3-Mavzu. Dorixona gigiyenasining umumiy asoslari. Kimyo-farmatsevtika korxonalarida yoritilganlik Ma’ruzaning maqsadi


Download 489.69 Kb.
bet1/9
Sana16.06.2023
Hajmi489.69 Kb.
#1504207
  1   2   3   4   5   6   7   8   9

3-Mavzu. Dorixona gigiyenasining umumiy asoslari. Kimyo-farmatsevtika korxonalarida yoritilganlik
Ma’ruzaning maqsadi: Dorixonada ishlovchi xodimlarga kasbiy ta’sirlarni o’rgatib, optimal sanitar gigiyenik sharoitlarni yaratish bo’yicha ma’lumot berish. Dorixonada ishlovchi xodimlarga kasbiy ta’sirlarni o’rgatib, optimal sanitar gigiyenik sharoitlarni yaratish bo’yicha ma’lumot berish.
Reja
1.Dorixona tarmoqlari strukturasi.
2.Dorixonani qurish uchun ajratilgan maydonga qo’yiladigan gigiyenik talablar.
3. Dorixonalarning ichki loyixasiga quyilgan gigiyenik talablar.
4.Dorixonani obodonlashtirishga qo’yilgan gigiyenik talablar.
5. Dorixona xonalarining ichini loyixalash va jixozlanishga gigiyenik talablar.
6.Dorixonalarda mehnat sharoitini aniqlovchi texnologik jarayon va ishlab chiqarish omillarining asosiy gigiyenik tavsiyanomasi.
7. Dorixona xodimlarining shaxsiy gigiyenasi.


Tayanch iboralar: Tambur, aseptik bloklari, sotuv zali, distillatsion-sterilizatsion.
davolash-profilaktika, Insolyasiya, Yoritilish, rasfasovka xonasi (qadoqlash).
Dorixona loyihasi, qurilishi va jihozlanishiga qo‘yiladigan gigienik talablar.
Dorixona sog‘liqni saqlash tizimiga taalluqli muassasalaridan biri bo‘lib hisoblanadi, u davolash-profilaktika muassasalarini va aholini dori preparatlari, sanitariya va boshqa tibbiyot mollari bilan o‘z vaqtida ta’minlaydi. Tayyorlash va saqlashda gigienik rejimlarga qattiq rioya qilish zarur.
Shuning uchun dorixonada olib boriladigan gigienik tekshiruvlarning natijasiga ko‘ra, dorixonaga qo‘yiladigan gigienik talablarni o‘rganish ishning asosiy maqsadi hisoblanadi. Dorixonada sanitar-gigienik talablarining buzilishlarini aniqlash, shuningdek zararli ishlab chiqarish omillarining dorixona ishchilariga ta’siri natijasida kelib chiqadigan kasb kasalliklarini aniqlashdan iborat. Dorixona ishchilariga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash asosiy maqsad bo‘lib hisoblanadi.
Dorixonaga qo‘yiladigan gigienik talablar SanQ va M № 0337-16 “Dorixonalarni joylashtirish, jixozlash va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha sanitar qoida va me’yorlari ” va SanQ va M № 0319-15 “Dorivor moddalarni va tibbiyot uchun mo‘ljallangan buyumlarni saqlash omborlarini joylashtirish, jixozlash va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha sanitar qoida va me’yorlari”da keltirilgan bo‘lib bular quyidagilardan iborat:
– dorixona er maydoniga gigienik talablar;
dorixona jihozlari, xonalar ichining loyihalashga va jihozlashga qo‘yiladigan gigienik talablar;
xonalarni tozalash, dorixona jihozlarini saqlash va avaylashga qo‘yiladigan sanitariya talablari;
– tozalangan suv va ineksiya uchun suvlarni qabul qilish, saqlash va jo‘natishga qo‘yiladigan sanitariya talablari;
– dori preparatlarini aseptik sharoitda tayyorlashga qo‘yiladigan gigienik talablar;
– steril dori shakllarini tayyorlashga qo‘yiladigan gigienik talablar.



Download 489.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling