3-mavzu. Fermentlar reja
Download 219.07 Kb.
|
3 mavzu B
2. Transferazalar - tirik organizmda boradigan fermentativ reaktsiyalarda kimyoviy guruhlarni ko’chirishini tezlashtiradilar. Bular asosiy fermentlar sinfiga mansub bo’lib, o’z qatorida 200 dan ortiq fermentlar tutadilar. Ko’chiriladigan guruhlarga qarab fosfotransferazalar, karboksitransferazalar, aminotransferazalar, glikoziltransferazalar, metiltransferazalar va boshqalar deyiladi.
Fosfotransferazalar-fosfat kislota qoldi`i ko’chirilishini tezlashtiradilar. Fosforlanish reaktsiyalari juda muhim ahamiyatga ega bo’lib, unda qator organik birikmalar fosfat efirlari hosil qiladilar, ular yuqori kimyoviy aktivlikka ega bo’lgan holda keyingi reaktsiyalarga oson kirishadilar. Ko’pincha fosfat kislota qoldi`ini donori bo’lib ATF (adenintrifosfat) xizmat qiladi. Fosforiazalarga geksoklinaza fermenti kiradi. U ATF dan fosfat kislota qoldi`ini glyukoza molekulasiga ko’chirishni tezlashtiradi. Hosil bo’lgan ADF, maxsus reaktsiya yordamida qayta fosforlanib ATF hosil qiladi. Bunda hamma fosfotransferazalarning kofermenti deyilsa bo’ladi. Aminotansferazalar-qayta aminlanish reaktsiyasini tezlashtiradilar. Aminotansferazalarni quyidagi sxemada ko’rsatish mumkin. O ON S N Oqsil O − R − O − SN2 − ON SN2 O N Piridoksalferment Piridoksalfermentni qulay bo’lishi uchun quyidagi strukturada qisqartirib ko’ramiz. Fermentativ reaktsiyaning I-bosqichida fermentning prostetik guruhi aminokislota bilan birikib, aminokislotaning amin gruppasi va piridoksalfosfatning aldegid gruppasi birikishi kuzatiladi. F ermentativ reaktsiyaning II-bosqichida substratning o’zgarishi Aminotransferaza molekulasi 2 ta prostetik guruh tutadi bir-biriga ta’sir etib qayta aminlanishi kelishilgan holda amalga oshadi. Glikoziltransferazalar fosfor efirlari molekulasidan glikozid qoldiqlarini monosaxaridlar yoki polisaxaridlar molekulasiga ko’chirishni tezlashtiradilar. Bu fermentlar o’simliklar dunyosida oligo va polisaxaridlar biosintezini amalga oshiradilar.Glikozid qoldi`ini ko’chirish reaktsiyasi qaytar reaktsiya bo’lib, buni fosforoliz deyiladi. Bu guruhdagi fermentlarni fosforilazalar deb nomlanadi. Atsiltransferazalar karbon kislota qoldiqlarini ko’chirishni tezlashtiradilar. Ular atsil gruppalarni aminokislotalarga, aminlarga, spirtlar va boshqa birikmalarga ko’chiradilar. Atsiltransferazalarning eng ko’p tarqalgan vakili atsil koenzim A hisoblanadi. Download 219.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling