3-Mavzu. Dorixona gigiyenasining umumiy asoslari. Kimyo-farmatsevtika korxonalarida yoritilganlik Ma’ruzaning maqsadi
Dorixonaning loyihalanishi va sanitar-texnik jihozlanishiga gigienik talablar
Download 489.69 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dorixonalarning yer maydoniga qo‘yiladigan gigiyenik talablar.
Dorixonaning loyihalanishi va sanitar-texnik jihozlanishiga gigienik talablar.
Dorixonalarning aholi yashash punktlarini tasdiqlangan general rejasi asosida va loyihalash proektlariga binoan joylashishi lozim. Er maydoni hajmi shahar, posyolka, qishloq aholi yashash punktlarini loyihalashtirish va qurishga asoslangan San Q va M (Sanitar qoida va me’yori) bo‘limlariga muvofiq qabul qilinadi. Dorixona xonalarining tuzilishi va tarkibi kasb yo‘nalishi va vazifasining loyihasini hisobga olgan holda belgilanadi. Dorixona sig‘imining hisob ko‘rsatkichi yillik retseptlar soni (birliklarda) va mahsulot ayirboshlashga (so‘mda) bog‘liq. Katta shaharlardagi dorixonalar asosan qo‘shimcha bino sifatida yoki binoning birinchi qavatiga joylashtirilib, alohida er maydoniga ega bo‘lmaydi. Uncha katta bo‘lmagan qishloq aholi yashash punktlarida, ishchi posyolkalarda dorixonalar alohida binoda joylashib, dorixona er maydoniga ega bo‘ladi. Dorixonalarning yer maydoniga qo‘yiladigan gigiyenik talablar. Dorixonalar uchun 54 m2 dan kam bo‘lmagan hajmga ega bo‘lgan maydoncha ajratilib bunday er uchastkasi ifloslanmagan, quruq, yaxshi insolyasiyali va tinch relefli bo‘lishi kerak, qisman og‘ishmaga ega bo‘lgan va janubga qaragan maydonni tavsiya qilish mumkin. Bu nafaqat qulay insolyasiya sharoitini ta’minlab qolmasdan, balki atmosfera yog‘inlarining tabiiy oqib ketishini ta’minlaydi. Y er osti grunt suvlari - yer yuzasiga yaqinlik darajasi 1,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Bunday suvlarning er yuzasiga yaqin turishi dorixona yerto‘lasiga suv toshishi, devorlarda, fundament va bino xonalarida namlik paydo bo‘lishiga ta’sir ko‘rsatib, dori preparatlarining holati va xossasiga ta’sir qiladi, chunki ularning ko‘pchiligi namlikka sezgir bo‘ladi. Dorixona yer maydoni atmosfera chiqindilaridan, shovqin va sanoat korxonalari, aeroport, kommunal manbalar faoliyati bilan bog‘liq tashqi muhitning salbiy omillaridan himoyalangan bo‘lishi kerak. Shuning uchun, dorixona maydoni salbiy ta’sirlarga ega bo‘lgan manbalar orasida sanitariya himoya maydonlari bo‘lishi lozim. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar dorixonaning shamol esmaydigan tomoniga joylashtiriladi. Yer maydoni atmosfera havosida zararli moddalar miqdori havo uchun belgilangan REK dan oshmasligi kerak. Dorixona binosidan tashqari maydonda omborxona, mashinalar turar joyi, germitizatsiyalangan axlatxona va oqava suvlar o‘rasi bo‘lishi kerak. Dorixona bilan funksional bog‘liq bo‘lmagan qurilish binolarini maydonga joylashtirish ruxsat etilmaydi. Markazlashgan suv bilan ta’minlanishi mumkin bo‘lmaganda quvurli quduq o‘rnatiladi, agar shaxtali quduq o‘rnatilgan bo‘lsa Sanitariya epidemiologiya nazorat markazi tomonidan doimiy, qat’iy nazorat qilib borish, quduqni vaqti -vaqti bilan tozalash va zararsizlantirish lozim. Ifloslantirish manbai va quduq orasidagi oraliq 25 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Dorixonada kommunikatsiya o‘rnatishning iloji bo‘lganda, xovlida yaxshi jihozlangan va suv o‘tkazmaydigan o‘rali hojatxona joylashtiriladi. Dorixona yer maydonining 15-25% qurilish binolari va 50% dan kam bo‘lmagan qismi ko‘kalamlashtirilgan maydonga to‘g‘ri kelishi kerak. Yuk tushirish maydonchasi va qulay kirish yo‘lakchalarini qurilishi maqsadga muvofiqdir. Download 489.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling