3-mavzu. Falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: G‘arb falsafasi


Download 76.67 Kb.
bet8/15
Sana13.02.2023
Hajmi76.67 Kb.
#1193675
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
3. Qadimgi davr G\'arb falsafasi

Foma Akvinskiy (1224-1292) Arastu naturfalsafasini ilohiyot bilan birlashtirishga harakat qilgan. Uning fikricha, naturfalsafada tafakkur va Arastu mantiqiy ta’limoti yordamida Xudo borligi haqidagi haqiqatga erishish mumkin.
Uning «Ilohiy summalar» asari 3000 maqoladan iborat, 600 masalani yoritishga bag‘ishlangan. U ilohiyotning sistemali bayoni vazifasini bajaradi. Asarning birinchi qismi Xudoning borligi va borlig‘i masalasida; ikkinchi qismi «Xudoga qarab harakat» haqida bahs yuritadi.
Xullas, nominalistlar va realistlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik o‘rta asr sxolastikasining muhim muammolaridan biri edi. Sxolastikaning avjga chiqqan davri – 1150 va 1300 yillarda – Foma Akviniyskiyning mo‘tadil realizmi nominalizm ustidan g‘alaba qozondi. Lekin 1300 yildan keyin cherkov ilohiyotchilari tafakkurida nominalizm yuqori mavqeni egallay boshladi. Bu ko‘p jihatdan uyg‘onish davri falsafasiga ta’sir ko‘rsatdi. Shuningdek, haqiqatga erishishning tajribaviy metodini (ratsionalizm) vujudga kelishida katta xizmat qildi.
Yangi davr falsafasining rivojlanishidagi ijtimoiy-siyosiy sharoit.
Yevropada Rim imperiyasidan keyin bir necha asrlar o‘tib, mintaqa hayotida xristianlikning mafkurviy roli ham, inkvizitsiya ham, qon-qardosh va o‘zaro dushman qirollar ham o‘z davrini o‘tab bo‘ldi. Yevropa uyg‘ondi. Kishilar dunyoqarashi, ilm-fan sohasida keskin o‘zgarishlar ro‘y berdi. Yevropada alohida millatlarning shakllanishi, milliy davlatlar paydo bo‘lishi endilikda ularning har biri uchun muhim mafkurani taqozo etdi. Eng muhimi, bu davrda milliy g‘oyalar to‘la-to‘kis amalga oshishi uchun ijtimoiy sharoit yetildi: italiya, ingliz, fransuz va boshqa xalqlar o‘z davlatchilik an’analarini to‘la-to‘kis tikladilar. Farbiy Yevropa mamlakatlaridagi tub ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar Niderlandiyada XVI asrning 60-70, Angliyada XVII asrning 40-50-yillarida bo‘lib o‘tdi. Endi monarxiya tuzumi jamiyatning ilg‘or tabaqalari nazarida, tarixan o‘z umrini o‘tab, g‘ayritabiiy tuyula boshladi. Ilgari tan olinmagan insonning tabiiy huquqlari masalasi o‘rtaga chiqib, ijtimoiy tartiblar inson tabiatiga mos kelishi talab qilina boshladi. Ma’nan uyg‘onayotgan, mustaqil milliy davlatchiligiga ega Yevropa millatlari o‘z komil insonlarini endi inkvizitsiyaning hukmiga topshirishga aslo haqlari yo‘q ekanligini angladilar.
Uyg‘onish davri Yevropa fani va falsafasi milliy qobiqqa o‘ralib qolmadi, balki milliy chegaralarni bilmaydigan, umuminsoniy qadriyatlar xususiyatiga egadir.
Yevropa falsafasining rivojida muhim o‘rin tutgan universitetlar 1200 yillarda vujudga keldi. 1400 yillarga kelib, Yevropada 23 ta universitet mavjud bo‘lgan. Universitet dasturining katta qismini sxolastika bilan shug‘ullanish tashkil etar edi.
XII asrda Iteriy Rim huquqining buyuk tadqiqotchisi sifatida mashhur bo‘ldi va talabalar uni eshitish uchun Bolonya shahriga oqib kela boshladilar. Natijada Bolonya shahri universiteti muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata boshladi. Abelyarning o‘qituvchi sifatidagi shuhrati Parij universitetining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Shuningdek, XII asrda Angliya va Fransiya qirollari orasidagi nizo oqibatida, angliyalik talabalar Parijdan Angliyaning Oksford shahriga ko‘chib o‘tishlari sababli Oksford universiteti tashkil topdi. Oksford universiteti talabalarining qo‘zg‘olon ko‘tarishi va 1209 yilda ularning Kembridjga ko‘chib o‘tishlari natijasida Kembridj universiteti vujudga keldi.
Universitetlar Qadimgi Yunoniston va Rimda, bizning mamlakatimizda ham mashhur ustoz va shogirdlar to‘planib, ilm o‘rganadigan, o‘rgatiladigan va ilmiy bahslar olib boriladigan maktablar tarzida shakllangan bo‘lsalar-da, fan sohalarining ko‘pligi tufayli alohida tadqiqot maskaniga aylanib qoldi. Ular tajribasi keyincha dunyo bo‘ylab yoyildi.
O‘sha davr mashhur faylasuflaridan biri Vilyam Okkam (1309-1349) fikricha, ilohiyot aqidalari ratsional (aqliy) yo‘l bilan isbotlanishi mumkin emas. Ular faqat Muqaddas kitob nufuzi tufayli qabul qilinishi mumkin. Bu qarash e’tiqod va tafakkurni bir-biridan ajratar, ularni omuxta qilishni qoralardi. Okkam universaliylarning ob’ektiv mavjudligini inkor qildi. Uningcha, universaliylar tafakkur tushunchalari uchun faqat ismdir. Bu tushunchalarni odam o‘z ongida yaratgan. Uningcha, alohida odam insonga nisbatan real va muhimroqdir.

Download 76.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling