3-mavzu. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya. Buxgalteriya hisobi registrlari va shakllari Reja


-jadval Sintetik schyotlar bo‘yicha oborot vedomosti


Download 233.34 Kb.
bet13/19
Sana17.02.2023
Hajmi233.34 Kb.
#1205488
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
3-mavzu. Hujjatlashtirish va inventarizatsiya. Buxgalteriya hisobi registrlari va shakllari (1)

20-jadval
Sintetik schyotlar bo‘yicha oborot vedomosti

Nomi
(schyotlar №)

_________ga qoldiq (oy boshiga)

___ oyi oboroti
(oy davomida)

________ ga qoldiq
(oy oxiriga)

debet

kredit

debet

kredit

debet

kredit






















Agar sintetik schyotlarga memorial-orderlardan faqat mazkur oy uchun jami oborot vedomostiga o‘tkaziladigan oborotlar yozilsa, u holda sintetik schyotlar birlashadigan hisob registri shaxmat nazorat vedomosti deb ataladi.
Memorial-order shaklida analitik hisob sintetik hisobga parallel ravishda va memorial-orderlarga ilova qilinadigan hujjatlar asosida undan mustaqil ravishda yuritiladi. Analitik hisob registrlari sifatida daftarlar va kartochkalardan foydalaniladi.
Quyida memorial-order shaklida ishlatiladigan hisob registrlarini keltirib o‘tamiz:

21-jadval
1- Memorial - order 5010–»Kassa» 201__ yil iyul oyiga

N

Sana

Operatsiya mazmuni

Debet

Kredit

Summa

1

02.07

Hisobdor shaxsdan ishlatilmay qolgan xizmat qilgan safari summalari qabul qilindi

5010

4220

10000

2

04.07

Xodimning korxonaga etkazgan zarar summalari qabul qilindi

5010

4730

12000

3

17.07

Mehnat haqi berish uchun hisob-kitob schyotidan pul olindi

5010

5110

780000

4

18.07

Tovarlarni naqd pulga sotishdan tushumlar qabul qilindi

5010

9020

540000

5

20.07

Inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan pul mablag’i kirim qilindi

5010

9390

1000

debet oborot jami

1343000

6

05.07

Kassadagi limitdan ortiqcha pul mablag’i bankka topshirildi

5110

5010

12000

7

17.07

Xodimlarga mehnat haqi berildi

6710

5010

730000

8

18.07

Tovarlarni sotishdan olingan naqd pullar inkassatorga topshirildi

5710

5010

540000

9

20.07

Olinmagan ish haqi bankka qaytarildi

5110

5010

50000

kredit oborot jami

1332000

Sintetik va analitik hisobning to’g’riligi sintetik va analitik schyotlar bo‘yicha oborot vedomostlarini solishtirish yo‘li bilan tekshiriladi. Memorial-order shaklining umumiy chizmasi quyidagicha (18-chizma).


Bayon qilinganlardan ko‘riniib turibdiki, hisobning memorial-order shakli unchalik murakkab emas. Unda hisob ishlari buxgalteriya xodimlari o‘rtasida ularning malakasi va tajribasiga qarab taqsimlanishi oson.
Memorial -order buxgalteriya hisob shaklini quyidagi afzalliklari mavjud:

  1. Hisob jarayonlarini qat’iy ketma-ketligi;

  1. Registrlar andozaviy shakllaridan foydalanishni imkoniyati mavjudligi;

  2. Hisob texnikasini oddiyligi va tushunarligi;

  3. Buxgalteriya xodimlari malakasiga ko‘ra, hisob ishlarini taqsimlash imkoniyatini mavjudligi.

18-chizma. Hisobning memorial-order shakli
Memorial-order shakli yuqoridagi afzalliklarga ega bo‘lishi bilan birga, ba’zi bir kamchiliklarga egadir:

  1. Hisob ishlarini ko‘p mehnatliligi;

  1. Analitik va sintetik hisobni alohida yuritilishi, ya’ni hisobni alohida yuritilishi natijasida sintetik hisobdan analitik hisobni orqada qolishi vujudga keladi;

  2. Turli hisob registirlarda bitta xo‘jalik jarayonini qayta, qayta yozilishi.

Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shakli
Buxgalteriya hisobi shakllari vujudga kelishi, qo‘llanishi, hisob ishlarini hajmidan, hisob xodimlarini malakasidan kelib chiqadi. Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklini vujudga kelishi XIX asr boshlariga to’g’ri keldi va hozirgi davrda ham kichik firma va korxonalarda qo‘llanilmoqda. Buxgalteriya hisobining ushbu shakli sintetik schyotlar ham qo‘llaniladigan buxgalteriyalarga xosdir. Tabiiyki, kichik firma va korxonalar faoliyati doirasi katta bo‘lmaganligi sababli, qo‘llaniladigan sintetik schyotlar miqdori ham kam bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobining ushbu shaklida dastlabki xujjat ma’lumotlari Bosh daftar deb ataladigan sintetik registrda yuritiladi. Bosh daftarda xronologik va tizimli yozuvlar birgalikda olib boriladi, shuning uchun ham kombinatsiyalashgan registr hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklida hisob ishlarida qulaylik yaratish maqsadida oy davomidagi xo‘jalik jarayonlari reestrini ham yuritish mumkin. Xo‘jalik jarayonlari reestri asosida esa Bosh daftar to‘ldiriladi


Download 233.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling