3-mavzu. Fermentlar reja


Ferment aktivligi muhiti rN ko’rsatkichiga bog’liqligi


Download 219.07 Kb.
bet3/7
Sana19.06.2023
Hajmi219.07 Kb.
#1602598
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3 mavzu B

Ferment aktivligi muhiti rN ko’rsatkichiga bog’liqligi
Har bir fermentning maksimal avtivligi uchun muhit rN ko’rsatkichi mavjuddir. Ko’pgina fermentlar maksimal avtivligi rN ko’rsatkichi neytralga yaqin bo’ladi. Ba’zi fermentlar kuchli ishqor yoki kuchli kislotali sharoitda yaxshi ishlaydilar. Jadvalda bir qator fermentlarning rN optimumi berilgan.
Ba’zi fermentlarning muhit rN iga bog’liqligi

Ferment

Reaktsiya xarakteri

rN

Pepsin

(parchalanishi)
Oqsil gidrolizi



1,5-2,5

Lipaza (urug’)

Yog’lar gidrolizi

4,7-5,0

Ureaza

Mochevaina ngidrolizi

7,0

Tripsin

Oqsil gidrolizi

7,8

Arginaza

Arginan gidrolizi

9,5-9,9

Vodorod ioni kontsentratsiyasini fermentning katalitik avtivligiga ta’siri, uning aktiv markaziga ta’siridan iborat. Har xil rN ko’rsatkichida aktiv markaz kuchli yoki kuchsiz ionlangan bo’ladi, kam yoki ko’p qo’shni polipeptid zanjiri qismidan to’silgandir. Undan tashqari muhit rN ko’rsatkichi substratni ionlanish darajasiga, ferment substrat kompleksini hamda kationlar va anionlar nisbatini aniqlaydi.3

Ushbu rasmda fermentning katalitik ta’siri rN muhitiga bog’liqligi ko’rsatilgan.




100
50

pH
0 7 14




Fermentlarning maxsusligi
Fermentlarpning maxsusligi deyilganda ularni tanlab ta’sir etish xususiyatini nazarga olinadi. Iborali qilib aytganda, ferment kalit bo’lsa, substrat uning qulfidir. SHubhasiz fermentlarning maxsusligi birinchidan substratning fazoviy konfiguratsiyasi bilan fermentning substrat markaziga mos kelishidir. Bunda substrat-ferment kompleksi hosil bo’lib fermentativ jarayon boshlanishi kuzatiladi. Masalan, lizotsim (xitin va bakteriyalarning polisaxaridi devoridagi glikozid bog’larni gidrolizini tezlashtiruvchi ferment) molekulasida substratni biriktirish uchun tirqish topilgan. Bu tirqishga substratning ma’lum bir qismi joylashib, substrat molekulasining qolgan qismi esa erkin holda qoladi. Fermentning substrat markazida aminokislotalar radikallari aniq substrat molekulasidagi atom va atom guruhlari joylashadi. Ko’rsatilgan radikallar va guruhlar vodorod bog’lari yordamida lizotsim va polisaxaridlarga bo’linib ferment-substrat komplekasini hosil qiladilar.
Ba’zi fermentlar ma’lum tipdagi reaktsiyalarni tezlashtiradilar. Ularning asosiy belgisi parchalaydigan yoki hosil qiladigan bog’larning xarakteridir. Bunday fermentlar guruh maxsusligi bilan ajralib turadilar. Masalan, alkogeldegidrogenaza fermenti etil spirtining parchalaydi, lekin tarmoqlanmagan yuqori molekulali spirtlarga ham ta’sir etishi mumkin. Malьtoza fermenti nafaqat malьtozani parchalamay, balki boshqa a - glikozid bog’iga ega bo’lgan uglevodlarni ham parchalashi mumkin. Stereokimyoviy maxsuslik deyilganda faqat bir fazoviy izomerga ta’sir etishi tushuniladi. Masalan, strukturasi yaqin bo’lgan moddalar - fazoviy izomerlar (a va v-metilglikozidlar) efir bog’laridan 2 xil ferment yordamida parchalanadilar.

SN2ON O


N N H

ON ON N O-SN3

N ON




SN2ON O


N N O-SN3


ON ON N N


N ON




a- etilglikozid v- etilglikozid

a- etilglikozid moddasi o’stirilgan bug’doy yoki sulining fermenti


efir bog’idan gidrolizlanadi. v- xitinglikozid esa bodom urug’i tarkibidagi ferment ta’sirida efir bog’idan gidrolizlanadi.
SHunday qilib, kimyoviy birikmalar bir-biridan tuzilishi bo’yicha ham farq qiladigan moddalarni ham farqlaydilar.
Masalan, metoksil radikali va vodorod atomi metilglikozid molekulasidagi farqi yoki fazoviy joylashishi ham o’z navbatida chetda qolmas ekan.
SHunday qilib, fermentlarning maxsusligi ularning asosiy sifat ko’rsatkichlaridan ekanligini guvohi bo’ldik.




  1. Download 219.07 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling