3-mavzu. Falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: G‘arb falsafasi


Download 76.67 Kb.
bet14/15
Sana13.02.2023
Hajmi76.67 Kb.
#1193675
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
3. Qadimgi davr G\'arb falsafasi

Pragmatizm AQShda keng tarqaldi. «Pragmatizm» foydali faoliyatga undovchi, «foydaga» erishish yo‘l va usullari haqida mulohaza yurituvchi ta’limotdir. Bunda «foyda» tushunchasi «tajriba», «haqiqat» tushunchalari bilan aynanlashtiriladi.
Ta’limotning yirik namoyandalari Ch.Pirs, U.Djems, J.Dyui ta’limotida olamning o‘zgaruvchanligi, tajriba turli tasodif va kutilmagan vaziyatlarni o‘zida jamlagan, ongimizdan tezkor qarorlarni qabul qilishni talab etuvchi hodisalar majmui sifatida ifodasini topdi. Inson bexato faoliyat ko‘rsatishi uchun uning xatti-harakatlarini boshqarib turuvchi vosita intellektdir. J. Dyui fikricha, intellekt insonni o‘rab turgan olamdan nusxa oladi, hamda unga muhitga moslashishga yordam beradi. Pragmatizm falsafasining maqsadi insonga olamda o‘z o‘rnini topishda yordam berish. Dyui tajriba natijasining «foydali» tomoniga e’tiborini qaratdi. Djems fikricha, haqiqat foydali bo‘lgan narsa yoki hodisadir.
Pragmatizm AQShdagi ishbilarmon, menedjer, siyosatchi va davlat arboblari orasida keng tarqaldi. Amerikaliklar J. Dyuini «Amerikaning Arastusi» deya hurmat bilan tilga oladilar.
Jamiyat taraqqiyotiga oid g‘oyalar tahlili falsafada antik davr, Suqrot va Aflotun zamonidan shakllana boshladi. Bu g‘oyalar rivojiga XVII-XVIII asrda italiyalik faylasuf Dj. Viko, XVIII asrda I.G. Gerder va nemis falsafasi namoyondasi Gegel katta hissa qo‘shganlar. Ular orasida tadrijiy taraqqiyot va inqilobiy sakrashlar yo‘lidan borishni ilgari suradigan ta’limotlar talaygina. Aksariyat faylasuflar tadrijiy yo‘lni ma’qul ko‘radi.
Aksincha qaraydigan ta’limotlardan biri marksizmning asoschisi nemis iqtisodchisi K.Marks (1818-1883). Uning ijtimoiy falsafasi kapitalizmda sinfiy kurashning mutlaq antogonizm darajasiga ko‘tarilishi, oqibat proletariat diktaturasining o‘rnatilishi yo‘li bilan sinfsiz jamiyatga o‘tishni targ‘ib qiladigan nazariyadir.
Ta’limot nazariy asoslari K. Marks va F. Engelsning «Kommunistik partiya manifesti»,. K. Marksning «Kapital», F. Engelsning «Anti-Dyuring» va «Tabiat dialektikasi» asarlarida ta’riflab berilgan. U borliq tushunchasini materiya bilan aynanlashtirib, ruhni mutlaqo inkor qildi, materializm va ateizmni mutlaqlashtirgani uchun ijtimoiy hayotda salbiy oqibatlarga olib keldi.
Ta’limotning mo‘tadil tarafdorlari K.Kautskiy, V.Plexanov sotsial-demokratiyaga ko‘proq moyil bo‘lishdi. Rossiyada V. Lenin boshchiligida sinfiy kurash va proletariat diktaturasini mutlaqlashtirish yo‘lidan bordilar. Inqlobiy sakrash – terror yo‘li tanlandi. Bu tur dunyoqarashning jamiyat va xalqlar taqdirida g‘oyat salbiy o‘rin tutishi amaliyotda o‘z tasdig‘ini topdi.
Farbda hozirgi davr Marks tarafdorlari
Download 76.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling