoki suvga chidamli sintetik materiallar bilan qoplanishi lozim. Paneldan yuqoridagi devor va shiplar suvli bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi lozim. Aseptik, assistentlar, provizor-analitik xonalarining devorlari chang to‘planmasligi uchun o‘tkir burchaklari bo‘lmasligi kerak. Aseptik xonaning barcha devori yog‘li bo‘yoq bilan, ship suvli bo‘yoqlar bilan yaxshi yuviladigan va dezinfeksiyalovchi moddalar bilan tozalanadigan sintetik materiallar bilan qoplangan bo‘lishi lozim. Defektar, omborxona, kiyim uchun mo‘ljallangan xonalarining devorlari 1,8 m balandlikda yog‘li bo‘yoqlar bilan, undan yuqorisi va shipi suvli bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi lozim. Ma’muriyat xonasi, yo‘lak, ishchilar xonasining shipi suvli bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi, devorlari namga chidamli oboy yoki suvli bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi lozim. Dorixonadagi dori tayyorlaydigan xonalarning devorlariga qo‘shimcha bezatuvchi narsalarning osilishi ruxsat etilmaydi, chunki ularda chang to‘planadi va tozalash vaqtida qiyinchiliklarni tug‘diradi. Devor va shiplardagi bo‘yoqlarning rangi ochiq tonda bo‘lishi kerak. Barcha xonalardagi pollari silliq, isitilgan, namli tozalashga qulay bo‘lishi kerak. Polni parket bilan qoplash ruxsat etilmaydi. Pol gigienik jihatdan eng qulay va qoplovchisi quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak: - sotuv zalida-sopol plitkalar yoki sintetik materiallar (relin, linoleum); - assistent, provizor-analitik xonalarida-sintetik yoki polimerli plitkali materiallar; - aseptik xonalarda-rulonli materiallar (relin, linoleum), polivinilatsetat mastik material; - yuvish, sterilizatsiya, distillyasiya-sterilizatsiya, dush xonasi, yuvish xonasi, omborxonalar sopolli plitka yoki namga chidamli sintetik materiallar. Bu xonalar poli (omborxonadan tashqari) yonidagi xonaning polidan 3 sm ga pastroq bo‘lishi kerak. Yuvish, distillatsion-sterilizatsion va yuvish xonasida almashtirib turuvchi taxtali panjara solinishi kerak. Erto‘laning poli asfalt, asfalt-beton yoki sement bilan qoplanishi kerak. Download 489.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling