3-mavzu. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya. Buxgalteriya hisobi registrlari va shakllari Reja


Buxgalteriya hisobi registrlari haqida tushuncha va ularning ahamiyati


Download 233.34 Kb.
bet8/19
Sana17.02.2023
Hajmi233.34 Kb.
#1205488
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
3-mavzu. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya. Buxgalteriya hisobi registrlari va shakllari (1)

3.7. Buxgalteriya hisobi registrlari haqida tushuncha va ularning ahamiyati
Buxgalteriya hisobi korxonalar faoliyatini yoppasiga, uzluksiz hisobini olib borar ekan, bunda hujjatlashtirish ahamiyati yuqoridir.
Kuzatish natijasida olingan ma’lumotlar dastlabki hujjatlarda aks ettirilib boriladi, so‘nggra shu dastlabki hujjatlar xar tomonlama tekshirilib, buxgalteriyaga qabul qilib olinadi.
Tekshirib qabul qilib olingan dastlabki hujjatlar asosida buxgalteriya provodkalari amalga oshiriladi. Tabiiyki, bu buxgalteriya provodkadari ham hujjatlashtirilishi shart. Buning uchun buxgalteriya hisobi registrlaridan foydalaniladi.
Demak, buxgalteriya hisobi registrlari – hisob yozuvlarini (buxgalteriya provodkalarini) aks ettirishga mo‘ljallangan jadvallardir.
Buxgalteriya hisobi registrlari - jurnallar, vedomostlar, kitoblar, tasdiqlangan blankalardir. Hisob registrlarining ahamiyati shundaki, ularga schyotlarga tegishli ko‘rsatkichlar aks ettiriladi, umumlashtiriladi, oy oxiriga qoldiqlar aniqlanadi va umuman, xo‘jalik mablag’lari va ular tashkil topish manbalari bilan bog’liq ma’lumotlar aks ettirib boriladi.
Hisob registrlari ma’lumotlari oy oxirida umumlashtirilib, korxona balans va hisobotlarini tuzishda asos hisoblanadi. Demak, hisob registrlaridagi ma’lumotlarning nechoglik o‘z vaqtida to’g’ri va aniq rasmiylashtirilishi nafaqat korxonaning o‘zi uchun, balki uning balans va hisobotlaridan foydalanuvchilar uchun ham ahamiyatli ekan.


3.8. Buxgalteriya hisobi registrlarining turlari, ularni yuritish tartibi
Buxgalteriya yozuvlarining turliligi, hajmi xar xilligidan kelib chikib, ular aks ettiriladigan hisob registrlari ham turlichadir.
Hisob registrlari turlari o‘rganilayotganda, ularni quyidagi xususiyatlariga e’tibor bermok kerak:

  1. Tashqi ko‘rinish.

  2. Ularda aks etiriladigan yozuvlarning turliligi.

  3. Ma’lumotlarning hajmi.

Hisob registrlari tashqi ko‘rinishi xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha turkumlanadi:

  • daftarlar (kassa daftari, «bosh daftar»).

  • kartochkalar.

  • varaqlar (vedomostlar).

Kartochkalar, asosan xo‘jalik mablag’lari analitik hisobi uchun qo‘llaniladi. Kartochkalarning kontokorrekt, kup ustunli va boshqa turlari mavjud.
Kontokorrekt kartochka shakli pul o‘lchovida (qiymatda) hisobi yuritiladigan xo‘jalik jarayonlarini xar bir schyotning debet va kredit tomonlarida aks ettirilishida foydalaniladi va xar bir oy oxiridja schyotlar bo‘yicha oborotlarni aniqlashda asos bo‘ladi.

Download 233.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling