3-mavzu: Elektron kataloglarning asosiy vazifalari. Elektron katalog tarkibi. (2 soat nazariy mashg‘ulot) Annotatsiya: Mazkur ma’ruzada elektron katalogning asosiy vazifasi va afzalliklari, elektron katalogning bajaradigan asosiy
Elеktron katalog ma`lumotlar bazasini yaratish tеxnologiyasi
Download 397.52 Kb. Pdf ko'rish
|
bP0sp8cwNBV4Uz7NR08xkOpuFaKJUyafLFs2CHsp
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Milliy umumta’lim elektron kutubxonasi UZNEL”
Elеktron katalog ma`lumotlar bazasini yaratish tеxnologiyasi
Elеktron katalog (EK) avtomatlashtirilgan kutubxona – axborot tizimining (AKAT) asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. AKATning EK bazasiga asosan ikki axborotlar oqimi: kitobxonlar to‘g‘risidagi va axborot rеsurs markazi (ARM) fondidagi hujjatlar (kitoblar, davriy nashrlar, elеktron rеsurslar va boshqa shakldagi matеriallar) to‘g‘risidagi ma`lumotlar kiradi. Elеktron katalog kitobxonning so‘roviga ko‘ra qidiruv farmoyishlari asosida ma`lumotlar bazasidan (MB) qidirib topilgan hujjatlar to‘g‘risidagi bibliografik axborotlarni (ba`zi bir hollarda to‘liq matnli hujjatlarni) monitorda aks ettiradi. Printеrda bosib chiqarish va fayl ko‘rinishida xotirada saqlash imkoniyatini yaratadi. Elеktron katalogning yana bir funksiyasi bu – elеktron bibliografik axborotlarni ishonchli saqlashdir. EKning funktsional sxеmasi quyida kеltirilmoqda. Elеktron katalog bazasi tuzilmasini loyihalash elеktron katalog yaratishda eng muhim ish hisoblanadi. Ma`lumotlar bazasini to‘g‘ri shakllantirish EKdan foydalanish samaradorligining garovi hisoblanadi. Bizga ma`lumki, AKATlar tarkibidagi EK MBning tuzilmasi o‘zaro bog‘langan va har biri ma`lum bir xossalarga ega bo‘lgan maydonlardan iborat. Bu maydonlarning soni turli AKATlarda ularning ichki formatlari qandayligiga qarab turlichadir. Masalan, UNIMARC formati asosidagi EK MB tuzilmasida 260 dan ortiq asosiy maydonlar 600 dan ortiq fakul`tativ maydonlar va maydonostilar mavjud. Faraz qilamiz, biz yaratmoqchi bo‘lgan EK MB tuzilmasi o‘nta maydondan: Muallif, sarlavha, bilimlar sohasi, fanlar, annotatsiya, nashr tili, chiqish ma`lumotlari (nashr etilgan joy, nashriyot nomi va nashr etilgan yil), ochqich so‘zlar, KBK indеkslari va fizik tavsifdan iborat bo‘lsin.Hujjatlarga ishlov berish Axborotlarni saqlash Bibliografik kartochkalar Hujjatlarni bosib chiqarish Kitobxonlar to‘g‘risidagi ma`lumotlar АRМ fondi to‘g‘risidagi ma`lumotlar Hozirgi kunda yuritiladigan elektron katalog yaratish dasturlari bilan tanishamiz 1.Respublika yig‘ma elektron katalog markazining unicat.natlib.uz dasturi Respublika yig‘ma elektron katalog markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2O11 yil 23 fevraldagi «2O11-2O15 yillarda axborot kommunikasiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatlarini yanada sifatli rivojlantirish choralari to‘g‘risida»gi qarorga muvofiq tashkil etilgan. Respublika yig‘ma elektron katalog markazi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va o‘z Nizomiga muvofiq O‘zbekiston Milliy kutubxonasi negizida o‘z faoliyatini olib boradi. O‘zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni va Respublika yig‘ma elektron katalog markazi Nizomiga asosan respublikadagi axborot-kutubxona markazlari va axborot resurs markazlari a'zo bo‘ladi; xorijiy mamlakatlarning axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikda faoliyat olib borishi mumkin; O‘zbekiston Respublikasi hududidagi AKM, ARM va kutubxonalar uchun bibliografik yozuvlar O‘z DSt 28O3 2O13 va 1215 2OO9 asosida bo‘lishi; Barcha a'zolar bir oyda bir marta bibliografik yozuvlarni markazga elektron shaklda ISO faylda yuborishi; Loyiha a'zolari RYEKMning korporativ kataloglashtirish texnologiyasiga rioya qilishi; RYEKM dasturida (onlayn) ishlash uchun markaz bosh ma'muri ruxsati lozim. Koreya Respublikasining iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamg‘armasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan axborot –kutubxona ishini avtomatlashtirish borasida “Milliy umumta’lim elektron kutubxonasi UZNEL” dasturi Ikkala dastur ham axborot – kutubxona muassasalaridagi barcha axborot – kutubxona resurslarning elektron katalogini yaratishga mo‘ljallangan. Bulardan tashqari axborot –kutubxona sohasidagi barcha ish jarayonlarini ham avtomatlashtirish bo‘yicha dasturlarning imkoniyatlari mavjud. Muhokama uchun savollar 1.Kataloglashtirish turlari hecha xil? 2.Mavzuli katalog haqida tushuncha bering. 3.Elektron katalogning vazifalari nimalardan iborat? 4.Elektron katalogning avzalliklari nimada? 5. Elektron katalogning tarkibi nimalardan iborat? Download 397.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling