3-mavzu. Falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: G‘arb falsafasi


Download 76.67 Kb.
bet6/15
Sana13.02.2023
Hajmi76.67 Kb.
#1193675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
3. Qadimgi davr G\'arb falsafasi

Apologetlar xristianlik tarixida I–III asrlarda vujudga keldi. Apologetika «himoya qilish» demakdir. Apologetlar o‘z asarlarida mushrik(ko‘pxudoli)lik adabiyotlaridan olingan dialog shaklidan foydalanib, Rim davlatining xristianlikni ta’qib qilishi hech qanday oqlashga loyiq emasligini isbotlashga harakat qilganlar.
Apologetlar asarlarida ikki an’ana yaqqol sezilib turadi: inkor qilish va tasdiqlash. Ular mushriklar tomonidan xristianlikka qo‘yilgan ayblar – g‘ayriodatiy harakatlar, dabdababozlik kabilarni inkor qilib, xristianlikning sofligini tasdiqlaganlar. Bu sohada Yustinning «Birinchi apologeya», «Ikkinchi apologeya» asarlarini, Tulean va Anaksagor kabi faylasuflar faoliyatini ta’kidlash lozim.
«Patristika» so‘zi «padre» – «ota» so‘zidan kelib chiqqan. Odatda, Farbda yepiskoplarni bu nom bilan hurmatlaganlar. Mashhur cherkov otalaridan biri Ioan Zlatoust (347-407) ning 640ta da’vatlaridan ko‘pchiligi avliyo Pavel nomalarining sharhi edi. Uning asarlarida injilni amaliy qo‘llash sof ahloqiy masalalar bilan qorishib ketgan.
«Pok» unvoniga sazovor bo‘lgan faylasuf va islohiyotchi Avreliy Avgustin (354-430) o‘z hayotini yepiskoplik, tadqiqotchilik, adabiyotga bag‘ishlaydi. U 100ga yaqin kitob, 500ta da’vat va 200ga yaqin nomalar yozdi. Uning 401 yilda yozilgan«Sig‘inish» asarida o‘zining xristianlikkacha bo‘lgan hayotini yozadi. «Bibliya» oyatlari ramziy bayon qilinadi. U mushriklik falsafasini hech mahal haqiqatga olib kelmaydi, deb qoralaydi.
«Sxolastika» – so‘zi yunoncha «shola» «shkola»dan olingan, «o‘qish joyi», «maktab» ma’nolarini anglatadi. Buyuk Karl saroyida o‘qituvchilik qilganlarni sxolastlar deb ataganlar. Shuningdek, dinni o‘rganishda falsafani tatbiq qilgan o‘rta asr olimlarini ham sxolastlar deb ataganlar. Sxolastikani ma’lum darajada ilohiyotni aqlga moslashtirish, dinni tafakkur yordamida quvvatlashga bo‘lgan intilish deb baholash mumkin. O‘sha davrda ilohiyotni muqaddas kitoblar aqidalari asosida emas, balki falsafiy nuqtai nazardan tadqiq qilish toqozo qilinardi. Sxolastlarning maqsadi e’tiqod aqlga muvofiqmi, degan savolga javob berish bo‘lgan.

Download 76.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling