3-mavzu. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya. Buxgalteriya hisobi registrlari va shakllari Reja
-jadval XO‘JALIK OPERATSIYALARI REESTRI
Download 233.34 Kb.
|
3-mavzu. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya. Buxgalteriya hisobi registrlari va shakllari (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Debet Kredit
22-jadval
XO‘JALIK OPERATSIYALARI REESTRI 201__ yil ______________ oyi uchun
Demak, Bosh daftar shaklda ikki turdagi hisob registrlaridan foydalanish mumkin: Bosh daftar. Hisob ob’ektlari hisob vedomosti. Vedomostlarlar analitik hisob registlari hisoblanadi. Agar korxona hisob ob’ektlari hisob vedomostlarini ham yuritsa, u holda Bosh daftarga ma’lumotlar ham dastlabki xujjatlar, hamda vedomostlar ma’lumotlari asosida yozib boriladi. Bosh daftarning varaqlarida xo‘jalik jarayoninning bo‘lgan vaqtida, dastlabki xujjat tartib raqami, jarayon mazmuni, summasi, korrespondentsiyalanuvchi schyotlar ko‘rsatiladi. Bu daftar registri asosida yuritiladigan ushbu shaklning qo‘layliklari quyidagilardan iborat. yozuvlar aniqligi hisob ishlarini tekshirishni osonlashtiradi; hisob ishlari kamayadi; qo‘llaniladigan registrlar miqdori kamayadi; sintetik schyotlar bo‘yicha aylanma qaydnoma tuzilishiga zaruriyat yuqoladi; hisob xodimlari ortiqcha mehnati qisqaradi. Yuqorida keltirib o‘tilgan afzalliklar bilan birga buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklini qo‘llashda ba’zi bir kamchiliklar vujudga kelib, ular quyidagilardan iborat. Korxona katta bo‘lsa, hisob ishlarini oqilona tashkil etish mumkin bo‘lmay qoladi; Kullaniladigan schyotlar miqdori kupayishi, xato yozuvlar aks ettirilishi extimolini oshiradi; Hisob xodimlari o‘rtasida mehnat taqsimotini oqilona tashkil etilishini ta’minlamaydi. Ammo, yuqorida ta’kidlaganidek, buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklidan kichik korxonalar foydalanishi u yerdagi hisob ishlarini yaxshi olib borilishiga xizmat qiladi Bosh daftarda yil boshiga xar bir mablag’ va ular bo‘yicha qoldiqlar aks ettirib chiqiladi. Keyin, jarayon mazmuni qatorida oy davomida xronologik tartibda xar bir dastlabki xujjat asosida xo‘jalik jarayonlari yozib boriladi. Bunda, sodir bo‘lgan jarayonga taalluqli summa, ikki yoqlama yozuv usuliga ko‘ra, korrespondentsiyalangan schyotlar debeti va kreditida yoziladi. Oy ohirida xar bir schyot bo‘yicha debet va kredit oborotlari aniqlanadi va jami debet va kredit oborotlari jamlanib, ular tengliligi taqqoslash orqali tekshiriladi. Debet va kredit oborotlar yig‘indisi tengligi hisob ishlari to’g’ri aks ettirilganligini bildiradi. Debet va kredit oborotlarda aniqlangan summa o‘zaro teng bo‘lishi bilan birga «Tekshiruv summasi» qatoridagi jami summaga ham teng bo‘lishi kerak. Shundan so‘ng, xar bir schyot bo‘yicha oy ohiriga qoldiq hisoblab chiqiladi. Oy ohiriga aniqlangan qoldiq summalar aktiv schyotlarda debet tomonida, passiv schyotlarda kredit tomonida aks ettirilib, ularning o‘zaro teng bo‘lishi shartdir. So‘nggra, ushbu aniqlangan qoldiq summalar asosida korxona hisoboti tuziladi. Yuqorida keltirib o‘tilgan, Bosh daftar schyotini jadval ko‘rinishini, kompyuter sabog‘ini yaxshi egallagan hisobchi «Excel»da samarali qo‘llashi mumkin. Download 233.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling