3-mavzu. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya. Buxgalteriya hisobi registrlari va shakllari Reja


Download 233.34 Kb.
bet2/19
Sana17.02.2023
Hajmi233.34 Kb.
#1205488
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
3-mavzu. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya. Buxgalteriya hisobi registrlari va shakllari (1)

3.2. Hujjatlarning turlari
Korxonalarda sodir bo‘ladigan muomalalar o‘zlarining mazmunlariga ko‘ra xar xildir. Hujjatlar o‘rtasidagi farqlar shuningdek ulardan hisob ishlarida foydalanishning xususiyatlari bilan ham shartlanadi. Shu munosabat bilan hujjatlarni buxgalteriya hisobida to’g’ri ko‘llash uchun ularni barcha turlarini yaxshi bilib olish kerak bo‘ladi. Buning uchun hujjatlarni ma’lum bir xususiyatiga qarab tasniflash zarur. Buxgalteriya hujjatlari quyidagi belgilarga qarab turkumlanadi: qanday maqsadlarga tayinlanganligi, tuzish tartibi va muomalalarni qamrab olishligi. Hujjatlar qanday maqsadga tayinlanganligiga qarab farmoyish, isbotlovchi (tasdiqlovchi), buxgalteriya rasmiylashtiruvchi va aralash (kombinatsiyalashgan) turlarga bo‘linadi.
Farmoyish hujjat deb, u yoki bu xo‘jalik muomalalarini bajarish to’g’risidagi buyruq (farmoyish)ga ega bo‘lgan hujjatlarga aytiladi. Ularga buyruqlar, cheklar, ishonchnomalar va boshqalar kiradi. Ularning asosiy vazifasi rahbar xodimlarning topshirig‘i bevosita bajaruvchilarga topshirishdan iborat. Ko‘pchilik muomalalar faqat farmoyish hujjatlari mavjud bo‘lgandagina amalga oshiriladi. Masalan, navbatdagi ta’til uchun ish haqi faqat mazkur xodimni ta’tilga chiqarish haqida buyruq bo‘lsagina to‘lanadi.

Farmoyish hujjatlari xo‘jalik muomalalari sodir bo‘lganligini tasdiqlovchi faktorlarga ega emas, shuning uchun ular o‘zlaricha muomalalarni hisobda aks etti-rish uchun asos bo‘la olmaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, faqatgina muomalalarni bajarish to’g’risidagi farmoyishlar unsuriga ega bo‘lgan hujjatlar uncha ko‘p emas. Ko‘pincha farmoyish ma’lum hujjatda berilib, shu hujjatning o‘zida keyinchalik shubu muomala rasmiylashtiriladi.


Bir nechta funksiyaning bitta hujjatda bunday birlashtirish aralash (kombinatsiyalashgan) hujjatlarni vujudga keltiradi.
Isbotlovchi (yoki tasdiqlovchi) hujjatlar deb amalga oshirilgan muomalalarni rasmiylashtiruvchi hujjatlarga aytiladi. Ular muomalalar sodir bo‘lish daqiqasida tuziladi va ushbu muomalalarni hisobda qayd qilishning birinchi bosqichini anglatadi.
Isbotlovchi hujjatlarga misol bo‘lib kirim orderlari hisoblanadi.
Kirim orderlari korxona omboriga kelib tushayotgan moddiy boyliklarni rasmilashtirish uchun ishlatiladi. Uning shakli kelib tushgan boyliklar to’g’risidagi ma’lumotlar buxgalteriyada keyinchalik qanday ishlashi (qo‘l bilanmi yoki hisoblash mashinalaridami)ga bog’liq.
Shuni nazarda tutish kerakki, hozirgi paytda hujjatlarning isbotlovchi funksiyalarini faqat muomalalarni bajarish haqidagi farmoyishlar unsurlari bilangina emas, balki ularning buxgalteriya rasmiylashtiruv unsurlari bilan ham birlashib yuritishga harakat qilmoqdalar. shuning uchun ko‘pchilik xo‘jalik muomalalari alohida isbotlovchi hujjat bilan rasmiylashtirilmoqda.
Buxgateriya rasmiylashtiruvchi hujjatlari deb buxgalteriya xodimlari tomonidan hisob yozuvlarini tayyorlash hamda ularni yengillashtirish, qisqartirish va soddalashtirish uchun yaratilgan hujjatlarga aytiladi. Bularga taqsimlovchi, hisob - kitoblar (masalan, kal’kulyatsiya), turli tuman buxgalteriya ma’lumotlari va shu kabilar kiradi.
Buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlariga misol sifatida asbob - uskunalarni saqlash va ishlatish xarajatlari, umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash vedomostini keltirish mumkin. Bu vedomostlarni tuzish uchun kerak bo‘lgan ma’lumotlar tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlarni aks ettiruvchi “Umumishlab chiqarish xarajatlari” schyotidan olinadi.
Buxgalteriya ma’lumotnomalari ma’lum summani bir schyotdan boshqa schyotga o‘tkazish kerak bo‘lganda schyotni yopishni rasmiylashtirish, hisob yozuvlarida, yo‘l qo‘yilgan xatoni to‘g‘irlash xollarida va hokazolarda tuziladi. Bunga bo‘lgan ehtiyoj juda ko‘p uchraydi, shuning uchun shunga o‘xshash ma’lumotlarni tuzish buxgalteriya amaliyotida juda keng tarqalgan.
Buxgalteriya rasmiylashtiruvchi hujjatlarining turlaridan biri amalga oshirilgan muomalalar bo‘yicha schyotlar korrespondentsiyasi mazkur muomalani rasmiylashtirilgan asosiy hujjatning bosma ish qog‘ozi (blanki)ning shu maqsad uchun maxsus ajratilgan joyida yoki boshqa usul bilan ko‘rsatiladi.
Buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlari mustaqil ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Ulardan faqat tegishli boshqa isbotlovchi hujjatlar bilan birgalikdagina foydalanish mumkin. Ular hisobda hisob yozuvlarini osonlashtiruvchi va tayyorlovchi texnikaviy vosita hisoblanib, ko‘makchi ahamiyatga egadir.
Aralash (kombinatsiyalashtirilgan) hujjatlar deb bir nechta hujjatlar turining, ya’ni farmoyish va isbotlovchi, isbotlovchi va buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlarining belgilarini birga qo‘shib olib boradigan hujjatlarga aytiladi.
Ular bir vaqtning o‘zida ham mazkur muomalani bajarish to’g’risida farmoyish, ham uning bajarilganligi haqida dalolat beruvchi (isbotlovchi) hujjat sifatida xizmat qilib, ushbu muomalaning bajarilganligini qayd qiladi va shu bilan birga ularni schyotilarda aks ettirish tartibi haqida ko‘rsatmalar beradi.
Aralash hujjatlarga misol sifatida bo‘nak (avans) hisobotini keltirish mumkin. U hisobdor shaxs tomonidan olingan bo‘nakdan qilingan xarajatlarni ko‘rsatish uchun tuziladi. Bu xarajatlarning ro‘yxati ularni tasdiqlovchi hujjatlar ko‘rsatilgan xolda hisobdor shaxs tomonidan bo‘nak hisobotining orqa tomonida keltiriladi. Hisobotning yuz tomonida har xil ma’lumotlar - hisobdor shaxsning ismi, sharifi, unga berilgan summa va hokazo keltiriladi. Zarur bo‘lgan hollarda shu betning o‘zida buxgalteriya xodimi tomonidan alohida ajratilgan joyda xarajatlar qanday schyotlarda aks ettirilishi kerakligi ham ko‘srsatiladi.
Bo‘nak hisobotida muomalaning mazmuni va buxgalteriya yozuvi haqidagi ma’lumotlarning mavjudligi uni aralash hujjati sifatida tafsiyalaydi. Chunki unda isbotlovchi hujjat va buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlarining belgilari birlashtirilgandir.
Aralash hujjatlar tarkibiga shuningdek materiallarni schyotga yoki qayta ishlovga berib yuborish haqidagi nakladnayalar, materiallarni ombordan berish uchun talabnomalar, kassa kirim va chiqim orderlari va boshqalar ham kiritiladi.
Tuzilish navbatiga qarab hujjatlar dastlabki (birlamchi) va yig‘ma hujjatlarga bo‘linadi. Dastlabki hujjat deb sodir bo‘lgan muomalalarni dastlab aks ettiradigan hujjatlarga aytiladi. Ular mazkur muomalalar haqiqatda bajarilganligining hisboti bo‘lib hisoblanadi.
Dastlabki hujjatga misol sifatida materiallar talabnomalarini keltirish xizmat qilishi mumkin. Ular materiallarni ombordan berilishida tuziladi va omborchi tomonidan unga materiallarni berish to’g’risidagi farmoyishni bajarilganligi haqida guvohlik beradi. Dastlabki hujjatlar tarkibiga shuningdek qabul qilish - topshirish dalolatnomalari, nakladnayalar, tilxat, kvitansiyalar va boshqalarni kritish mumkin. Shuningdek kassa kirim orderi – sub’ekt kassasiga naqd pullarni kirim qilishda qo‘llaniladi.



«Qan» fermer xo‘jaligi«Qan» fermer xo‘jaligi
korxona, muassasa (korxona, muassasa)

Download 233.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling