3-mavzu. Fermentlar reja


Fermentlar klassifikatsiyasi


Download 219.07 Kb.
bet5/7
Sana19.06.2023
Hajmi219.07 Kb.
#1602598
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3 mavzu B

Fermentlar klassifikatsiyasi

Fermentlarga nom berishda ularning tasodifiy belgilari (travial nomenklatura), substrat nomi bilan (ratsional nomenklatura), fermentning kimyoviy tarkibi va nihoyat katalizlaydigan reaktsiya tipi hamda substrat xarakteriga qarab nomlangan. Tasodifiy belgilariga binoan quyidagi fermentlar nomlangan pepsin (grekcha pepsin - ovqat hazm qilish), tripsin (grekcha trepsis -azontiraman) va papain (Papayya daraxtidan ajratib olingan). Ta’siriga ko’ra bu fermentlar hammasi proteolitik ya’ni oqsil gidrolizini tezlashtiradigan fermentlar tipiga kiradi. Xujayradagi oksidlanish - qaytarilish reaktsiyalarini tezlashtiruvchi fermentlarni tsitoxromlar (tsitos-xujayra, xrom -rang) deb yuritiladi.
Eng ko’p tarqalgan nomlanish bu substrat nomiga «aza» qo’shish bilan aytiladi. Masalan, kraxmalni gidrolizini tezlashtiruvchi ferment amilaza (amilon -kraxmal), yog’larning gidrolizini tezlashtiruvchi ferment lipaza (lipos - yog’), oqsillarni (proteinlar) - proteaza va hakazo. Keyinchalik fermentlarning nomi substrat xarakteri va katalizlaydigan reaktsiya nomi bilan ataladigan bo’ldi. Masalan, yantar kislotasi molekulasidan ikki molekula vodorod atomini oladigan ferment suktsinatdegidrogenaza deb nomlanadi.
-2N
HOOC - CH2 - CH2 - COOH HOOC - CH = CH-COOH

Suktsinat degidrlanish fumarat


1961 yilda Moskvada bo’lib o’tgan biokimyogarlar kongressida yangi klassifikatsiya tasdiqlandi. Unga asosan fermentning nomi substratning kimyoviy nomi va ferment yordamida amalga oshadigan reaktsiya nomi bilan ataladigan bo’ldi. Ushbu klassifikatsiyaga binoan fermentlar 6 ta sinfga bo’lib o’rganiladi.


1. Oksidoreduktazalar oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarini tezlashtiradilar. Bunday fermentlarga degidrogenazalar, ya’ni vodorod molekulasini organik birikmadan olib, boshqa aktseptorga berishdan iborat, oksidlanish jarayoni vodorod atomini substratdan olib, qaytarilish jarayoni esa vodorod atomlarini aktseptorga birikishi bilan boradi.

oksidoreduktaza


A+BN2 AN2+B

A- aktseptor, V - substrat


Oksidazalar esa substratni oksidlanishini katalizlaydilar, bunda molekulyar kislorodni elektron aktseptori sifatida ishlatadilar. Oksidazalarga o’simliklar olamida keng tarqalgan ferment peroksidazani olsak bo’ladi. Bu ferment ta’sirida qator organik birikmalarni vodorod peroksidi bilan oksidlanishi kuzatiladi. Xujayralarda degidrogenazalar vodorodni tashish vazifasini bajaradilar. Ma’lumki, substratdan vodorodni tashuvchi degidrogenazalar sinfiga alkogoldegidrogenaza, ya’ni etil spirtini oksidlaydilar, olma kislotani oksidlovchi ferment malatdegidrogenaza, qaxrabo kislotasini oksidlovchi suktsinatdegidrogenazalar hisoblanadi.


Oksidoreduktazalarning asosiy xususiyatlaridan yana biri ular ikki komponentli fermentlar qatoriga kirib, ulardagi koferment qismi chegaralangan aktiv guruhlarga ega bo’lib, xilma-xil oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarini tezlatishdan iboratdir. Buning sababi bitta koferment bir qancha apofermentlar bilan birikib, o’ziga mos substratga xos bo’lgan maxsus oksidoreduktazalarni hosil qiladilar. Oksidoreduktazalarning yana bir asosiy xususiyatlari shundaki, ular kimyoviy reaktsiyalarni tezlashtirish bilan bir qatorda energiya ajratishidir. Bu xususiyat organizmdagi sintez jarayonlarida foydalaniladi.
Tabiatda 200 dan ortiq oksidoreduktazalar turi mavjud. Eng ko’p tarqalgan NAD - nikotinamidadendinukleotiddir.
Oksidlanish zanjirini boshlanishi ikki fermentdan tashkil topadi -NAD, NADF. Bu fermentlarning substrat bilan hamda o’zaro ta’siri quyidagi sxemada boradi.


Substrat N2 NAD NADFN2

Oksidlangan NADH2 NADF


substrat
Sxemadan ko’rinib turibdiki, flavoproteid ya’ni NADF (nikotinamidadenindinukleotidfosfat) ikkilamchi degidrogenaza vazifasini bajarar ekan, chunki NADF vodorod atomini ikkilamchi substrat (tiklangan ferment) dan olar ekan.
Oksidlanish-qaytarilish fermentlari sistemasida vodorodni uzatilishi har xil yo’l bilan boradi. Ba’zida vodorod bevosita kislorodga birikib vodorod pereoksidini hosil qilar ekan.


HADF H2O2
HADF H2O2
Hosil bo’lgan H2O2 katalaza fermenti ishtirokida parchalanadi.

katalaza
2N2O2 2N2O+O2


Katalaza ham oksidoreduktazalar sinfiga mansub bo’lib, u ikki atom vodorodni bir molekula vodorod peroksiddan 2 molekulasiga ko’chiradi.
katalaza
N2O2 +N2O2 O2 +2N2O

Vodorod peroksidi o’zga fermentperoksidaza yordamida ham parchalanishi mumkin. Ular substratdan vodorod atomlarini ko’chishini tezlashtiradilar.


Substrat N2 +N2O2 substrat +2N2O
Peroksidaza

Bunday holatga misol qilib glikolat kislotasini glioksalat kislotasiga o’tishini olsak, bu reaktsiya glikolatoksidaza fermenti ishtirokida boradi.


katalaza
HO - CH2-COOH NADF H2O2 H2O2




O
C-COOH
NADFH2 O2 2H2O
N
Glikolat kislota

Xujayradagi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarining eng ko’p tarqalgan turi vodorod atomining oksidlanishi bo’lib, bu jarayon substratdan birlamchi degidrogenazalar hamda tsitoxrom sistemasi yordamida amalga oshadi.


TSitoxrom sistemalarni tashkil qiluvchi fermentlar o’z tarkibida prostetik guruh sifatida temirporfirinlarning 4 ta tipi (A,V,S va D) xromoproteidlar ya’ni tsitoxromlar deb nomlanadi. Hozirgi kunga kelib 20 dan ortiq tsitoxromlar ma’lumdir. TSitoxromlar v1, v2, v3, v4 va hakozolar bir xil prostetik guruhga ega bo’lib, apoferment strukturasida farq qiladilar.

Download 219.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling