3-mavzu. Falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: G‘arb falsafasi


Download 76.67 Kb.
bet12/15
Sana13.02.2023
Hajmi76.67 Kb.
#1193675
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
3. Qadimgi davr G\'arb falsafasi

Neotomizm – XX asrdagi eng yirik diniy-falsafiy oqim, XIII asragi Foma Akvinskiy ta’limotini qayta tikladi. U (neo – yangi, tomizm – «foma», transkripsiyada «toma» shaklida o‘zgargan) Foma Akvinskiyning yangi, zamonaviy ta’limoti demakdir. Bu ta’limotga ko‘ra, ilm va e’tiqod o‘rtasida to‘la muvofiqlik, uyg‘unlik bor. Ular bir-birini to‘ldirib turadi, har ikkisi ham Xudo tomonidan berilgan xaqiqat.
Ilm yetmagan joyda e’tiqod qo‘llanishi kerak. Lekin bu e’tiqod ko‘r-ko‘rona emas, balki mantiqan teran anglangan bo‘lishi darkor. Falsafaning vazifasi dinga xizmat qilishdan iboratdir. Dunyoni, jamiyatni Xudo yaratgan, ijtimoiy taraqqiyot Xudoning rejasi asosida boradi. Neotomizm albatta, ilohiy qadriyatlarni ustuvor qo‘yadi. Ammo u din va uning jamiyatdagi o‘rniga, Foma Akvinskiy zamonidan farqli yondashadi. Inson huquqlari, fikr erkinligi demokratiya belgisiga aylangan XX asrda neotomizm sivilizatsiyalashgan ta’limot sifatida maydonga chiqmoqda.
Neokantchilik XIX asr o‘rtalarida shakllanib, XX asr boshlarida rivojlandi. Uning vakillari I. Kant o‘z davrida qo‘ygan ilmiy bilishning umumiyligi va zaruriyati hamda tajribaviy aql haqidagi muammolarni tahlil etdilar. Bu ta’limotga ko‘ra, inson dunyoga bir marta keladi, shuning uchun har bir insonning hayoti o‘zi uchun eng oliy maqsaddir. Inson hayotidan kimdir o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun vosita sifatida foydalanishi mumkin emas. Erkin mavjudot deganda, o‘zi xohlagan ishlarni qiluvchi kishini emas, balki jamotchilik manfaatiga qarshi yurmaydigan, unga zid ish qilmaydigan, ammo o‘z haq-huquqlarini yaxshi biladigan inson nazarda tutiladi.
XX asrda fan va texnika taraqqiyoti, ilmiy tafakkur va til muammolarini falsafiy tahlil qilishga qiziqish ortdi. Bu yo‘nalishda neopozitivizm, strukturalizm va germenevtika kabi falsafiy qarash namoyondalari faoliyat olib bordi.
Neopozitivizm (neo – yangi; pozitiv – ijobiy) oqimining yirik namoyandalari Karnap, Ayer, Rassel, Vitgenshteyn. Nepozitivizm Farbda XIX asrning 20 – yillarida paydo bo‘lgan, asoschisi Ogyust Kontdir. Uning fikricha, falsafa aniq fanlar taraqqiyotisiz mavjud bo‘la olmaydi. Falsafa – ob’ektiv reallikni emas, balki aniq fanlar qilayotgan ilmiy, ya’ni ijobiy (pozitiv) xulosalarni o‘rganib, tahlil qilib ularni mantiqan bir tartib, sistemaga solishi kerak.
Kont falsafa mustaqil ravishda ob’ektiv dunyoga oid hech qanday aniq bilimlar berishi mumkin emas, u shu paytgacha yig‘ilgan bilimlarni formal mantiq qonunlari asosida tahlil etib, qayta baholashi; uni «absolyut g‘oya, ruh» to‘g‘risidagi ortiqcha fikrlardan tozalashi va yangi falsafani yaratish kerak, deb ta’lim berdi.
Neopozitivistlar verifikatsiya (lot. Veritas – xaqiqat) prinsipini ilgari surdilar. Faqat tajribada o‘z tasdig‘ini topgan bilimgina haqiqiydir. Lekin nazariy, mavhum bilimlarning hammasini ham tajribada ekvivalentini topish, isbot qilish mumkin emasligi uchun bu prinsip keyinchalik inkor etildi.

Download 76.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling