3-mavzu. Falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: G‘arb falsafasi


Download 76.67 Kb.
bet1/15
Sana13.02.2023
Hajmi76.67 Kb.
#1193675
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
3. Qadimgi davr G\'arb falsafasi


3-MAVZU. FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOT BOSQICHLARI: G‘ARB FALSAFASI
1. Qadimgi davr g‘arb falsafasi va uning o‘ziga hosligi
2. O‘rta asrlar g‘arbda falsafiy qarashlar rivoji
3. Yangi davr falsafasining rivojlanishidagi ijtimoiy-siyosiy sharoit.
Antik davr Yunon falsafasi yuqorida ko‘rib o‘tilgan mintaqalar – qadimiy Sharqda paydo bo‘lgan diniy-falsafiy ta’limotlar ta’siri hamda Yunonistonda yuksak rivojlangan quldordik jamiyatining tarixiy, iqtisodiy siyosiy va madaniy-ma’naviy shart-sharoitlari asosida vujudga keldi. Er.av. VIII-VI asrlarda Kichik Osiyo, O‘rta yer dengizi qirg‘oqlaridagi shaharlar bilan yaqin Sharq, Kavkaz hamda G‘arb mamlakatlari xalqlari o‘rtasida savdo, iqtisodiy, madaniy munosabatlar juda ham avj oldi. Bu hududlarda qulchilik munosabatlari rivojlanishi natijasida, quldorlik jamiyati Yunonistonda, ayniqsa, Milet va Efes shaharlarida jadallik bilan taraqqiy etdi.
Milet shahri falsafiy maktab vakillari o‘z qarashlarini tabiiy-ilmiy tushunchalar bilan ifodalaydilar. Bu davrlarda falsafa va boshqa bilim sohalari ham bir-birlaridan ajralmagan holda bir butun shaklda «falsafa» nomi bilan atalar edi. Miletlik Fales, Anaksimanr va Anaksimen ilk yunon faylasuflaridir. Ularning qarashlari kosmologizm, ya’ni astronomik bilimlarga oid. Yunonistonda «etti donishmandning biri», deb shuhrat qozongan, milet maktabining asoschisi Fales (er.av. 624-547y.) Bobilliklarning astronomik tassavvurlarini rivojlantirib, qadimgi yunon astronomiyasiga asos soldi. Oldindan quyosh tutilishini aytishga doir o‘zining hisoblash usulini ishlab chiqadi. Fales olamning asosini suv tashkil qiladi, hamma narsa suvdan paydo bo‘ladi va hamma narsa suv shakliga aylanadi, deydi. Chunki uning ko‘z oldida suvning hayvonot, nabotot va insoniyat hayotida hal qiluvchi o‘rni, dengizning kemalar, savdo-sotiq ishlari; daryolarning dehqonchilikdagi muhim ahamiyatini mushohada etar, ayniqsa, yomg‘irning ekin-tikin ishlari uchun hayotbahsh hislatlari uni hayratga solar edi.

Download 76.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling