3-mavzu: gimnastikada tayyorgarlik turlarining o‘rni reja


Download 34.21 Kb.
bet3/4
Sana09.06.2023
Hajmi34.21 Kb.
#1472458
1   2   3   4
Bog'liq
3mavzu smo3

5. Erkin mashqlar sport gimnastikasini bir turi bo‘lib, umumrivojlantiruvchi vosita sifatida chidamlilikni tarbiyalash va rivoj- iantirish, muvozanatni saqlash uchun foydalanadi. Mashqlar texnikasini aniq bajarish, musiqa jo‘rligida bajariladigan mashqlarni estetik zavq bilan bajarishni ta’minlash maqsadida qo‘llaniladi. Mashg‘ulot va sport kompozitsiya elementlarini tarbiyalashda sportchilaming ijodiy imkoniyatlari ko‘lamini rivoj la ntiradi.
6. Badiiy (nafis) gimnastika mashqlari, asosan, qizlar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda qo‘llaniladi. Ular o‘z vazifasi bilanerkin mashqlarga yaqinturadi, ayrim maxsus mashqlar vositalarsiz (erkin, muvozanatni saqlash, burilish, sakrashlar va shu kabi), vositalar bilan (halqa, koptok, cho‘qmor, arg‘imchoq, lenta va shu kabi) bajariladigan mashqlar, raqs elementlari ham badiiy gimnastikaga kiradi. Badiiy gimnastikaning turli harakat elementlari o‘quv va sport mashg‘ulotlari kompozitsiyasiga kiritilgan. Musiqa jo‘rligida bajariladigan ba’zi mashqlar va ularning to‘plami harakat egiluvchanligini rivojlantiradi, estetik sifatlarni tarbiyalaydi va ularni targ‘ibot qilishga xizmat qiladi.
Badiiy gimnastika mashqlari qizlarning kamol topishi uchun ularning organizmiga, tana tuzilishiga ta’sir ko‘rsatishni inobatga olgan holda quyidagi guruhlarga taqsimlanadi:

  1. jismoniy sifatlarva mushaklami harakatlantiruvchi qobiliyat- larni rivojlantiruvchi (safda bajariladigan, umumrivojlantiruvchi, harakatli o‘yinlar, estafetalar va shu kabi) mashqlardir;

  2. zarur hayotiy ko‘ nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan (amaliy, tayanmay bajariladigan sakrashlar va shu kabi) mashqlardir;

  1. irodaviy jismoniy sifatlarni shiddatli rivojlantiradigan va takomiilashtiradigan (erkin sakrashlar, tayanib sakrashlar, gimnastika jihozlarida bajariladigan akrobatik, badiiy gimnastika) mashqlardir;

  2. tomosha, ko‘ngil ochish musobaqalari, bayram tantana- larida sportchilarning chiqishlari (ritmik gimnastika, aerobika, sheyping, fitnes, gimnastrada)ni o‘z ichiga oladigan mashqlardir.


Download 34.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling