3-mavzu: gimnastikada tayyorgarlik turlarining o‘rni reja
Download 34.21 Kb.
|
3mavzu smo3
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Gimnastikaning so g‘ lomlashtiruvchi
- 4. Qo‘shimcha mashqlarga
2. Saf mashqlari - murakkab bo‘lmagan harakatda shug‘ullanuvchilar uchun mo‘ljallangan mashq bajarish jarayoni. Sanash va musiqa jo‘rligida yurish, yugurish, qad-qomatni to‘g‘ri tutish, rit- mik harakatlarga oid ko‘nikma hosil qilishda muhim ahamiyatga ega. Saf mashqlari bir tomonidan jismoniy harakat mashg‘ulotlari (mashg‘ulotning jamoa shakllari)ni uyushtirish usuli sifatida foyda- lanilsa, iklcinchi tomondan esa undan inson tana a’zolarini shakllantiradigan va rivojlantiradigan, uyushgan xatti-harakat ko‘nikma va malakalarni tarbiyalaydigan muayyan harakatlantiruvchi faoliyat sifatida foydalaniladi.
3. Gimnastikaning sog‘lomlashtiruvchi (umumrivojlantiruvchi) turlari. Bu mashqlar tayanch, sportga xos rokn-rol, aerobika, sheyping, gimnastrada, gigiyenik, atletik va ritmik gimnastikani o‘z ichiga oladi. Gimnastikaning bu turlari shug‘ullanuvchilarni har tomonlama garmonik jismoniy kamolotga etkazish, bahri dilini yayratish, salomatligini mustahkamlash va harakat faoliyatlarini tarbiyalash, takomillashtirish hamda gimnastikani targ‘ibot- tashviqot qilish maqsadida qollaniiadi. Ular gimnastika jihozlari vositasida, alohida guruh mashqlar to‘plami shaklida ham bajarilishi mumkin. SHunday qilib, dastlabki umumrivojlantiruvchi mashqlar insonga ko‘nikma va malakalarni egailab olish imkonini beradi, inson shu yo‘sindagi faoliyatida o‘z mushaklarini harakatlantirish qobiliyatini takomillashtirish maqsadida har qanday harakat murakkabligiga ega bo‘lgan yaxlit harakatlantiruvchi faoliyatni takrorlashda foydalanadi. 4. Qo‘shimcha mashqlarga quyidagilar kiradi: ish kuni tartibidan o‘rin olgan gimnastika insonlarni sog‘lomlashtirish va mehnat unumdorligini oshirishga xizmat qiladigan, korxonalardagi gimnastika (mehnatda, mudofaada, o‘qish-aqliy mehnat va sport faoliyatida yuqori natijalarga erishishda vosita sifatida qo‘llaniladigan), maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rish uchun qoilaniladigan kasbiy- amaliy, harbiy-amaliy va sport-amaliy gimnastikasi; davolash- jismoniy mashqiarning asosiy qismi bo‘lgan (turli kasallikka chalingan va jarohat olganlarni davolash uchun qo‘llaniladigan, mehnat qobiliyati va salomatlikni tiklashga yordam beradigan davolash) gimnastika. Ushbu mashqlar maxsus jihozlar (arqon, langarcho‘p, yakkacho‘p, gimnastik o‘rindiqlar, devorlar)dan foydalanib bajariladi. Uning yordamchi mashqlari bilan ochiq gimnastika maydonchalaridagi standart-nostandart jihozlarda yashash, dam olish, istirohat bog‘lari va shahardan tashqaridagi hordiq chiqarish maydonlarida shug‘ullanish mumkin. Download 34.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling