2.EK ning bajaradigan asosiy funksiyalari
- hujjatlarga bibliografik ishlov berishning me’yorfy talablari asosida
hujjatlarni kataloglashtiradi;
- foydalanuvchilarni kutubxona fondiga kelib tushayotgan yangi nashrlar
haqidagi axborotlar bilan ta’minlaydi;
-
foydalanuvchilarni kutubxona fondida saqlanayotgan hujjatlar haqidagi
bibliografik ma’lumotlar (tavsif sarlavhasi, mavzular bo‘yicha chiqish
ma’lumotlari, ochqich so‘zlar, inventar
raqami va boshqa ma’lumotlar) bilan
ta’minlaydi;
- hujjatning kutubxonadagi yo‘li haqidagi ma’lumotlar: uning fondga kelib
tushishidan boshlab ishlov berish, kitobxonlarning undan foydalanishlari va
hujjatni fonddan chiqarib tashlashgacha bo‘lgan ma’lumotlar haqida axborot
beradi;
- internet xalqaro tarmog‘i, korporativ tarmoqlari va lokal tarmoqlaridan
foydalangan holda kutubxona ma’lumotlar bazasiga kirishni ta’minlaydi;
- axborotlarni ishonchli saqlashni ta’minlaydi: elektron resurslarning rezerv
nusxalari, ishchi va sug‘urta arxivlarini;
- kutubxona axborot resurslari himoyasini ta’minlaydi, mualliflik huquqini
va intellectual mulk huquqini himoya qiladi,
axborotlarni yo‘q bo‘lishini va
buzilishining oldini oladi;
-foydalanuvchilarning mustaqil ravishda qidiruv o‘tkazishlariga (axborotlar
fazosida navigatsiya xizmatlari ko‘rsatish va o‘zining do‘stona interfeysi orqali)
yordam beradi.
Elеktron kutubxona ARMda quyidagi vazifalarni bajaradi: Matnli, vidеo,
mul`tiplikatsiya, mul`timеdiya, imеtatsion modеllashtirish tizimlari ko‘rinishidagi
turli shaklda taqdim qilingan qimmatbaho ta`limiy va ma`lumotnoma-axborot
rеsurslariga kеng qamrovli kirishni ta`minlash;
• Elеktron katalog yordamida kеrakli axborotlarni tеzlikda qidirib topish.
Qidirish tеzligi an`anaviy katalogdan qidirishga qaraganda bir nеcha yuz marotaba
tеzbajarish;
Do'stlaringiz bilan baham: |